254
Bizga boshqarish uchun uchta oyoqchasi ham yetarlidir: SH_CP, ST_SP i DS.
Qachonki SH_CP takt kirishida mantiqiy bir paydo bo‘lsa, registr DS axborotlar
kirishidan bitni o‘qiydi va uni eng kichik razryadga yozadi. Takt kirishiga
navbatdagi impuls kelganda barchasi takrorlanadi, faqat oldin yozilgan bit bitta
razryadga suriladi, uning o‘rnini yangi kelgan bit egallaydi. Qachonki barcha
sakkista bitlar to‘lsa va to‘qqizinchi takt impulsi kelgach, registr yana qaytatdan
kichik razryaddan to‘ldirishni boshlaydi va barchasi yangitdan takrorlanadi. Q0...Q7
chiqishilarida axborotlar paydo bo‘lishi uchun ularni “qayd” qilish kerak. Buning
uchun ST_SP kirishiga mantiqiy bir berilishi kerak. Chiqishlarida axborotlar
o‘zgarishi uchun ularni “qayd” qilish kerak bo‘ladi [2].
“Q7" chiqish suruvchi registrlarni ketma-ket ulash (kaskadlash) uchun
mo‘ljallangan. Bunday ulanishda birinchi registrdagi bitlar keyingi ulangan registrga
surilib o‘tadilar, undan keyingisiga va xokazo. Shunday qilib, ikkita 8-bitli
registrlardan iborat kaskad bitta 16 – razryadli suruvchi registr kabi ishlaydi.
Xohlagancha registrlarni shu kabi ulash mumkin. Keyingi mashg‘ulotda 74HC595
mikrosxemasini kaskadli ulash ko‘rib chiqiladi, bu mashg‘ulotda faqat bitta
mikrosxema ishlatiladi 74HC595 mikrosxemasini 8 ta chiqishlari matritsani 8 ta
segmentiga ulanadi, ulanish razryadlarini tanlash uchun matritsani 4 ta chiqishi
Arduino ning platasiga ulanadi [2].