Proektorlarni ishlatish qoidasi




Download 1,11 Mb.
bet37/40
Sana13.05.2024
Hajmi1,11 Mb.
#230171
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
ShK ga xizmat ko`rsat amaliyot

Proektorlarni ishlatish qoidasi
Hamma kompyuterlar va elektron qurilmalar uchun odatiy bo’lgan uchirib yokish, shnurlarini qattiq tortmaslik talablarini tushuntirib o’tirishning hojati yo’q buo’sa kerak. Bular hammasi hamma erda bir xil. Har qanday videoproektor uchun harorat rejimi asosiy hisoblanadi. Proektorda kuchli yorug’lik oqimi qo’llaniladi, u LCD – panelini kizdiradi, proektorning sovutish tizimi esa ma`lum xaroratni ushlab turadi. albatta bilamizki, optik tizim (u ishlash jarayonida kuchli elektrik zaryadlanadi ham) changni yoqtirmaydi, shuning uchun proektorlarda changga qarshi filtrlardan foydalaniladi, ular bizning issiq iklimimizda tez ifloslanadi. Shuning uchun birinchi vazifa ikki haftada bir marta filtrlarni tozalab turish kerak. Proektorlardan juda ham tutunli bo’lgan xonalarda (masalan, restoranlarda) filtrlarni ko’proq tozalab turish kerak. Hitachi kompaniyasi, masalan, tutundan saqlovchi maxsus filtrlardan foydalanishni taklif etadi. Ba`zan proektorlarga haddan tashqari e`tiborlilik ham uning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. mening hayotimda shunday bir hodisa yuz bergan, juda ham ehtiyotkor bir odam proektorning tagiga sochik yozib qo’ygan, shu bilan uning tagidan filtrlarga havo kirish yo’lini yopib qo’ygan. Qizib ketganligini xabar qiluvchi lampaga u e`tibor bermagan, bundan tashqari proektorning tez-tez avariya holatida o’zi o’chib qolishiga ham e`tibor bermagan (himoya vositasi ishlaganda) oqibatda matritsa qizib biroz erigan, yorug’lik filtri ham. Lekin proektor uchun eng yomoni (lampa uchun ham) maxsus o’chirish knopkasidan foydalanmay, balki elektr manbai shnurini tortib olish yuli bilan uni tusatdan o’chirish hisoblanadi. Proektorni darxol o’chirib bo’lmaydi tasvir o’chib bo’lgandan keyin ventilyator undan issiq havoni xaydab chiqarishi, qizigan qismlarni sovutishi, shundan keyin ventilyator avtomatik ravishda o’chgandan so’nggina shnurni elektr manbaidan chiqarib olish mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Videoapparatura turlarini ayting.
2.Videoapparatura drayverlari tizimli blokka qanday o`rnatiladi?
3.Videokonferentsiyalar qanday tashkil qilinadi?
4.Videoapparatura yordamida ma`lumotlar qanday tayyorlanadi?
5.Proyektorlarni ishlatish qoidasi haqida gapiring.

Mavzu:Shreder ,laminator,muqovalovchi (preplyot)bilan ishlash.


Reja:
1. Shreder bilan ishlash.
2. Laminator bilan ishlash.
3.Muqovalovchi bilan ishlash.
Zamonaviy korxonalarda hujjatlar tayyorlash tartibini, (shakl berishni, ko’rgazmali ko’rsatish va axborotlarni amalda ko’llash) bir xillashtirishga katta etibor berilmoqda. SHu maqsadda hamma hujjatlar (hisobotlar, reklamalar va boshqalar) dan nusxa olinib ko’paytirilgandan keyin komplektlanadi, muqovalanadi va foydalanuvchilar, texnik arxiv va mikrofilmlashtirishga beriladi.
Bezash, muqovalash ishlarini avtomatlashtirish uchun katta
hajmdagi texnik vositalaridan foydalaniladi. Bularga adreslaydigan va markirovka qiladigan mashinalar, jo’valaydigan, varaqlarni tanlab ajratadigan qurilmalar, kesuvchi, risolalovchi va muqovalovchi uskunalar, laminatorlar va boshqa ko’plab qurilmalar kiradi.
Adreslovchi mashinalar hujjatlarga matnlarning lokal lavhalarini, ko’pincha standart lavhalarini: mijozlar adreslari, hisobotlar, arizalar, xabarnomalar, to’lov hujjatlarini sarlavhasini yozib chiqish uchun keng ishlatiladi. Adreslovchi mashina hujjatga yoki yorliqqa keyinchalik yopishtirish uchun matn lavxasini ko’chiradi. Ular shtempel-shablonlar kartotekasida, bosma shaklida yoki mashina xotirasida saqlanuvchi matnlarning katta sonidan tezda tanlab olnnadi, o’z navbatida shtempel-shablonlar qo’lda tanlashga qulay bo’lishi uchun turli rangdagi bir xilda ramkalarga solib ko’yiladi.
Adreslovchi mashinalarda tekis, ba’zida yuqori bosma usullari uchun maxsus shakllar ishlatiladi. Bosish uchun matnlar kompyuterdan ham olinishi mumkin.
Markirovka (frankironka) qiluvchi mashinalar konvertlarga markalar o’rniga pochtadan jo’natish vaqti va to’lov summasi ko’rsatilgan pochta muhrlarini bosadi. Bosish vaqtida frankirovka qiladigan shina hisoblagichida bajarilishi kerak bo’lgan to’lovlar summasi yig’ilib qoladi. Bunday pochta shtampi qisqa reklama e’lonini, tashkilot nomini, uning manzilini o’z ichiga olishi mumkin.
Shtempellovchi qurilmalar (numeratorlar) hujjatlarga qisqacha raqamli axborotlarni: maxfiy so’zlarni, indekslarni, kunlarni va shunga o’xshashlarni bosish uchun xizmat qiladi.

37- rasm

Laminatorlar hujjatlarni namlikdan, changdan, moydan va extiyotsizlikdan saqlash uchun yuzasiga ximoya qoplamasini qoplaydigan mashinadir. Hujjat mashinada qizdirilib 2 tomoniga ximoya plyonkasi suriladi yoki hujjat yuzasiga yopishqoq shaffof plyonka elimlanadi. qimmatbaho qog’ozlar, e’lonlar, kitoblar va hisobot jildlari, menyu, vizitkalar, texnik talonlar va boshka ko’pgina hujjatlarni laminaсiyalash maqsadga muvofiqdir. Rexel LM25 modelli laminatorlar A4 hajmdagi hujjatlarni, Rexel LM 35, LM 45 — AZ xajmdagilarni (LM 45—to’liq avtomatik) laminaсiyalashda ishlatiladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan laminatorlar Blik 100 va Blik 320 misol bo’la oladi (100 va 320 sonlari qoplash kengligini mm larda ko’rsatadi).


