|
[Organizing vehicle transportation and traffic safety] week10 Selection and calculation of truck vehicles. Basic requirements for the selection of trucks. Mavzu-10: Yuk mashinalarini tanlash va hisoblash
|
bet | 2/6 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 42,37 Kb. | | #270240 |
Bog'liq [Organizing vehicle transportation and traffic safety] week10 - Selection and calculation10.2. Yuklarning tasnifi.
Yuklarning tasnifi ularni tashish va saqlashdagi hususiyatlarini aks ettiradi; tara turi, massasi, o‘lchamlari, ortish, tushirish usullari, jo‘natma miqdori, xavflilik darajasi, yuk ko‘tarish qobiliyati darajasibilan tavsiflanadi.
Taraning turiga qarab, yuklar tarali va tarasiz bo‘ladi. Tara yukning tavsifiga mos bo‘lishi, ortish, tushirish mexanizmlaridan foydalanish, tanlab qo‘yish imkonini beradigan darajada mustahkam bo‘lishi kerak. Taralangan yuklarga nisbatan ikki hil og‘irlik ko‘rsatkichi ishlatiladi: netto (yukning sof og‘irligi), brutto (yuk va taraning og‘irligi).
Bitta yuk o‘rnining massasiga qarab yuklar quyidagicha turlanadi; normal massaga ega, donali (250 kg gacha, yumalatadigan yuklar bochkalar, g‘altaklar, mebellar uchun 500 kg gacha), katta massali (250 kg dan yuqori, yumalatadigan yuklar uchun 500 kg va undan ortiq) va og‘ir yuklar (massasi 30t va undan ortiq bo‘lgan donali, bo‘linmaydigan yuklar ). Og‘ir yuklarni ashish uchun YHHBning ruhsati kerak.
Yuklar o‘lchamlariga ko‘ra umumfoydalanishdagi yo‘llarda tashishga ruhsat etiladigan va yirik gabaritli bo‘ladi. Yirik gabaritli yuklarga o‘lchamlaridan biri ruhsat etilganidan (eni 2,5m, balandligi holatida 4m, uzunligi bo‘yicha, orqa bortdan chiqib turishi 2m) katta bo‘lgan yuklar kiradi.
O‘zbekistonda avtopoyezdning umumiy uzunligi 20m dan oshmasligi kerak (Yevropada 18.75m ).
Ortish-tushirish usullariga ko‘ra yuklar donali, to‘kiluvchan, uyma, quyma bo‘ladi; jo‘natma o‘lchamiga ko‘ra-mayda partiyali (massasi 5t.gacha) partiyali (5-30t) va yalpi (30t.dan ortiq) yuklarga bo‘linadi.
Jo‘natma o‘lchami – bir marta, bitta manzilga va bitta xujjat bo‘yicha tashishga taqdim etilgan yuk miqdori.
Yuklarni tashishga tayyorlash, saqlash, ortish, tashish va tushirishda hisobga olinadigan hususiyatlariga qarab, quyidagi tularga ajratiladi: tez buziladigan, xavfli, antisanitar (axlat va h.z.), jonivorlar (hayvon, parranda, baliq, asalari va b.).
Tez buziladigan yuklar ma’lum haroratda saqlanadi va tashiladi. Saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar quriladi, tashish uchun sovutgichli refrigeratorlardan foydalaniladi.
Antisanitar yuklarni tashish uchun mahsus kuzovli avtomobillar ishlatiladi. Agar bunday avtomobillar bo‘lmasa, maxsus ishlangan, mustahkam va jips yopiladigan taralar yasaladi.
Barcha yuklar xavflilik darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratiladi:
Kam havfli (qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari);
O‘lchamlari bilan havfli (yirik gabaritli, detallari bilan transport vositasi gabaritidan chiqib turadigan);
Changiydigan va issiq (sement, mineral o‘g‘itlar, issiq asfalt, eritilgan bitum);
Havfli.
Havfli yuklar odamlarga, hayvonot dunyosiga, transport voitasiga, yo‘l inshoatlariga zararli ta’siri bilan (saqlash, tashish, ortish-tushirish ishlarini bajarishda meyordan chiqib ketganda yuzaga keladi) to‘qqiz sinfga bo‘linadi.
Turli yuklarni ortish, tashish va tushirish avtomobil transportida mehnat muhofazasi qoidalari bilan qat’iylashtiriladi.
Avtomobillarning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish sharti bo‘yicha yuklar to‘rt sinfga bo‘linadi (ta’rifli sinfga bog‘lash bo‘yicha). Har biri yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsientini quyidagicha ta’minlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
[Organizing vehicle transportation and traffic safety] week10 Selection and calculation of truck vehicles. Basic requirements for the selection of trucks. Mavzu-10: Yuk mashinalarini tanlash va hisoblash
|