73
qilsa, kesh foydasiz bo‘lib qoladi va qayta yuklanish talab etiladi, bunda esa hatto
keshsiz tarkibga qaraganda almashuv sekinroq bo‘lishi mumkin.
Shundek qilib, kesh – hotira – bu bufer turidagi tezkor hotira bo‘lib, operativ
hotiradan to‘ldiriladi. Kesh-hotira mikroprotsessor tizimilaridagi boshqa hotira
turiga qaraganda minimal ega bo‘lish vaqtiga ega va unda protsessor uchun yaqin
vaqtda kerak bo‘ladigan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Kesh-hotira ichki (protsessor tarkibiga kirgan) bo‘lishi
mumkin va
shuningdek tashqi ham bo‘lishi mumkin.
Ichki kesh-hotira birinchi bosqich keshi
deb ataladi, tashqisi esa – ikkinchi bosqich keshi deb yuritiladi. Ichki kesh hajmi
unchalik katta emas. Tashqi keshning sig‘imi bir necha megabaytni tashkil qilishi
mumkin. Ammo ularning ishlash tamoili bir hil. Uchinchi bosqich kesh-hotirasi –
bu statik operativ hotira qurilmasi (OXQ), uning sig‘imi bir necha megabaytni
tashkil etadi va dinamik OXQ nisbattan ancha tez ishlaydi.
Odatda birinchi bosqich kesh-hotirasiga axborotlarni ikkinchi bosqich kesh-
hotirasidan chaqirtiriladi, ikkinchi bosqich kesh-hotirasiga esa axborotlarni uchinchi
bosqich kesh-hotirasidan chaqirtiriladi.
Kesh-hotiraning barcha turlarida quyidagi model ishlatiladi: hotira ma’lum
o‘lchamdagi bloklarga taqsimlanadi, ular
kesh-hotira qatorlari deb ataladi. Kesh-
hotira qatori bir necha ketma-ketlikdagi baytlardan tashkil topgan (odatda 4 baytdan
64 baytgachan). Kesh-hotiraga murojat bo‘lganda, kesh-hotira
kontrolleri ushbu
vaqtda kesh-hotirada kerakli so‘z (axborot) borligini tekshiradi. Agarda bor bo‘lsa
(
kesh-mo‘ljalga oldi holati hosil bo‘ladi), u holda vaqtni tejash mumkin va operativ
hotira qurilmasiga murojat qilinmaydi. Agarda ushbu so‘z kesh-hotirada bo‘lmasa
(
kesh-mo‘ljalga olaolmadi holati hosil bo‘ladi), u holda esa qaysidir qator keshdan
olib tashlanadi, uning o‘rniga kerakli qator kesh-hotiraning pastgi bosqichdan olib
joylashtiriladi yoki operativ hotiradan olib yoziladi.