Jo’valaydigan (falсovkalovchi) mashinalar — berilgan shakl bo’yicha kogozlarni turli xil ko’rinishda bukadi va ularni tartib bilan taxlaydi. Rexel firmasining (Angliya) 1200 EXR va 1500 EXR firmasining FKS Grafipli 3851 FG 3500 va FB 22 jo’valaydigan mashinalari hamma jo’valash ko’rinishlarini bajaradi: bittalik, xat tipidagi, to’lqinsimon, ikkitalik parallel va boshqalar. Bukish chiziqlari berilgan sxema bo’yicha operator tomonidan o’rnatiladi. FKS FG 3500 jo’valaydigan mashinasining samaradorligi soatiga 20000 dona varaqqacha.
Risolalovchi mashinalar — metall qisqichlar yordamida risolalarni avtomatik jo’valash va risolalarni biriktirish uchun qo’llaniladi. Hozirgi kunda dastaki va elektr qog’oz tikuvchilarning yanada oddiyroq turlari chikarilmokda.
g’K5 Ng’ 4080, OS Msh1 Ng’ risolalovchi mashinalari AZ va A4 shakldagi to’plamlar ustidan ikki karra o’tib biriktiradi, A4 va A5 shakldagi 100—105 ta varakni risolalaydi, samaradorligi soatiga 1500 dona, varaq tanlovchi bilan interfeysga ega; OS Msh! 5K mashinasi tanlangan to’plamparni chapdan yukoriga birietiradi va tikxich uchun yon tomonidan teshiklar ochib beradi.
Lisg (varaq) tanlovchi mashnnalar (kollatorlar) — bosilgan varaklarni avtomatik ravishda to’plamlarga ajratib chikvradi. Masalan, kitoblar va shunga o’xshash risolalarni tayyorlash uchun bunday apparatura komplekslari ixtiyoriy xdjmdagi tirajnn tanlash, tayyor bloklarni avtomatik kayta ishlash va oqibatda shakllangan, jo’valangan va birnktnrilgan maxsulotni olish imkonini beradi.
Kichik xajmli vertikal lentali kollatorlar: DC 6 Mini va FKS Malyutka (6 tarnovli), DC 6 Mini va FKS UC-800 (8 tarnovli), DS10 Mini va FKS US-1000 (10 tarnovli) soatiga 2100 to’plam (blok) samaradorligiga ega, ular AZ va A4 shaklli qog’ozlar bilan ishlaydilar. DS kollatori biriktiruvchi va bukuvchi DS Mini NF risolalovchisi bilan bitga liniyaga o’rnatilishi mumkin.
Varaq taxlovchi mashinalar — qog’ozlar dastasini tekislaydigan vibraсion mashinalardir.
Dasta bog’lovchi mashinalar dastalarni kanop ip yoki payvandlanadigan lenta, yopishqoq qog’oz va boshqalar bilan o’rab bog’lash uchun xizmat kiladi.
Stepler va sim bilan tikuvchi mashinalar risolalarni metall qisqichlar bilan tikishni bajaradi.
Stepler standart qisqichlar bloki bilan ishlaydi. Ular dastaki (FKS Ring-King, Rexel Londarm, BARAH modellari) va elektrik (FKS Rapid 106 modeli) bo’lishi mumkin. Ishlatilayotgan qisqichlarning texnik tavsifi birikma kilinayotgan varaqlar sonining qalinligidan oshmaydi. Ularda 25—30 varaqni birikma kiluvchi oyoqchalarining uzunligi 6—8 mm bo’lgan oddiy va figurali kiskichlar ishlatiladi. YUqori kuvvatli KW-Trio/Heavy duty 50 LC steplerlari bir vaktning o’zida 300 betni birikma kilish (oyokchalarining uzunligi 23 mm bo’ladi) imkonini beradi.
Sim bilan tikuvchi FKS ACME B 305, Introta ZDME B-305 o’zlari kerakli uzunlikdagi iplarni g’altakdan berilib turuvchi simdan tayyorlaydi. Ular katga hajmdagi (100 varaqqacha) risolalarni biriktirish uchun mo’ljallangan.
Ixtiyorny bosma maxsulotini mukovalansa yanada ko’rkam va mustahkam bo’ladi. Zamonaviy muqovalash mashinalari hujjatlarni yuqori sifat darajasida tayyorlash imkonini beradi. Kichik mukovalash mashinalari yordamida ish hujjatlari, xisobotlar, bukletlar (reklamalar), kalendar va boshka qog’oz maxsulotlarini rasmiylashtirish mumkin. Bu qurilmalar bilan ishlash oddiy va maxsus tayyorgarlikni talab etmaydi.
Mukovalash mashinalari:
