• Operativ xotira
  • ROM (Read Only Memory).
  • Operativ qurilmasi haqida




    Download 1,11 Mb.
    bet2/40
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,11 Mb.
    #230171
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    ShK ga xizmat ko`rsat amaliyot

    1.Operativ qurilmasi haqida
    2.Operativ qurilma tarkibi
    3. ROM tipidagi xotira
    4. DRAM xotirasi
    5. SRAM kesh-xotira


    Operativ xotira — bu kompyuter protsessori uchun ishchi sohadir. Unda ish jarayonida dasturlar va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko‘pincha ma’lumotlar va dasturlar faqat kompyuter qo‘shilganida yoki reset tugmasi bosilgunga qadar vaqtinchalik saqlash sifatida qaraladi. O‘chirilguncha yoki reset tugmasini bosguncha barcha ma’lumotlar doimiy xotiraga (asosan qattiq disklarga) o‘tguncha ish vaqti davomida sodir etiladigan o‘zgartirishlarni eslab turish vazifasini bajaradi. Qaytadan manba’ga ulanilganda saqlangan ma’lumotlar yana xotiraga yuklanishi mumkin.
    Operativ xotira qurilmasi ba’zan ixtiyoriy paytda kirish mumkin bo‘lgan eslab qoluvchi qurilma ham deyiladi. Bu shuni bildiradiki, operativ xotirada saqlanuvchi ma’lumotlarga murojaat qilish, ularning u yerda joylashishi tartibiga bog‘liq emas. Kompyuter xotirasi haqida gapirilganda, odatda uning operativ xotirasi, ya’ni ishlatilayotgan protsessor, avvalom bor faol dasturlar va ma’lumotlar saqlovchi xotira mikrosxemalari yoki modullari o‘ylab ko‘riladi. Xotira termini tashqi eslab qolish qurilmalariga yoki magnit tasmalari kabilarda nisbatan ham ishlatiladi.
    Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joyashtirish – bu ma’lumotarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi bo‘yicha aniq xotira manzillariga o‘natishdir.
    Xozirgi kompyuterlarda eslab qolish qurimalarining uchta ko‘rinishi ishlatiladi.

    • ROM (Read Only Memory). Doimiy xotira qurilmasi — DXQ, ma’lumotlarni yozish amalini bajarishga qodir emas.

    • DRAM (Dynamic Random Access Memory). Ixtiyoriy tartibdagi tanlangan dinamik xotira qurilmasi.

    • SRAM (Static RAM). Statik operativ xotira.

