|
O’simliklar oziqlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri slayd
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #229439 |
Mavzu: O’simliklar oziqlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri Tuproq eritmasining konsentratsiyasi - Tuproq eritmasining konsentratsiyasi kichik bo’lgan hollarda o’simliklar sust rivojlanadi, ularda oziq elementlar tanqisligi kuzatiladi. Konsentratsiyaning juda yuqori bo’lishi ham o’simliklar oziqlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi. O’simliklarning ildiz tizimi juda suyuq eritmalardan ham (0,01—0,05%) oziq moddalarni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Tabiiy sharoitlarda sho’rlanmagan tuproqlar eritmasining konsentratsiyasi 0,02—0,2% ni tashkil qiladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasi bir muncha yuqori bo’lganda ionlar o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, suv esa ildiz tomonidan tuproqning o’g’it kiritilmagan qatlamlaridan yaxshi shimiladi. Bu o’g’itlardan foydalanishda albatta hisobga olinishi lozim.
- Tuzlar konsentratsiyasining yuqori bo’lishi eritma osmotik bosimini oshiradi va tabiiyki, o’simliklarga suv hamda oziq moddalar yutilishini qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanishining ilk davrlarida eritma konsentratsiyasining yuqori bo’lishini talab qiladi.
- Keltirilgan ma’lumotlardan eritma konsentratsiyasi 25,9 mmol/g bo’lganda bodringdan yuqori hosil olinishi kuzatiladi. Konsentratsiyaning yanada oshirilishi barg chekkalarining qurishi, tomirlarining qo’ng’ir tus olishi va hosilning kamayishi bilan yakunlanadi.
Oziq muhitidagi elementlar nisbati - Oziq muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish o’simliklar mineral oziqlanishini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlanishining turli davrlarida har xil nisbatdagi oziqa elementlarni talab qiladi.
- Oziq elementlarni ildizga yutilishi ko’p jihatdan gidratlangan ionlar diametriga bog’liq bo’lib, diametri kichik elementlar ko’proq yutiladi. Ayrim elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bolsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl─ esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi.
- O’simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo’lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o’zaro nisbatiga bog’liq.
- Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o’sitnliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarning yaxshi o’zlashtirishi, fosforning ortiqcha miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqlangan. Kaliy ta’sirida o’simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi.
- Oziqlanish niuhitidagi bironta elementning boshqa elementlarning yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar tuzlar aralashmasining ta’siri alohida olingan komponentlar ta’siriga teng bo’lsa, ionlar adidtivligi deyiladi.
- Azot, fosfor va kaliy yetarli bo’lgan sharoitlarda o’simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil b o’lsa, o’simliklarga azotning yutilishi kamayadi. Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o’zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi.
- O’simliklarning ildiz tiziini oziqa moddalarni tanlab, ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega.
TUPROQ NAMLIGI - Tuproq namligining o’simliklar oziqlanishiga ko’rsatadigan ijobiy ta’sirini quyidagicha asoslash mumkin:
- 1) suv o’s imliklarning fiziologik holatini yaxshilaydi, fotosintez, oqsillar biosintezi va moddalar almashinuvi jarayonlarini kuchaytiradi;
- 2) me’yordagi tuproq namligi ildiz tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va uning singdirish yuzasini oshiradi;
- 3) suv oziq elementlarni tuproq eritmasi va singdirish kompleksi (TSK) dan ildiz tizimiga oqib o’tishida diffuzion muhit rolini bajaradi.
-
- Tuproq namligi me’yorda bo’lganda, o’simliklar zarur oziqa elementlarni ko’proq o’zlashtiradi, ortiqcha namlik ta’sirida ayrim zararli ionlar (masalan, temir I oksid) o’simlik tanasiga o’tadi.
- Namlik yetishmaganda fermentlar tizimining faoliyati buziladi, gidroliz, organik moddalarning parchalanishi kuchayadi, fotosintez jadalligi susayadi va o’simliklar o’sishi to’xtaydi.
- Ma’lumki, ildiz tizimi orqali yutilgan suvning atigi 0,2% i o’simlik tanasining shakllanishi uchun sarflanadi, 9% dan ortig’i barglari orqali bug’lanadi, o’simliklar oziq moddalar bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda quruq modda birligini yaratishga sarflanadigan suv miqdori ancha kamayadi.
-
TUPROQ AERATSIYASI - O’simliklar ildiz tizimi chegarasidagi kislorod va karbonat angidrid miqdori muntazam o’zgarib turadi. Anaerob sharoitda hujayralarning kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashadi, karbonat angidrid miqdori oshadi. Qisliloq xo’jalik ekinlari ildiz tizimi faqat aeratsiya yetarli bo’lgan sharoitlarda me’yorda faoliyat ko’rsatadi.
- Tuproqdagi kislorod miqdori moddalar yoki moddalar tizimining oksidlanish─ qaytarilish potensialini belgilaydi. Karbonat angidrid gazi ildiz tomonidan nitratlar, fosfatlar va ammoniy ionining yutilishga depressiv ta’sir ko’rsatadi
Yorug’lik - Yorug’lik ta’sirida o’simliklarda mineral oziqlanish kuchayadi. Qorong’uda saqlanadigan o’simliklarda faqat fotosintez jarayoni emas, balki ildiz orqali oziqa moddalarning yutilishi ham susayadi. Uzoq muddat yorug’likdan baxramand bo’lmagan o’simliklarda mineral oziqlanish to’xtaydi, chunki fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan moddalar ildiz orqali yutiladigan ionlarning keyingi metabolik reaksiyalari uchun energetik material sifatida xizmat qiladi.
- E’tiboringiz
- uchun
- rahmat!!!
|
| |