— qog’ozlar to’plamini plastmassa yoki metall prujinalar bilan biriktirish;
— qog’ozlar to’llamini plastik plastina bilam biriktirish;
— kog’ozlar to’plamini termojild yordamida elimlash ishlarini bajaradi.
Plastmassa prujinalar bilan muqovalash. Bu muqovalashning oddiy usulidir:
— eng ingichka risolaadan 450 betlik hisobotgacha bo’lgan ishlarni muqovalpash imkonini beradi;
— betlarni varaqlab chiqishni chegaralamaydi;
— nusxa olish uchun kulay;
— kerakli betlarni engil chiqarish, almashtirish yoki ko’shish imkonini beradi.
Mukovalangan hujjatni ranglar (kora, kulrang, oq, qizil, siyoxrang, yashil, sariq) va plastmassa prujinalar diametrini (6 dan 50 mm gacha) tanlash bilan xushbichim va ko’rkam kilish mumkin.
Compact Cotb Binder CB 3000, High Performance CB 350, Heavy Duty CB 400, elektr yuritmali Electrric SV 450, RM 12 mashinalari A4 shakldagi varaqlarni muqovalaydi.
Metall prujinalar bilan muqovalash. Bu muqovalash ham chiroyli ko’rinishni beradi, u oddiy va ishlatishda kulaydir. Unda A4 shakldagi 150 tagacha varaqni muqovalovchi diametri 5 mm dan 14 mm gacha bo’lgan oq, qoraqizil va ko’k prujinalar ishlatiladi.
Mashinaga misollar — Somb Binder SV 600, Office Wire Binder WB 600.
Termomuqovalash. Mukovalashni eng oddiy va tez usulidir: maxsus jildga termoelim katlami bilan birga hujjatlar ko’yiladi va apparatga joylanadi, 40 sekunddan keyin yuqori sifatli mukova tayyor bo’ladi. Ularda turli xil jildlar: turli rangdagi, tuynukli va tuynuksiz, turli ko’rinishdagi («len», «teri», «saykal», «kompozit», «shaffof») va boshkalar ishlatiladi. Lekin termik ishlangan jildlardan hujjatlarni chikarib olish va ularga ko’shish umuman mumkin emas.
FKS Grafibing BIC 600, Fastbing Practic 210 (Finlandiya), TERMAL BINDER T90 va T95 mashinalari kalinligi 100 mm (200 varaq) bo’lgan A4 shaklli varaklar to’plamini muqovalash imkonini beradi.
Qog’oz kirkuvchi asboblar (keskichlar) rulonli va boshka kog’ozlarni ishlatiladigan shakldagi varaqlarga (formatlar mm larda: A6 105x148, A5 148*210, A4 210x297, AZ 297x420) moslab kesish va tayyor kitoblarning chetlarini kesib tashlash (tekislash) uchun mo’ljallangan.
Keskich turlari juda xilma xildir: kichik (masalan, Ideal firmasining 1034, 1071,2035), oyoqli (3905,4700)dastaki keskichlaridan to, kesish uzunligi 340 mm dan 1100 mm gacha bo’lgan va bir vaqtning uzida 20 dan 200 varaqkacha kesuvchi avtomatik dasturlanadigan keskichlarga bo’linadi.

Mustahkamlash uchun savollar:


1. Adreslovchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?
2. Markirovka qiluvchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?
3. Shtempellovchi qurilmalar qanday vazifani bajaradi?
4. Laminatorlar qanday vazifani bajaradi?
5. Jo’valaydigan mashinalar qanday vazifani bajaradi?
6. Risolalovchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?
7. List tavlovchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?
8. Varaq taxlovchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?
9. Dasta bog’lovchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?
10. Stepler va sim bilan tikuvchi mashinalar qanday vazifani bajaradi?
11. Muqovalash mashinalari qanday vazifani bajaradi?
12. Qog’oz qirquvchi asboblar qanday vazifani bajaradi?

Mavzu: Batareyalarni almashtirish.


Reja:
1.Batareya turlari
2.Batareyalarni sozlash va o`rnatish
3.Batareyalarni almashtirish




Download 1,11 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 1,11 Mb.