|
2-Маъруза: Virtual mashinalarni tashkillashtirish tamoyillari. Virtualizatsiya platformalari va ularning dasturiy yechimlari
|
bet | 1/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 156,5 Kb. | | #158908 |
Bog'liq 2-Ma\'ruza VT 2-Ma’ruza: Virtual mashinalarni tashkillashtirish tamoyillari. Virtualizatsiya platformalari va ularning dasturiy yechimlari (VMware, VirtualBox, Hyper-V).
Virtual mashina
Virtual mashina - shaxsiy kompyuter kabi o‘z operatsion tizimi va ilovalari bilan ishlaydigan xavfsiz dasturiy konteyner. Virtual mashina fizik kompyuter bilan bir xil tarzda ishlaydi va o‘zining virtual tezkor xotirlovchi qurilma, qattiq disk va tarmoq adapteriga ega bo‘ladi.
Qo’llanish sohalari
Virtual mashinalarni quyidagi yo’nalishlarda qo’llash mumkin:
• axborotlarni himoya qilish va dasturlarning imkoniyatlarini cheklashda;
• dasturiy ta'minotning ishlashi yoki yangi kompyuter arxitekturasi bo'yicha tadqiqotlar o’tkazishda;
• turli arxitekturalarni birgalikda ishlashini tekshirib ko’rishda;
• bitta kompyuterda mijoz-server (client - server) arxitekturasi bilan axborot tizimlarini modellashtirish;
• tizim dasturiy ta’minotlarini sinab ko'rish va nosozliklarni bartaraf etishda.
VirtualBox virtual mashinasi
VirtualBox - operatsion tizimlarni o'rnatish mumkin bo'lgan eng keng tarqalgan virtual mashina. VirtualBox Windows, Linux, FreeBSD, Mac OS ni qo'llab quvvatlaydi. Virtualizatsiya muhiti operatsion tizimlar bilan ishlash uchun ham, tarmoq infratuzilmasi va hosting saytlarini joylashtirish uchun ham o'rnatilishi mumkin.
VirtualBox yordamida Operatsion tizim(OT) ning funktsional imkoniyatlarini yoki asosiy tizimga zarar bermasdan, dasturni xavfsiz rejimda sinab ko'rish mumkin.
Foydalanuvchilar ko'pincha zamonaviy operatsion tizimlarga mos kelmaydigan o’rnatishda qiyinchiliklar tug’diradigan eski o'yinlarni virtual mashinalarga o'rnatishadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-Маъруза: Virtual mashinalarni tashkillashtirish tamoyillari. Virtualizatsiya platformalari va ularning dasturiy yechimlari
|