300 10BASE-T tarmoq bo‗lagida ikkita o‗ralgan juftlik orqali signallar
uzatilishi amalga oshiriladi. Ulardan har biri faqat bir tarafga signal uzatadi (bir
juftlik-uzatuvchi, ikkinchi juftlik-qabul qiluvchi). Bunday juft o‗ralgan juftlik
ishlatilgan kabel tarmoq abonentlari konsentratorlarga (xab) ulanadilar, ularning
ishlatilishi avvalgi ko‗rilgan holatlarga nisbatan shart. Konsentrator abonentdan
kelayotgan signalni suradi, sababi CSMA/CD ega bo‗lish usulini hosil qilish
uchun, ya‘ni bu holda ―passiv yulduz‖ topologiyasi hosil qilinadi (4.25-rasm), u
esa aytib o‗tilganidek ―shina‖ topologiyasi kabidir.
4.25 – rasm. O„ralgan juftlik yordamida abonentni tarmoqqa ulash Adapter va konsentratorlarni ulovchi kabel uzunligi 100 metrdan
oshmasligi kerak, bu vaziyat ko‗pincha kompyuterlarni joylashtirishni keskin
chegaralab qo‗yadi. 6 mm diametrli egiluvchan kabel ishlatiladi. Kabel tarkibiga
kirgan to‗rtta o‗ralgan juftlikdan faqat ikkitasidan foydalaniladi. Eng ko‗p tarqalib,
ishlatiladigan kabel turi bu 3-toifadagi EIA/TIA kabelidir. Lekin hozirgi vaqtda
ancha yuqori sifatli 5-toifadagi (yoki undan ham yuqori toifadagi) kabeldan
foydalanish tavsiya etiladi. Bu turdagi kabel hech qanday muammosiz Fast
Ethernetga o‗tish imkonini beradi. AWG22-26 turdagi kabel ham taniqli. Hech
qachon o‗ralgan juftlik hosil qilmagan telefon kabellarini ishlatish kerak emas,
chunki u tarmoq ishini buzilishiga olib keladi.
Konsentrator
Adapter
Adapter
8 ta kоntаktli RJ-
45 razyomlar
301 Adapter va konsentratorga kabellar 8-kontaktli RJ-45 (4.26-rasm) turdagi
razyom orqali ulanadi, tashqi ko‗rinishidan oddiy telefon razyomiga o‗xshash
bo‗lib, undagi to‗rtta kontaktgina ishlatiladi.
Kontaktlar vazifasi 4.2-jadvalda keltirilgan.