    ROM tipidagi xotirasi (Read Only Memory), yoki DXQ (Doimiy xotira qurilmasi) da, ma’lumotarni saqlash mumkin bo‘lib, o‘zgartirish mumkin emas. Bu ko‘rinishdagi xotiralar faqat ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi. ROM ba’zan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira deyiladi, chunki unga saqlangan barcha ma’lumotlar manba’ uzilgani bilan o‘zgarmaydi. Shuning uchun ROM da shaxsiy kompyuterlarni yuklash buyruqlari ya’ni tizimni yuklaydigan dasturiy ta’minot joylashgan. Eslatib o‘tish lozimki, ROM va operativ xotira bir birini nkor etuvchi tushunchalar emas. Boshqacha so‘z bilan aytganda, operativ xotira manzillari maydoni qismi ROM uchun olib boriladi. Bu operatsion tizimni yuklashga imkon beruvchi dasturiy ta’minotni aqlash uchun zarur. BIOS asosiy kodi tizimli plata ROM mikrosxemalarida joylashgan bo‘lib, adapter platalarida shunga o‘xshash mikrosxemalar mavjud. Ular aniq platalar uchun, ayniqsa boshlang‘ich yuklash bosqichida faollashuvchi platalar uchun kerak bo‘lgan kiritish-chiqarish va drayverlar bazaviy tizimlari yordamchi qismdasturlarni o‘zida jamlaydi. Masalan, videoadapter. Boshlang‘ich yuklashda drayverlar talab etmaydigan platalar, odatda ROM ga ega bo‘lmaydilar, chunki ularni drayverlari boshlang‘ich yuklash jarayonidan keyin yuklanishi mumkin.
    Dinamik operativ xotira qurilmasi (Dynamic RAM — DRAM) ko‘pchilik zamonaviy shaxsiy kompyuterlar operativ xotira tizimlarida foydalaniladi. Bu xotiraning o‘ziga xosligi shundaki, uning katakchalari (yacheykalari) juda zich joylashgan, ya’ni unchalik katta bo‘lmagan mikrosxemaga ko‘plab bitlar joylashgan mumkin, demak, shu asosda xotirani katta xajmli qilib yaratish mumkin. DRAM mikrosxemasida xotira katakchalari — bu zaryadlarni ulaydigan mitti kondensatorlardir. Shu asnoda bitlar kodlanadi. Bu tipdagi xotiralar bilan bog‘liq muammolar shundaki, ular dinamik, ya’ni doimiy ravishda regeneratsiya qilinishi kerak, aks holda elektr zaryadlari kondensator xotiralarida “oqib” keladi va ma’lumotlar yoqoladi. Regeneratsiya jarayoni tizim xotira nazoratchisi mitti tanaffus oladi va mikrosxema xotirasida, barcha ma’lumotlar satriga murojaat qiladi. Ko‘pchilik tizimlar xotira 15 mks ga teng bo‘lgan regeneratsiya chastotasi standart ishlab chiqarishga moslashgan nazoratchisiga ega. Ma’lumotlarning barcha satrlariga murojaat 128 mahsus regeneratsiya sikli o‘tishiga mo‘ljallangan. Bu shuni bildiradiki, Xotirada har 1,92 ms (128Ch15 mks) da barcha ma’lumotlar satrini regeneratsiya qilish uchun o‘qib chiqiladi. Xotirani regeneratsiya qilish protsessorni vaqtini har bir regeneratsiya sikli davomiyligi bo‘yicha bir nechta markaziy protsessor vaqtini egallaydi. Eski kompyuterlarda regeneratsiya sikllari protsessor vaqtini 10% gacha egalaydi, xozirgi zamonaviy kompyuterlarda esa bu jarayon 1% vaqtni egallaydi xolos. Birqancha tizimlarda regeneratsiya parametrlarini CMOS parametrlari dasturlari o‘rnatilishi yordamida o‘zgartirilishi mumkin, ammo regeneratsiya sikllari orasida vaqtni chuzilishi xotiraning ba’zi katakchalarida zaryad “yo‘qotiladi”, bu xotirani buzilishiga olib keladi. Ko‘pgina hollarda o‘z-o‘zidan beriradigan regeneratsiya chastotalari ishonchlilik nuqtai-nazaridan taklif etiladi. Zamonaviy kompyuterlarda regeneratsiyaga sarf 1% dan kichik bo‘lib, regeneratsiya chastotasining o‘zgarishi kompyuter sifatiga juda kam ta’sir o‘kazadi. В устройствах DRAM qurilmalarida bir bitni saqlash uchun faqat bitta tranzistor va juft kondensatorlardan