|
O`rta maxsus, kasb hunar ta`limi markazi
|
bet | 5/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #230171 |
Bog'liq ShK ga xizmat ko`rsat amaliyot3,5 dyuymli disketlar.
3,5 dyuymli desketlar qattiq g‘ilofga ega. Garchi ular ham ma’lumotlarni mexanik ta’sirlardan muhofaza qila olsa ham, buning uchun katta kuch sarflash kerak.Ma’lumotlarni mexanik ta’sirdan ishonchli himoya avval boshidanoq amalga oshiriladi.Yozish/o‘qish kallagi (golovkasi) aloqada bo‘lgan soha,disket disk yurituvchiga qo‘yilganga qadar metal to‘siq bilan himoyalangan.Faqat FDDning ichi da bu to‘siq chetga suriladi. Disketlar ikki tipda bo‘ladi va sig‘imi bilan farq qiladi.Ularning orasidagi farq ,tezda ko‘zga tashlanadi.HD disketlarida o‘ng yuqori buchagidagi korpusida tirqishi mavjud bo‘lib,bu tirqish DD disketlarida umuman mavjud emas.
5-rasm
Disketning asosiy parametrlari:
Belgilanishi
|
Sig‘imi
|
Yo‘lkalar miqdori
|
Sektorlar miqdori
|
Yo‘lkalar
zichligi
|
Disk yurituvchilar
|
DS/DD (Double Sided/Double Density)
|
720 Кbayt
|
80
|
9
|
135
|
DD-, HD-, ED-FDD
|
DS/HD (Double Sided/High Density)
|
1,44 Мbayt
|
80
|
18
|
135
|
HD-, ED-FDD
|
DS/ED (Double Sided/Extra High Density)
|
2,88 Мbayt
|
80
|
36
|
135
|
ED-FDD
|
Qattiq diskdagi axborot yillar davomida saqlanadi, lekin ba’zan uni bir kompyutyerdan boshqasiga o‘tkazish talab etiladi. O‘z nomiga qaramasdan, qattiq disk ortiq darajada yuklanishlarga, urilish va zarbalarga nisbatan ta’sirchan, juda nozik asBob hisoblanadi. Nazariy jihatdan axborotni, bir ish o‘rnidan boshqasiga qattiq diskda o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin, ba’zi holatlarda esa o‘z-o‘zidan keladi, lekin baribir bu usul ishlov berish uchun noqulay hisoblanadi, chunki bu alohida ehtiyotkorlik va ma’lum malakani talab qiladi. Kichik hajmdagi axborotlarni tezkor o‘tkazish uchun egiluvchan magnit disklari (disketlari) deb ataluvchi disklardan foydalaniladi, ular maxsus to‘plagich -disk yurituvchiga tiqiladi. To‘plagichning qabul qilish teshigi tizimli blokning old panelida joylashgan.
FDD disk yurituvchilari juda eski tashqi PC qirilmalar hisoblanadi. Ularda asosiy axborot tashuvchi sifatida disketlar (floppy) qo‘llanadi. Disketdagi axborot magnitlanganlik holatida yotda saqlanadi. Maydonlarning o‘zgarishi disketning shimol -janub yoki janub-shimol yo‘nalishidagi magnit zarralari belgilaydi.”1” yoki “0” mantiqiy holatlar shunday tasavvur qilinadi. Yo‘qori yodda saqlovchan hajmli ma’lumot tashuvchilar uchun bunday maydon o‘zgarishi optimallashtirilishi mumkin.
|
| |