71
nomlanuvchi ko‘rsatgichli bo‘ladilar. Manba kuchlanishini ruxsat etilgan minimal
qiymatdan past
𝑈
𝐷𝐷𝑀𝐼𝑁
, ammo
𝑈
𝑆𝑇𝐴𝑁𝐷𝐵𝑌
qiymatidan yuqori bo‘lganda MK
dasturlari bajarilmaydi, lekin OXQ axborot saqlanib qoladi.
Manba kuchlanishi
tiklangach esa MK nolga o‘tqizgach axborotni yo‘qotmasdan dasturni bajarilishini
davom ettirish mumkin bo‘ladi. Axborotni saqlash kuchlanishining qiymati 1V
tashkil etadi, bu esa zarurat bo‘lgan hollarda mikrokontrollerni batareydan ishlatish
imkonini berada, shu bilan bir qatorda bu ish tartibida OXQ axborotlar saqlanib
qoladi.
MK axborotlar hotirasining sig‘imi odatda, katta emas va u o‘nlab va yuzlab
baytni tashkil etadi. Bu vaziyatni MK uchun dastur loyihalashtirilayotganda etiborga
olish kerak bo‘ladi albatta. Shundek qilib, MK ni dasturlashda agar mumkin bo‘lsa
konstantalar o‘zgaruvchilar
kabi saqlanmay, dasturlar DXQ ga kiritiladi. MK
apparat imkoniyatlari maksimal ravishda ishlatiladi, hususan taymerlar. Amaliy
dasturlar katta axborot massivlarini ishlatmaslikka mo‘ljallangan bo‘lishi
kerak
bo‘ladi.
MK registrlari. Har qandek mikroprotsessorli tizimlari kabi mikrokontroller
ham registrlar to‘plamiga egadir va ular MK resurslarini
boshqarish uchun
ishlatiladi. Bu registrlar guruxiga odatda protsessor registrlari (akkumulator, holat
registrlari, indeks registrlari), boshqarish registrlari (taymerlarni, uzulishlarni
boshqarish registri), axborotlarni kiritish/chiqarishni ta’minlovchi registrlar
(axborotlar
prort registri, parallel, ketma-ket yoki analogli kiritish/chiqarishni
boshqarish registrlari) kiradi. Bu registrlarga murojat etish turlicha bo‘lishi mumkin.
RISC – protsessorli MK barcha registrlari (ko‘pincha akkumulator ham) aniq
beriladigan manzilda joylashadi. Bu esa protsessorning ishlashida ancha yuqori
moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
Muhim masalalardan biri MK mazillar maydonida registrlarni joylashtirish bo‘lib
hisoblanadi. Bazi MK da barcha registrlar va axborotlar
hotirasi bir manzillar
maydonida joylashgan bo‘ladi. Bu bildiradiki, axborotlar hotirasi registrlar bilan bir
o‘rinda ishlatiladi. Bundek yondoshuv
“MK resurslarini hotirada akslantirish” deb
nomlanadi.
72
Boshqa MK kiritish/chiqarish qurilmalarining manzillar maydoni hotiraning
umumiy maydonidan alohida bo‘ladi. Kiritish/chiqarish qurilmalarining manzillar
maydonining alohida bo‘lishi garvard arxitekturali
protsessorlarga bazi bir
ustunliklarni beradi, kiritish/chiqarish registriga murojat qilingan vaqtda buyruqni
o‘qish imkoniyatini beradi.