Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences volume 1




Download 24 Kb.
bet4/7
Sana24.11.2023
Hajmi24 Kb.
#105027
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2021 O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli i-fayllar.org
14999, nomsiz, Task1
Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 

VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
350
w
www.oriens.uz
June 
2021

Korporativ boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan texnologiyalardan


biri blokcheyn texnologiyasi bo‘lib, u nafaqat virtual pullar bo‘yicha operatsiyalarni
amalga oshira oladi, balki u yangi turdagi biznesning arxitekturasi ham bo‘la oladi.
Raqamli iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo
miqyosida yanada ommabop bo‘lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham
kelajak korporativ va moliyaviy boshqaruv uchun alohida ahamiyatga molik bo‘lib,
virtual iqtisodiyot uchun yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar yaratmoqda.
Ma’lumotlarni bulutli uslubiyatda saqlash va on-line texnologiyalardan foydalanish
ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda operatsion harajatlarni keskin
qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan, hozirgi kunda Amazon bulutida
10 mingta serverni ijaraga olish soatiga tahminan 90 dollarga tushmoqda. Bu esa
ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanadapasayishini bashorat qilishga va
respublikamizda ham bunday texnologiyalarda keng miqyosda imkon beradi hamda
keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va o‘rta biznes ham bemalol foydalana oladi.
Virtual reallik (virtual reality, VR) va qo‘shimcha virtual reallik (augmented
reality, AR) texnologiyalarining rivojlanishi ham kelajak trendlaridan biri bo‘lib,
ularning ishlab chiqarishga bo‘lgan ta’siri borgan sari salmoqli bo‘lib bormoqda.
Bunday texnologiyalar ishchi va xizmatchilarga mashina va mexanizmlarning ichki
tuzilishini ko‘rish hamda ularning faoliyatini kuzatish imkonini beradilar. Masalan,
Gigi Capital kompaniyasining baholashicha, AR bozorining hajmi 2016 yilda 1 mlrd
dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 90 mlrd ga etishi mumkin ekan. Goldman 
Sachs ning bashoratlariga ko‘ra esa virtual reallik dasturiy ta’minotining sotuv hajmi
2025 yilga kelib 9 mlrd dollarga yetar ekan.
Hozirgi paytda kraudsorsong atamasining bir qancha aniqlanuvlari bo‘lib,
ulardan biri quyidagicha: “Jamoa uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni
ko‘ngillilar kuchi vositasida hal qilish yoki bir qancha ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lgan amallarni aniq bo‘lmagan shaxslar jamoasiga topshirish”. Lekin
kraudsorsingning bu ta’rifida bir qancha kamchiliklar bo‘lib, ularni to‘g‘ri hal qilish
uchun, shu jumladan, kraudsorsing mehnizmini real biznesga tadbiq qilish
imkoniyatiga ega bo‘lish uchun kraudsorsingning quyidagi keng ma’nodagi
al’ternativ aniqlanuvi ham taklif etiladi. Kraudsorsing platformasi vositasida
mahsulot yoki hizmatga qo‘shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy
masalalarni hal qilish hamda loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish yohud yangi mahsulot yaratish asosida insonlarni jalb qilish keng ma’nodagi
kraudsorsing deb ataladi. Chegaralangan ma’noda esa kraudsorsingni sinergetik
effektga olib keluvchi kollektiv bilim va hatti-harakatlarni masofaviy usulda






Download 24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences volume 1

Download 24 Kb.