foydalaniladi, shuning ucun ilar boshqa tiplarga qaraganda birmuncha sig‘diruvchan bo‘ladi. Xozirgi vaqtda 256 Mbit gacha va undan yo‘qori hajmli dinamik operativ xotirali mikrosxemalar mavjud. Shu kabi mikrosxemalar 256 mln. (va undan ortiq) tranzictorlarni o‘zida jam etadi! Pentium II 7,5 mln tranzistorlarga ega. Bunday katta farq qayerdain kelib chiqdi? Gap shundaki, xotira mikrosxemalari odatda kvadrat tugunlar shaklida, protsessordan farqli ravishda (protsessorlarda turli ko‘rinishdagi murakkab sxemalar, noaniq tashkil etilgan) barcha tranzistorlar va kondensatorlar juda oddiy, davriy ravishda ketma-ket joylashadi.
    Bir razryadli DRAM registrlari uchun tranziatorlar qo‘shni joylashgan kondensatorlarning holatini o‘qish uchun ishlatiladi. Agar kondensator zaryadlangan bo‘lsa, katakchaga 1 yoziladi; agar zaryadlanmagan bo‘lsa 0 yoziladi. Zaryadlar mitti kondensatorarda har doim o‘tib turadi, shuning uchun doimiy ravishda regeneratsiya qilib boriladi. Manba’ uzatishda oniy bo‘linish ham regeneratsiya siklarini buzilishiga, DRAM katakchalaridagi zaryadni yo‘qolishiga o‘z navbatida ma’lumotlarni yo‘qolishiga olib keladi. Dinamik operativ xotira shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi; chunki u unchalik qimmat o‘lmay mikrosxemalarini zich joylashishi xotira qurilmasining kichik maydonni egallashini ta’minlaydi. Bu xotira yo‘qori tezlikli xotiralardan kam farq qilib, “sekin” protsessorlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun DRAM sifatlarini yaxshilashning juda ko‘p tipdagi usullari mavjud.
    Xotiraning boshqalaridan farq qiluvchi turi – statik operativ xotira mavjud (Static RAM — SRAM). Bu nomlanishni qo‘yilishi shundaki, dinamik operativ xotira (DRAM) dan farqli ravishda uning tarkibini doimiy regeneratsiya qilish talab etilmaydi. Bu uning yagona sifati emas. SRAM dinamik operativ xotiraga nisbatan tezkor sanaladi va zamonaviy protsessorlar ishlovchi chastotada ishlay oladi.
    SRAM ga kirish vaqti 2 ns. dan ortiq emas; bu shuni bildiradiki bu kabi xotira bilan 500MGts va undan yo‘qori chastotali protsessorlar bilan sinxron ishlash mumkin. Har qaysi bitni saqlash ushun SRAM qurilmasi olti tranzistorli klasterdan foydalanadi. Tranzistorlardan qaysidir kondensatorlarsiz foydalanish regeneratsiya zarur emasligini bildiradi. (Demak, hech qanaqa kondensatorlar mavjud bo‘lmasa, u holda zaryadlar yo‘qitilmaydi.) Qachon elektr ta’minot tusha borsa, SRAM xotiraga saqlash kerak ekanligini tushunadi. Unda nima uchun SRAM mikrosxemalari butun xotira tizimida ishlatilmaydi? SRAM ni Dinamik operativ xotira bian taqqoslanilganda tezkorligi yo‘qori, zichligi esa past, narxi esa yo‘qori. Zichlik pastligi shundaki, SRAM mikrosxemalari katta gabaritlarga ega bo‘lib, ularning axborot sig‘imi past bo‘ladi. Ko‘p sondagi tranzistorlar va ularning klasterlashtirilganligi, nafaqat SRAM mikrosxemalari gabaritini oshiradi, balki DRAM mikrosxemalariga o‘xshash parametrlar bilan taqqoslanilganda uning texnomanik jarayoni narxini sezilarli darajada oshiradi.
    Masalan, DRAM moduli hajmi 128 Mbayt yoki undan ko‘p bo‘lsa, shu vaqtda o‘lchami taxminan unga teng SRAM moduli hajmi 2 Mbayt ni tashkil etadi va ularning bari bir xil bo‘ladi. Shunday qilib, SRAM gabaritlari dinamik operativ xotira o‘lchami 30 marta oshadi, shuningdek, bunda uning narxi haqida ham shunday deyish mumkin. Bularning barchasi SRAM xotira tipidagilarni shaxsiy kompyuterarda operativ xotra sifatida ishlatishga qarshilik qiladi.
