Toshkent viloyati aholi statistikasi. Ushbu mustaqil ishi Toshkent viloyati aholisni statistic holatini ko`rib chiqish uchun tuzildi. Aynan 2021-20222-yillar kesimida men sizlarga aholi o`sish va kamayishi haqida qisqacha ma`lumot berib o`taman. 2021-yil holatiga ko`ra Toshkent viloyati doimiy aholi soni 2 975 900 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 1 491 900 kishisi erkaklar soniga to`g`ri kelsa, 1 484 000 kishini ayollar tashkil etadi. 2022-yilga kelib 2 939 700 aholidan aynan erkaklar soni 1 475 700 kishini tashkil etgan bo`lsa, ayollar 1 465 800 nafarni tashkil qilmoqda. (1-diagramma)
1-diagramma
Har bir kv.km masofa uchun zichlik esa 195,1 ta odam tog`ri kelmoqda. 2021-yil 1 469 900 nafar odamlar shahar joylarda istiqomat qiluvchilar hisoblanib, 1 506 000 nafar qishloq joylarida istiqomat qiluvchilar hisasiga to`gri keladi.
Ushbu statistik ma`lumotlar bilan siz 1-jadvalda to`liq tanishib chiqishingiz mumkin.
1-jadval
|
|
|
|
O`zgarish
|
|
№
|
Ko`rsatkichlar
|
2021
|
2022
|
+ -
|
Foiz ko`rsatkich
|
1
|
Doimiy aholi soni
|
2 975 900
|
2 939 700
|
-
|
98,78
|
2
|
Aholining zichligi 1 kv. km ga
|
195,1
|
194,3
|
-
|
99,58
|
3
|
Doimiy aholi soni-Erkaklar
|
1 491 900
|
1 475 700
|
-
|
98,91
|
4
|
Doimiy aholi soni-Ayollar
|
1 484 000
|
1 465 800
|
-
|
98,77
|
5
|
Doimiy aholi soni-Shahar
|
1 469 900
|
1 476 500
|
+
|
100,44
|
6
|
Doimiy aholi soni-Qishloq
|
1 506 000
|
1 463 200
|
-
|
97,16
|
7
|
Tug`ilganlar soni
|
72 659
|
73 556
|
+
|
101,23
|
8
|
Tug`ilganlar soni-Erkaklar
|
37 702
|
37 856
|
+
|
100,4
|
9
|
Tug`ilganlar soni-Ayollar
|
34 957
|
35 700
|
+
|
102,12
|
10
|
O'lganlar soni
|
18 121
|
14 801
|
-
|
81,68
|
11
|
O'lganlar soni-Erkaklar
|
9883
|
8348
|
-
|
84,47
|
12
|
O'lganlar soni-Ayollar
|
8238
|
6453
|
-
|
78,33
|
13
|
Nikohdan ajralishlar soni-Jami
|
4086
|
5080
|
+
|
124,32
|
14
|
Tuzilgan nikohlar soni-Jami
|
25 692
|
23 197
|
-
|
90,29
|
15
|
Ko‘chib kelganlar soni
|
35 265
|
27 350
|
-
|
77,5
|
16
|
Ko‘chib ketganlar soni
|
40 333
|
32 349
|
-
|
80,2
|
Toshkent viloyati holati haqida qisqacha. Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.939 million kishidan ziyod. Viloyat tarkibida 15 ta tuman, 17 ta shahar, 18 shaharcha 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri.
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,9 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi 10,4 %ni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari hajmi esa 2023-yil holatiga ko`ra 74588,6 mlrd.so`m ni tashkil etdi. Bu esa o`z o`rnida ishlab chiqarish foizi 3,6 % ga ortganini ko`rsatadi.
Eski ma`lumotlarga yuzlansak ya`ni 2020-yil. Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 97,9 % ga va ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 102,7 % ga o‘sishi kuzatildi. Shuningdek, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 3,8 % ga o‘sishi hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning – 2,0 % ga kamayishi kuzatildi.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8273,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2019-yilning mos davriga nisbatan 6,9 % ga o‘sgan holda, uning jami sanoatdagi ulushi 20,6 % ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida vino va aroq mahsulotlari va pivo 13,8 % (2019-yil yanvar-avgust oylarida 9,3 %)ni tashkil etdi. Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Zangiota tumaniga to‘g‘ri kelib, 3,7 % ni, shuningdek, Qibray tumani 2,1 % ni, Chirchiq shahri 1,8 % ni, Ohangaron shahri 2,3 % ni hamda Angren shahri 1,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyato‘sish sur’ati (106,9 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Ohangaron (158,7 %), Bekobod (193,4 %), Angren (134,5 %) shaharlarida, Quyichirchiq (204,5 %) hamda Qibray (112,7 %) tumanlarida qayd etildi.
Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Yuqorichirchiq tumaniga to‘g‘ri kelib, 60,5 %, shuningdek, Piskent tumani 72,3 % ni, Zangiota tumani 64,9 % ni hamda Angren shahri 56,8 % nitashkil etdi.(2-diagramma)
Hududlar kesimida no oziq-ovqat mahsulotlar iishlab chiqarilishining viloyat
jami hajmidagi eng yuqori ulushi Bekobod shahriiga to‘g‘ri kelib, 61,5 % ni, shuningdek, Chirchiq shahri 62,8 % ni, Olmaliq shahri 67,5 % ni, Ohangaron shahri 45,2 % ni hamdaToshkent tumani 46,6 % ni tashkil etdi. Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar iishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida yuqori ko‘rsatkich Bekobod shahri (213,7 %), Ohangaron shahri (187,0 %), Chirchiq shahri (116,3 %) hamda Quyichirchiq (223,8 %) tumanida qayd etildi.
2-diagramma
Xulosa
Boshqa viloyatlar singari Toshkent viloyatining ham o`z havosi, o`ziga hos tarixi mavjud. Ko`plab arxeologik tadqiqotlarda so`ng kichik bo`lishiga qaramay viloyat hududida 760 ta qadimiy manzilgohlar aniqlangan bo`lib, ular orasida qazishmalarda mil. av. 6-4-asrga tegishli yodgorliklar borligi ham aniqlangan. Hudud jihati qanchalik katta yoki kichik bu ahamiyatli emas, ahamiyatlisi shundaki ushbu vatanning har qarich yeri barchamizga tegishli va o`z vatanimiz sarhadlari, u sarhadda istiqomat qilyotgan aholi haqida qisqacha ma`lumotga ega bo`lishimiz kerak deb hisoblayman. Bu nafaqat bilish hisini, bundan tashqari boshqa insonlardan bilim jihatida yuqorirroq turishinggizni belgilaydi. Har qanday holatda ham hech bo`lmaganda o`z hududinggiz haqida qisqacha ma`lumotga ega bo`ling va doim faxrlanib yuring. Zero musafo osmon barchamizniki.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
O'zbekiston tarixi. 1-qism . Il-nashri. (m as’ul muharrirlar A.Sagdullayev, B . Eshov) Т., “Universitet”, 1999.
Elektron saytlar:
Stat.uz
Legacy.uz
|