Texnik xaraktyyerga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar misol bo’ladi




Download 2,07 Mb.
bet2/7
Sana16.11.2023
Hajmi2,07 Mb.
#99829
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 mustaqil
yil fasllari dars ishlanmasi, Pul tizimi va uning mazmuni 222, Pulning metalilik nazariyasi1111, tarjima xol, Til va Jamiyat(2-mavzu, Maktabgacha ta
Texnik xaraktyyerga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar misol bo’ladi:
1) ishchining aybisiz texnologik uskuna yoki stanokning biror bir qismini avariya sabab ishdan chiqishi;
2) murakkab opyerasiyalarni bajarayotgan biror bir mexanizmni ogohlantirilmasdan elektr energiyasidan ajratish;
3) yuk ko’tarish vaqtida kutilmaganda yuk ko’tarish mexanizmining po’lat arqonini uzilishi;
4) har xil o’zgaruvchan tebranma yuk ostida elektr uzatish simini uzilishi;
5) qisilgan gaz ballonini quyosh nuridan yoki boshqa issiqlik manbai ta’sirida qizib ketishi natijasida portlashi;
6) gazogenyeratorli qurilmalarni ximiyaviy reaksiyalar jarayonida ichki kuchli qizishidan portlashi;
7) ishlab chiqarishni ichki sistemalarini ta’minlovchi gaz, issiq suv yoki bug’ quvurlarini uzilishi;
8) yuqori bosim ostida ishlovchi idishlarni portlashi;
9) har xil meteorologik omillar (kuchli jala, qalin qor, dovul va boshqa) ta’sirida binolar tomi va konstruksiyalarini qulashi;
YUqorida qayd etilganlardan ishlab chiqarishda jarohatlarni oldini olishning eng samaralisi tashkiliy xaraktyerdagi tadbirlar deb xulosa chiqarish mumkin. Bu tadbirlar quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi:
1) korxona ma’muriyati, texnika xavfsizligi bo’yicha mutaxassis hamda usta va brigadirlarni ishchilar tomonidan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini, mehnatni to’g’ri tashkil etilishini doimiy nazorat qilish va tekshiruv ishlarini olib borilishi;
2) narkotik modda yoki alkogol ta’siri ostida hushyorlikni yo’qotgan, texnika xavfsizligi qoidalarini buzgan ishchilarni zudlik bilan ishdan ozod etish;
3) funksional rejimi buzilgan yoki nosoz mexanizm va uskunalarda ishlashni to’xtatish;
4) murakkab, ko’p diqqat talab etadigan ishlar bilan band bo’lgan ishchilarni doimiy tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
5) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo’yicha asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan texnik o’qishga doimiy va davriy jalb etish ishlarini tashkil etish;
6) ishga qabul qilingan har bir ishchini texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish, ularga sanitar-texnik yo’riqnomalar o’tish;
7) ishchini qo’shimcha ishga yoki asosiy mutaxassisligidan (kasbidan) boshqa ishda ishlashiga yo’l qo’ymaslik.

Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnik xaraktyyerga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar misol bo’ladi

Download 2,07 Mb.