Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social




Download 29,5 Kb.
bet3/4
Sana27.06.2024
Hajmi29,5 Kb.
#265994
1   2   3   4
Bog'liq
raqamli-texnologiyalarining-ta-lim-sohasida-qo-llanilishi

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg’ulotlar o’tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo`llanilishi yaxshi samara berishi xammamizga ma’lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’lim olishning bir turi deb olsak bo’ladi.
Demak, raqamli ta’limda:

  • xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega;

  • internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;

  • ta’lim tizimini yangi bosqichga ko`taradi;

  • vaqt va mablag` sarfini keskin kamaytiradi;

-“raqamli dunyo”da yo`qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo`lishgi kabilar.
Raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat qiladi. Ta’lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o`stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug’iladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim beruvchilarni o`z ustida ko`proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari raqamli texnologiyalar yana sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish soliq to’lashdan bo’yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma’lumotlarni tahlil qilish va takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo’l kelsa, katta hajmli ma’lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to’lovchilar va soliq organlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Raqamli texnologiyalarni o’zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa innovatsiyalarga qaraganda tezroq sodir bo’lmoqda: bor-yo’g’i yigirma yil ichida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini qamrab olishga va ularning yordami bilan jamiyatlarni o’zgartirishga muvaffaq bo’ldi.
Masalan, sog’liqni saqlash sohasida sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan ilg’or texnologiyalar inson hayotini saqlab qolish, kasalliklarni aniqlash va umr ko’rish davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ta’lim sohasida virtual o’quv muhiti va masofaviy ta’limning ta’minlanishi talabalarga boshqa imkoniyatga ega bo’lmagan dasturlarda qatnashish imkonini berdi. Bundan tashqari, blokcheynga asoslangan tizimlardan foydalanish orqali davlat xizmatlaridan foydalanish qulay bo’ladi, ularni ta’minlovchi institutlar mas’uliyatini oshiradi va sun’iy intellektdan foydalanish natijasida jarayonlar kamroq byurokratik bo’ladi. Katta ma’lumotlar, shuningdek, yanada moslashuvchan va aniq siyosat va dasturlarga olib kelishi mumkin.
Quyida raqamli texnologiyalrni bazilariga to’xtalib o’tamiz: bulutili texnologiyalar –internet foydalanuvchisiga on-layn xizmat sifatida kompyuter resurslarini taqdim etiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir.

Raqamli texnologiyalar - narsalar interneti (Internet of Things, IoT). Raqamli axborotga asoslangan asosiy texnologiyalardan biri bu narsalar internetidir. Ko’pgina maishiy texnikaning elektr tarmog’iga ulanganligi odatiy holdir, lekin asta-sekin jismoniy dunyoning tobora ko’proq ob’ektlari Internetga ulanadi, bu esa ma’lumot to’plash va hatto ushbu ob’ektlarni masofadan turib boshqarish imkonini beradi. Darhaqiqat, Internetda ob’ekt va tashqi dunyoning turli parametrlarini o’z ichiga olgan va Internet orqali ob’ektni boshqarish imkonini beruvchi jismoniy ob’ektning virtual nusxasi paydo bo’ladi. Narsalar internetiga misol qilib, kinoteatrdagi proyektor kabi qurilma texnik qo’llab-quvvatlash xizmatiga aniqlangan nosozlik va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirilishi kerak bo’lgan ehtiyot qismlar ro’yxati haqida signal yuboradi. .


Raqamli texnologiyalar - kengaytirilgan haqiqat (AR). Eng istiqbolli - bu virtual dunyodan real dunyoga ob’ektlarni qo’shish imkonini beruvchi to’ldirilgan reallik texnologiyasi. Tasavvur qiling-a, ko’chada yurib, atrofingizdagi narsalar va odamlar haqida qo’shimcha ma’lumotni ko’rasiz. Kengaytirilgan haqiqat misollari allaqachon mavjud va faol qo’llanilmoqda, ba’zi istiroxat bog’larida siz jismoniy dunyodagi ob’ekt va virtual dunyo o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatadigan belgilarni allaqachon ko’rishingiz mumkin. Toʻldirilgan reallik elementlariga ega oʻyinlar faol tarqalmoqda, kiyim-kechak sotiladigan doʻkonlarda virtual oyna va jihozlash xonalari mavjud, toʻldirilgan reallik allaqachon avtomobillarda sinovdan oʻtkazilmoqda. Shu bilan birga, toʻldirilgan reallik texnologiyalaridan faol foydalanish yoʻlida hal qilinishi kerak boʻlgan masalalar ham mavjud. Masalan, geopozitsiyani aniqlash vositalarining aniqligi hali ham etarli emas yoki jismoniy dunyo ob’ektlarini ularning virtual nusxalari bilan bog’lash uchun kompyuterda ko’rish texnologiyalari nomukammal. Biroq, ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajakda ushbu texnologiya yutuq bilan bog’liq bo’lishi mumkin.



Download 29,5 Kb.
1   2   3   4




Download 29,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social

Download 29,5 Kb.