O’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi vazirligi O’rta maxsus kasb –hunar ta’limi markazi Buxoro viloyat hokimligi o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi boshqarmasi




Download 0,98 Mb.
bet75/137
Sana21.05.2024
Hajmi0,98 Mb.
#247086
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137
Bog'liq
1 ta\'lim texnologiyasi

BAHOLASH ME’ZONI:



Ko’rsatkichlar



ballar

2
(a’lo)

1
(q-li)

0
(q-siz)

1

Darsdagi faolligi










2

Darsda o’quv qurollarining mavjudligi










3

1 topshiriqni to’gri bajarganligi










4

2 topshiriqni to’g’ri bajarganligi










5

Testni to’g’ri bajarganligi










6

Mustaqil ishni to’g’ri bajarganligi









Ilova №3



FAOLLASHTIRUVCHI SAVOLLAR

  1. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan tanishmisiz?

  2. YaMM ni hisoblash usullarini bilasizmi?

Ilova № 4




Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning ta’rifi.



YaIM (yalpi ichki mahsulot)



Shu mamlakat hududida joylashgan korxonalarda, ishlab chiqarilgan barcha Tovar va xizmatlar qiymatining yig’indisidan iborat. Bu yerda korxonalarni qaysi mamlakatga tegishli ekanligi hisobga olinmaydi



YaMM (yalpi milliy mahsulot))



Mamlakatda va uning tashqarisida joylashgan milliy korxonalarda ishlab chiqarilgan barcha Tovar va xizmatlar qiymatining yig’indisidir



SMM (sof milliy mahsulot)





Bu ko’rsatkich ham muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, u mamlakatda yaratilgan sof mahsulot hajmini ko’rsatadi, ya’ni yaratilgan YaMM dan amortizatsiya ajratmalarini chegirib tashlagandan so’ng qolgan miqdor hisoblanadi.



MD (milliy daromad)





Bu milliy ishlab chiqarish natijasida yaratilgan daromadlar yig’indisi



Aholi turmush darajasi



Inson ehtiyojlarining qondirilish darajasi bo’lib, uni turli ko’rsatkichlarda aniqlanadi:
a)jon boshiga to’g’ri keluvchi yer maydoni;
b)jon boshiga to’g’ri keluvchi avtomashina miqdori;
c) jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad
va h.o





Ishsizlik



Insonning mehnat qilishga bo’lgan talabining qondirilmay qolishi, yoki ishchi kuchiga bo’lgan talabning ishchi kuchi taklifiga nisbatan kamligi



Inflyatsiya




Pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida pulning qadrsizlanishi



Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tasnifi





Ko’rsatkichlar

Shartli belgilar

Miqdor

1

Yalpi Milliy Mahsulot
(Minus): -- Amortizatsiya

YaMM

100%
10%

2

Sof Milliy Mahsulot
(Minus): -- Biznesdagi egri soliqlar

SMM

90%
8%

3

Milliy daromad
(Minus): -- Ijtimoiy sug’urta to’lovlari
Korporatsiyalar daromadlariga soliq
Korporatsiyalarning taqsimlanmaydigan daromadlari
(Plus): + Transfert to’lovlari

MD

82%
9%
3%


1,5%
16,5%

4

Shaxsiy daromad
(Minus):-- individual soliqlar

ShD

85%
11%

5

Soliqlar to’langandan keyingi daromad,
Ya’ni ixtiyordagi daromad.

ID

74%



Yalpi milliy mahsulotni aniqlashning ikki usuli





Ko’rsatkichlar

Shartli belgilar

Miqdor

YaMM ni xarajatlar usulida hisoblash

1

Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari

C

65

2

Korxonalarning investitsiya xarajatlari

I

17

3

Davlat xarajatlari

G

20

4

Sof eksport xarajatlari

Xn

-2




YaMM=(C+I+Xn)-2

Y

100

YaMM ni daromadlar usulida hisoblash

1

Iste’mol qilingan capital hajmi (amortizatsiya)

A

10

2

Biznesga egri soliqlar

T

8

3

Yollanma ishchilarning ish haqi

W

59

4

Ijara haqi

R1

0,5

5

Foiz stavkasi

R

8

6

Yakka qo’yilmalardan daromadlar

P

7

7

Korxonalar foydasiga soliqlar

TR

4

8

Dividentlar

P1

2

9

Korxonalarning taqsimlanmagan foydasi

P2

1,5




YaMM=A+T+W+R1+R+P+TR+P1+P2

Y

100

Ilova №5



INDIVIDUAL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ:

YaIM 9000 so’m, ish haqi daromadlari 4200 so’m, foiz ko’rinishida olinadigan daromadlar 2000 so’m, foyda 1500 so’m. Keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagilarni hisoblang:



  1. renta daromadlarini;

  2. amortizatsiya 1400 so’m bo’lganda SIM hajmini;

  3. Bilvosita soliqlar 800 so’m bo’lganda MD hajmini.




TOPSHIRIQNI BAJARISH BO’YICHA YO’RIQNOMA:

1.YaIM miqdoridan ish haqi daromadlari, foiz ko’rinishida olingan daromadlar va foyda ko’rinishida olingan daromadlar yig’indisini chegirib renta ko’rinishidagidaromadlar miqdorini aniqlang.


