• Ishchi Dvigatel
  • Ishchi kallaklari
  • Qadamli disk yurituvchilar
  • Boshqaruvchi elektronika
  • Disk yurituvchining harakatlanish printsipi




    Download 1,11 Mb.
    bet6/40
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,11 Mb.
    #230171
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    ShK ga xizmat ko`rsat amaliyot

    Disk yurituvchining harakatlanish printsipi.
    FDD tuzilishi jihatdan ko‘p sonli mexanik elementlar va kam sonli elektron elementlardan iborat, shu sababli disk yurituvchining ishonchli ishlashi uchun o‘tkazish mexanikasining sezilarli darajada barqaror ishlashi zarur. disk yurituvchida to‘rt asosiy element bor:

    • Ishchi dvigateli;

    • Ishchi kallaklari;

    • Qadamli dvigatellar;

    • Boshqaruvchi elektronika;




    6-rasm
    Ishchi Dvigatel
    Dvigatel faqat disket disk yurituvchiga qo‘yilganda va disk yurituvchi qopqog‘i surilib bekilganda ulanadi. Dvigatel disketning doimiy aylanish tezligini ta’minlaydi: 3,5 FDD uchun – 300 aylana/minut, 5,25 FDD uchun – 360 aylanish/minut . Dvigatelni ishga tushirish uchun o‘rtacha 400 millisekundgacha vaqt kerak.
    Ishchi kallaklari
    Ma’lumotni yozish va oqish uchun disk yurituvchi ikkita kombinatsiyalangan kallaklar bilan ta’minlanadi (har biri yozish va o‘qish uchun ), ular disketning ishchi yuzasi ostiga joylanadi. odatda disketlar ikki tomonlama bo‘lganligi sababli, ya’ni ikkita ishchi yuzasiga ega bo‘lgani uchun bitta kallak ustki, ikkinchisi esa ostki yuzalari uchun mo‘ljallangan.
    Qadamli disk yurituvchilar
    Disk yurituvchilarning harakatlanishi va pozitsiyalanishi ikkita dvigatel bilan amalga oshiriladi. Ular PC ulanishi bilan o‘ziga xos tovush chiqaradi. Bu qadamli dvigatellar pozitsiyalinishida o‘tkazgichning ish qobiliyatini tekshirishda kallaklarning o‘rnini o‘zgartiradi.
    Boshqaruvchi elektronika
    Disk yurituvchining elektron sxemalari uning ostki tomoni bilan tez-tez almashinadi. Ular nazoratchiga signallarni uzatish vazifasini bajaradi, ya’ni kallaklar yozadigan yoki o‘qiydigan axborotlarni almashtirishga javob beradi. Disk yurituvchining doimiy aylanish tezligi buzilmasligi uchun, u doim faqat gorizontal yoki vertikal holatda ishlashi zarur. Disk yurituvchini qiyshiq burchak ostida o‘rnatganda, uning konstruksiyasi davomli yuklanish oladi.
    Disk yurituvchilar uchun eng asosiy dushman – chang hisoblanadi. Diskning ishchi yuzasi germetik yopilgan vinchesterlardan farqli ravishda disk yurituvchilarda, hech bo‘lmaganda bitta teshik bo‘lib, u orqali ichkariga chang va boshqa narsalar kirishi mumkin. Bu disketlar qo‘yiladigan tirqish hisoblanadi.

    Download 1,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Disk yurituvchining harakatlanish printsipi

    Download 1,11 Mb.