• Amaliy ishni bajarish tartibi: 1. Kompyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat olish.
  • Kerakli asbob va jihozlar




    Download 6.59 Mb.
    bet8/74
    Sana20.01.2023
    Hajmi6.59 Mb.
    #38790
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
    Bog'liq
    Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma (
    SAID AHMAD QORAKO‘Z MAJNUN (HIKOYA)
    Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, mavzuga doir tarqatma materiallar.
    Nazariy qism: Funksional tugmachalar guruhi bilan ishlash
    Funksional tugmalar guruhi - bu guruhdagi tugmalarga qo’ydagi tugmalar kiradi F1, F2, F3, F4, F5, F6, F7, F8, F9, F10, F11, F12. Funksional tugmalar guruhi vazifalari turli maxsus amallarni bajarish uchun zarur, ularning vazifalar har bir dasturda bir-biridan farq qilib, ularning vazifalari bajarayotgan dasturda belgilab qo’yilgan bo’ladi.
    Masalan: F1 funksional tugma orqali biz dastur haqida ma’lumotnomaga ega bo’lamiz.
    NC dasturida:
    F1 -NC dasturida ma’lumot olish
    F2-NC dasturida foydalanuvchi menyusi ko’rish
    F3- NC dasturida hujjatni ko’zdan kechirish. Fayllarni izlash.
    F4-NC dasturida matnni tahrirlash. Matn muharririda yangi satr kiritadi.
    F5- NC dasturida matndan nusxa olish. Matn muharririda F5 tugmasi izlab top va almashtir buyruqlarini bajaradi.
    F6-NC dasturida faylga yangi nom berish
    F7-NC dasturida Katalog yaratish
    F8-NC dasturida fayllarni o’chirish
    F9- NC dasturidamenyuga kirish
    F10-NC dasturidan chiqish. Matn muharriri menyusiga kirish.
    F11- Word dasturida hujjatni sahifalaydi.
    F12 – Matn muharririda tugmasi bosilganda matnni saqlash vazifasini bajaradi
    Undan tashqari funksional tugmachalar maxsus boshqqaruvchi (Shift, Alt, Ctrl) tugmachalari bilan ishlatilganda turli xil vazifalarni bajaradi.
    Amaliy ishni bajarish tartibi:
    1. Kompyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat olish.
    2. Kompyuterni ishga tushirish.( agar kompyuter kuchlanishni stabilizator ko’magida olsa, stablizatorni elektr tarmog’iga ulash; zarurat bo’lsa, bosmaga chiqarish qurilmasi printerni ishga tushirish (yoqish); kompyuterni yoqish, ya'ni kompyuterning old (ayrimlarida orqa yoki yon) tomonida joylashgan tugmachani bosish; kompyuter monitorini yoqish lozim)
    3. F1 tugmasini bosing dastur haqidagi ma’lumot bilan tanishish.F1 tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotli muloqot oyna hosil bo’ladi.









    4. F4 tugmasi orqali yangi satr kiritish va hujjatga qo’shimcha matn kiritish.
    5. F12 tugmasi orqali matnni saqlash.

    Download 6.59 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




    Download 6.59 Mb.