Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iqtisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi




Download 65,49 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2024
Hajmi65,49 Kb.
#140845
  1   2
Bog'liq
statistika tayor 777


Kirish
Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iqtisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20 %ni, elektr energiyasining 45 %ni, koʻmirning 98 %ni, sementning 43 %ni, poʻlat va metall prokatining 100 %ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Viloyatoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: „Gʻishtchi“ (Angren), „Agat va Farhod“ (Boʻstonliq tumani), „Metallurfemont“ (Bekobod), „Orion“ (Qibray tumani).
Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash.
Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi.
Chirchiqdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmaliqdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chiqariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi.
Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan hisoblanadi.
Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temir beton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.

Mavzu: Toshkent viloyati aholi statistikasining 2021-2022-yildagi


tahlili va viloyat holati.
Reja:
Kirish
1.Toshkent viloyati aholi statistikasi.
2.Toshkent viloyati holati haqida qisqacha.
Xulosa



Download 65,49 Kb.
  1   2




Download 65,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iqtisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi

Download 65,49 Kb.