    Shunga qaramasdan, ishlab chiquvchilar SRAM tipidagi xotirani ShK effektivligini oshirish uchun ishlatishadi. Ammo sezilarli darajada narxni oshishidan kesh-xotira sifatida unchalik katta bo‘lmagan tezkor SRAM xotirasi o‘rnatiladi. Kesh-xotira taktli chastotada ishlaydi, bu protsessor taktli chastotasiga yaqin va unga teng bo‘lib, bu xotira o‘qish va yozish protsessorlarida ishlatiladi. Ma’lumotlarni o‘qish jarayonida tezkopr kesh-xotira operativ xotiradan past tezlikda yozib oladi, ya’ni DRAM dan. Dinamik operativ xotira kirish vaqti 60 ns dan kichik bo‘lmasligi kerak (16 MGts taktli chastotaga mos keluvchi). Agarda shaxsiy kompyuter 16 MGts taktli chastotada (yoki undan past) ishlasa, kesh kerak bo‘lmasligi uchun DRAM tizimli plata va protsessor bilan sinxronlashtirilgan bo‘lishi kerak. Protsessor taktli chastotasi 16 MGts ga ko‘tarilsa, DRAM ni protsessor bilan sinxronlashtirish mumkin bo‘lmay qoladi, shu sababli ishlab chiquvchilar shaxsiy kompyuterlarda SRAM ni ishlatishni boshladilar. Bu 1986 va 1987 yillarda, 16 va 20 MGts chastotada ishlovchi 386 protsessorli ShK paydo bo‘lganidan keyin boshlandi. Aynan shu shaxsiy kompyuterlarda dastlabki kesh-xotiralar ishlatildi, ya’ni protsessor bilan ma’lumotlarni almashib turuvchi SRAM mikrosxemalariga o‘rnatilgan tezkor bufer. Keshning tezkorligini protsessor tezkorligi bilan solishtirish mumkin, kesh nazoratchisi protsessorga ma’lumotlar talabini bilishi va tezkor kesh-xotiraga zaruriy ma'lumotlarni yuklaydi. U holda protsessorga beriladigan xotira manzili ma’lumotlari operativ xotiradan emas, balki tezkorligi birmuncha past bo‘lgan tezkor keshdan yuboriladi.
    Kesh – xotira “soddalik” miqdorini qisqartirishga va kompyuter tezkorligini oshirishga imkon beradi. Ma’lumotlarni protsessorda hisoblash jarayonida kutish vaqtini minimallashtirish uchun zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda odatda ikki tipdagi kesh-xotira qaraladi: birinchi darajali kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali kesh-xotira (L2). Birinchi darajali kesh-xotira ichki kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxemalari qismi bo‘lib, u protsessorga quriladi. Yo‘qoridagi birinchi darjadagi kesh-xotira barcha 486 protsessorlari va protsessor mikrosxemalariga qo‘shilgan. Ikkinchi darajali kesh-xotira tashqi kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxemalariga tashqi tomondan o‘rnatiladi. Dastlab u tizimli plataga o‘rnatiladi (386, 486, Pentium protsessorlariga asoslangan barcha kompyuterlar). Agar ikkinchi darajali kesh-xotira tizimli plataga o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda uning chastotasida ishlaydi. Bu holatda ikkinchi darajadagi kesh-xotira protsessos tegishli ulanish joyiga o‘rnatiladi.
    Unumdorligini oshirish maqsadida Pentium Pro, Pentium II/III va Athlon protsessorlariga asoslangan keyingi kompyuterlarda ikkinchi darajadagi kesh-xotira protsessorni qismi bo‘ladi. Albatta, protsessor markaziy kristaliga nisbatan u tashqi deyilib, u alohida mikrosxema sifatida protsessor qobig‘i ichiga (katrijga) o‘rnatiladi. Shuning uchun Pentium Pro yoki Pentium II tizimli platalarida hech qanaqa kesh yo‘q. Keyingi rusumlar Pentium III va Athlon da ikkinchi darajadagi kesh-xotiralar protsessor mikrosxemalari qismi hisoblanadi (birinchi darajadagi kesh-xotiraga o‘xshash) va yetarlicha katta chastotada ishlaydi (protsessor chastotalarida, yarmi yoki uchdan biri).



    Download 1,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1,11 Mb.