• O’rnatilgan tizim tushunchasi
  • O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish




    Download 0.76 Mb.
    bet1/46
    Sana08.08.2023
    Hajmi0.76 Mb.
    #78203
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46

    O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish

    Mavzu 1-2. Kirish. O’rnatilgan tizimlar asosiy tushunchalari. O’rnatilgan tizimlar arxitekturasi va ularni loyihalash.

    O’rnatilgan tizim tushunchasi

    2.O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish

    3. O’rnatilgan tizimlarni sinflanishi
    Tayanch iboralar: o’rnatilgan tizim, shaxsiy kompьyuterlar, elektronik qurilma, GPS (Global Positioning Satellite, PDA (Personal digital assistant), raqamli televidinie, telefon kamera, router, xab, CPS (Cyber physical system), o’rnatilgan taroq tizimlari, o’rnatilgan tizimlarin loyihalashtirish


      1. O’rnatilgan tizim tushunchasi

    O’rnatilgan tizim-bu amaliy kompyuter tizimi bo’lib, u boshqa turdagi kompyuter tizimlaridan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar (PC) yoki superkompyuterlardan farq qiladi. Biroq, siz “o’rnatilgan tizim” tushunchasini tushunishda ba’zi qiyinchiliklarga uchrashingiz mumkin, chunki u texnologiyadagi o’zgarishlar va turli xildagi kompyuter qurilmalari va dasturiy qismlari narxlari sezilarli tushish natijasida doimiy ravishda mukammallashib boradi. Yaqin yillarda o’rnatilgan tizimning an’anaviy turlari doirasi ancha kengaydi. O’quvchi yaqin kelajakda bu tizimga duch kelishi mumkinligi sababli, tizim haqida mulohaza qilishni va bugungi kunda ular qanchalik to’g’ri ishlashi yoki kamchiliklarini tushunishi juda muhim hamda ular xususida onliravishda muhokama yurita olishi kerak. Quyida o’rnatilgan tizimning bir necha umumiy xususiyatlri haqida fikr yuritiladi:


    • O’rnatilgan tizimlar qurilmalar va dasturiy ta’minotining keng qo’llanishi jihatdan shaxsiy kompyuterlarga (PC) qaraganda ancha chegaralangan. Bu hol o’rnatilgan tizimlarining muhim yo’nalishlari uchun to’g’riligini saqlamoqda. Qurilmalar cheklanganligi to’rt jihatdan kamchiliklarga ega, ular ish sifatini yaxshilash, is’temol kuchi, xotira va qurilma keng tarqalishidagi kamchiliklardir. Dasturiy ta’minotdagi kamchiliklar jihatdan o’rnatilgan tizimlar shaxsiy kompyuterlarga ancha yaqin, ya’ni tatbiqlar kam, ko’lami past tatbiqlar, operatsion tizim yo’qligi yoki cheklangan tizimlar. Biroq bu ta’riflar boshqaruv kengashi nazarida qisman to’g’ri va shaxsiy kompyuterlardagi dasturiy ta’minotning avvalgi va bugungi avlodi ancha mukammal o’rnayilgan tizim loyihalariga qayta joylanmoqda.


    • O’rnatilgan tizimlar faqat maxsus vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. Ko’plab o’rnatilgan qurilmalar asosan bir xususiy vazifa uchun ishlab chiqilgan. Biroq, biz bugun ko’rishimiz mumkinki ayrim qurilmalar, masalan shaxsiy ma’lumotlar bazasi yordamchisi (PDA) gibrid telefon kameralari bir necha turdagi funksiyalarni bajarish uchun islab chiqarilgan.shuningdek, so’ngi raqamli TV lar ikkitomonlama amallarni bajarishga moslashgan, ya’ni ko’plab turdagi “TV”larga bog’liq bo’lmagan umumiy, lekin muhim bo’lgan amallarni bajaradi, xususan e-mail, internetdan foydalanish va ko’plab o’yinlar.


    • O’rnatilgan tizim shunday kompyuter tizimidirki, unda boshqa kompyuter tizimlaridan ko’ra yuqori sifatli va ishonchli qurilmalar talab etiladi. O’rnatilgan qurilmalarning ba’zi qurilmalarida juda yuqori sifatli va ishonchli uskunalar bilan jihozlangan. Misol uchun, avtomobil motori kontrolerlarining harakat vaqtida tutashib ketishi yoki nozik tibbiyot asboblariningn jarrohlik vaqtidagi nuqsonlari juda jiddiy oqibatlrga olib keladi. Biroq, bu yerda ham shunday o’rnatilgan qurilmalar bo’lib, masalan TV, o’yinlar, kamera telefonlar kabi, ularda noqulayliklar mavjud bo’lib, lekin ular hayotga xavf soladigan holatlarni vujudga keltimaydi.


    • Ba’zi o’rnatilgan tizimlar deb nom olgan qurilmalar, misol uchun PDA yoki web bloknotlar, aslida o’rnatilgan qurilma emas. Kompyuter tizimlari sohada ba’zi bahsli holatlar uchraydi va an’anviy tizimlarning hammasi ham aslidao’rnatilgan tizim emas. Biroz tushunildiki, ancha mukammalroq loyihalarning o’rnatilgan tizim sifatida shakllanishi, masalan PDAning, nanotexnologik bozor va sotuv jarayoniga ko’proq bog’liq ekan muhandislarga qaraganda. Haqiqatda soha muhandislari o’rnatilgan tizim jarayonidagi faoliyatiga qarab o’zaro bo’lingan, hatto bu loyihachilar joriy tizimlar borasida birgalikda muhokamalashishsada, an’anaviy o’rnatilgan tizim rivojlanishda davom etadimi yo’qmi yoki sanoat jarayonida yakunda boshqalar tomonidan boshqariladimi. Hozirda sanoatni ta’minlaydigan kompyuter tizimlari ko’lami mavjud emasligi sababli an’anaviy o’rnatilgan tizimlar va umumiy maqsadli shaxsiy kompyuterlar orasidagi raqobat sustlashdi. Bu kitob o’rnatilgan tizim evolyutsion ko’rinishini asoslab ko’rsatib beradi,qaysiki bu turdagi kompyuter tizim loyihalarini o’z ichiga olgan.


    Elektronik qurilmalarning har bir muhandislik bozoridagi segmenti o’rnatilgan tizim sifatida sinflanib boradi (1.1 jadval), qisqa qilib aytganda, ”kompyuter tizimlari turlari” xususiy xarakteristikaga ega bo’lib, mazkur holatini keng ko’lamdagi o’rnatilgan tizimlarda ham saqlaydi, ya’ni bu jarayonni izohlaydigan yagona ta’rif mavjud emas1.


    1.1 jadval

    Bozor

    O’rnatilgan tizim

    Avtomatika


    O’t oldirish sistemasi


    Motor nazorati


    Tormoz tizimi


    Iste’moldagi elektronika


    Raqamli va analog televideniya


    DVD,VSR

    PDA

    Oshxona jihozlari


    Avtomobillar


    O’yinchoqlar/o’yinlar


    Telefon

    Kamera

    GPS

    Sanoat nazorati

    Robotlar va nazorat sistemalari


    Tibbiyot


    Infeksiya nasoslari


    Diagnoz apparatlari


    Prostatic qurilmalar


    Kardiogramma monitorlari


    Ijtimoiy tarmoq


    Routerlar


    Hublar

    Kirish tizimi

    Ofis avtomatikasi


    Faks mashinalar


    Fotonusxalash


    Printerlar


    Monitorlar


    Skanerlar






    Download 0.76 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 0.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish

    Download 0.76 Mb.