2.YaIM miqdoridan amortizatsiya ajratmasi miqdorini chegirib SIM ni hisoblang.
3. SIM miqdoridan bilvosita soliqlar miqdorini chegirib MD miqdorini aniqlang.
4.Topshiriqni bajarish 5 daqiqa, taqdimot 1 daqiqa.



Yechimi:

  1. 9000 – (4200+2000+1500)=1300 so’m renta daromadlari.

  2. 9000 – 1400 = 7600 so’m sof ichki mahsulot

  3. 7600 – 800 = 6800 so’m Milliy daromad




Ilova №6


INDIVIDUAL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ:

YaIM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga, davlat xarajatlari 900 pul birligiga, sof eksport esa 120 pul birligiga teng. Keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagilarni hisoblang:



  1. yalpi investitsiyalar hajmini;

  2. amortizatsiya 200 pul birligiga teng bo’lsa, sof investitsiyalar hajmini.

TOPSHIRIQNI BAJARISH BO’YICHA YO’RIQNOMA:

1.YaIM miqdoridan iste’mol xarajatlari, dvlat xarajatlari va sof eksport xarajatlarini yig’indisini chegirib investitsiyalar hajmini aniqlang.


2.YaIM miqdoridan amortizatsiya ajratmasi miqdorini chegirib SIM ni hisoblang.
4.Topshiriqni bajarish 3 daqiqa, taqdimot 1 daqiqa.



Yechimi:

  1. 6000 – (4200+900+120) = 780 so’m yalpi investitsiyalar hajmi.

  2. 6000 – 200 = 5800 so’m sof ichki mahsulot




Ilova №7


TESTLARNI BAJARING:

1.Shaxsiy daromad bu:


a) yil davomida ishlab chiqarilgan Tovar va xizmatlar qiytmati;
b) uy xo’jaliklari tomonidan yil davomida olingan daromad;
v) soliqlar to’langandan keyin shaxsiy xarajatlarga mo’ljallangan daromad;
d) YaMM minus amortizatsiyasi;
e) xususiy manbaalardan jamg’armalar yig’indisi.

2. Quyidagilardan qaysi biri YaMM tarkibiga kiradi?


a) uy xo’jaligi xizmatlari;
b) qo’shnidan eski avtomobil otib olish;
c) brokerdan yangi aksiyalar sotib olish;
d) kitob do’konidan yangi darslik sotib olish;
e) korporatsiyalardan obligatsiyalar sotib olish.

3.YAMMni ishlab chiqarishda davlat sektorining hissasini aniqlash uchun nima zarur?


a) Tovar va xizmatlar xarid qilishga ketadigan davlat xarajatlarini hisoblash;
b) Xizmatlar kategoriyasiga kirmaydigan tovarlarni xarid qilishga ketadigan davlat xarajatlarini aniqlash;
c) Faqat iste’mol tovarlari xaridiga ketadigan davlat xarajatlarini hisobga olish;
d) Faqat oxirgi mahsulotni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan davlat xarajatlarini hisobga olib, oraliq mahsulotlarga davlat sarflarini chiqarish;
e) Hamma yuqoridagi javoblar noto’g’ri.

4. YAMM va SMM milliy hisoblarida “investitsiya” tushunchasi nimani o’z ichiga oladi?


a) Davlat korxonasida ishlab chiqarilgan har qanday mahsulot;
b) Har qanday aksiya xaridi;
c) Yil oxirida zapaslarning oshuvi;
d) Iste’molchi tomonidan sotib olingan , lekin yil oxirigacha to’la iste’mol qilinmagan har qanday Tovar;
e) Hamma yuqoridagi javoblar noto’g’ri.

5. Transfer to’lovlari -- bu:


a) Uy xo’jaliklariga ular tomonidan Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan to’lovlarning to’lanishi;
b) Faqat hukumatning alohida individlarga to’lovi;
c) Milliy daromadga qo’shilmaydigan daromad qismi;
d) a,b,d punktlardagi hamma javoblar;
e) Hamma yuqoridagi javoblar noto’g’ri.

Ilova № 8





Download 0,98 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137




Download 0,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi vazirligi O’rta maxsus kasb –hunar ta’limi markazi Buxoro viloyat hokimligi o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi boshqarmasi

Download 0,98 Mb.