Unumdorlik, tezlik, takt chastota




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

Unumdorlik, tezlik, takt chastota. Zamonaviy kompyuterlarning 
unumdorligini odatda sekundiga millionlab operatsiyani bajarishi bo‗yicha 
o‗lchanadi. O‗lchov birligi bo‗lib quyidagilar xizmat qiladi: 

MIPS (MIPS–Millions Instruction Per Second)–qayd qilingan vergul 
(nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi operatsiyalar uchun

Mflops (MFLOPS–Millions of Floating point Operation Per Second)-
suriluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi operatsiyalar uchun.
Kompyuter 
unumdorligini 
hisoblashda 
kamroq quyidagi o‗lchov 
birliklaridan foydalaniladi:

Kflops (KFLOPS-KILOFLOPS) unumdorligi past kompyuterlar uchun 
qandaydir o‗rtacha mingta sonlar ustidagi operatsiyalarni bjarish; 

Gflops (GFLOPS-GIGAFLOPS)–suriluvchi vergul (nuqta) shaklida 
ifodalangan sonlar ustida sekundiga milliard operatsiyani bajarish.
Kompyuter unumdorligini baholash har doim taxminiydir, chunki qandaydir 
umumlashtirilgan yoki teskarisi aniq operatsiya turiga mo‗ljallanadi. Amalda turli 


 
106
masalalarni hal qilishda turli operatsiyalar to‗plami ishlatiladi. 1970-yillarda turli 
masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va hokazo) o‗rtacha operatsiyalar 
to‗plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bo‗yicha 
keltirilgan masalalar turi uchun kompyuterning o‗rtacha tezligini aniqlash mumkin. 
Ancha yangi testlar ham mavjud–ishlab chiqaruvchi firmalarning o‗z 
mahsulotlarini tezligini aniqlash uchun test to‗plamlari mavjud: iCOMP–Intel 
Comparative Microprocessor Performance (1992) ko‗rsatkich Intel firmasining 
mikroprotsessorlari uchun; (iCOMP2.0–test 1996-yilniki), 32 bitli operatsion tizim 
va multimediali texnologiyalarga mo‗ljallangan; kompyuterni aniq bir tatbiq 
sohasiga yo‗naltirilgan testlar–Winstone97-Business ofis masalalar guruhi uchun 
mo‗ljallangan, boshqa turdagi masalalarga mo‗ljallangan variantlari WinBench 97.
Turli-tuman masalalarni bajaruvchi universal kompyuterlar uchun bu 
baholashlar juda ham aniq bo‗lmaydi. Shuning uchun ShK ko‗rsatkichi uchun 
unumdorlik ko‗rsatkichi o‗rniga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt 
chastotasi ko‗rsatiladi, chunki har bir operatsiya o‗zining bajarilishi uchun aniq 
taktlar sonini talab etadi. Takt chastotasini bilgach, har qanday mashina 
operatsiyasini bajarilish vaqtini yetarli darajada aniqlash mumkin bo‗ladi. 
Masalan, buyruqlarni konveyerli bajarish bo‗lmagan taqdirda va 
mikroprotsessorning ichki chastotasi oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori 
sekundiga 20 million qisqa operatsiyalarni bajarilishini taʻminlaydi (oddiy qo‗shish 
va ayirish, axborotlarni uzatish va hokazo); 1000 MGs chastotada esa–sekundiga 
200 million operatsiyani bajaradi. 



Download 5,65 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish