O`rmonov Odiljonning 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad




Download 26.9 Kb.
bet4/5
Sana11.02.2022
Hajmi26.9 Kb.
#17421
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`rmonov Odiljon
4,6 amaliy, BELAZ 75131, Andreev, kamolamamazohidova, Xudoyberdiyeva Dinora, Merkantilizm, dsada, Furqat tuman Kasb hunar maktabi ADTT, 1679659131, o\'lmasova. fizika. 3-kitob, 5-ma\'ruza, 1, Coca Cola 7p, Mavzu xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi
HISOBOTI

Men 2-kurs Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 206-guruh talabasi O`rmonov Odiljon Xoshim o’g’li 2021-yil 26-apreldan 2021-yil 22-maygacha Qiziriq tmani 30-sonli umumta’lim maktabida pedagogik va malakaviy amaliyotda bo’ldim.


Axborot texnologiyalari fakulteti dekani Otabek Abdug’aniyev fakultet professor o’qituvchilar hamda 2-kurs talabalariga yig’ilish o’tkazdi. Yig’ilishda
2-bosqich talabalari maktabda pedagogik amaliyot o’tashi aytildi. Har bir talaba o’zi xohlagan yoki o’zi o’qigan maktabga pedagogik amaliyotni o’tash aytildi.
Men O`rmonov Odiljon Qiziriq tumani 30-sonli umumta’lim maktabiga pedagogik amaliyotni oldim. Men 26-apreldan boshlab amaliyot o’tash uchun maskur maktabga bordim. U yerda meni maktab direktori Odil Usanov ustoz kutib oldi. Maktab direktori meni maktabdagi ichki tartib qoidalar bilan tanishtirdi va o’qituvchilar amal qilishi kerak bo’lgan jarayonlarni tushuntirib berdilar. Bundan tashqari dars o’tish uchun menga sinf, sinf rahbarlikni o’rganish uchun esa o’qituvchi biriktirildi. Fan o’qituvchisi sifatida O`ralov Diyorbek ustoz tayinlandi va menga O`ralov Diyorbek ustozning 7-“A”-sinfi biriktirilishi aytildi.

Men amaliyot davrimning 2-kuni maktab hovlisiga 7:50 da yetib keldim. Men O`ralov Diyorbek ustoz bilan birgalikda menga biriktirilgan


7-“A”sinf bilan yaqindan tanishtirdi va fan o’qituvchisini diqqat bilan kuzatib tahlil qildim.
Dars davomida o’quvchilardan uyga vazifalar so’raldi. Savollarga javob berayotgan o’quvchilar baholandi. Darsda o’tilgan mavzularga doir o’quvchilarga uyga vazifalar berildi.
O’quvchilarning fanga oid qiziqishlari a’lo darajada ekanligini dars jarayonida guvohi bo’ldim. Menga biriktirilgan 7-“A”sinfga amaliyot davrim davomida informatika darsi va informatika fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib bordim.
Informatika darslarida barcha o’quvchilarning darsga qiziqishlari, faolligi menda katta taassurot qoldirdi.
Men amaliyot davomida maktabdagi ustozlardan dars o’tish metodlarini o’rganishga harakat qildim. Bu o’rgangan narsalarim kelajakdagi pedagogik jarayonlarga yordam berishiga ishonaman.



Download 26.9 Kb.
1   2   3   4   5




Download 26.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`rmonov Odiljonning 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad

Download 26.9 Kb.