|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
107
1.3.2. Mikroprotsessor razryadligi, lokal va sistema interfeyslari
Mikroprotsessor va interfeys kod shinalarining razryadligi. Razryadlar
soni–bu ikkilik sonining maksimal razryadlar soni, ular ustida bir vaqtda mashina
operatsiyalari bajarilishi mumkin, shu jumladan, axborotlarni uzatish operatsiyasi
ham; razryadlar soni qancha ko‗p bo‗lsa, ShK ning unumdorligi ham ko‗p bo‗ladi.
Mikroprotsessorning razryadligi ba‘zida uning registrlarining va axborotning
kod shinasinining razryadligi bilan, ba‘zida esa manzilining kod shinasining
razryadligi aniqlab beradi. Bu shinalarning razryadligi VLIW turidagi MP larda bir
xil (64-razryadli intel-arxitektura-IA ).
Tizimli, mahalliy va tashqi interfeyslar turi. Interfeyslarning turlari
mashina qismlari o‗rtasidagi axborot almashuvining turli tezligini ta‘minlaydi, turli
sondagi va turli xil tashqi qurilmalarni ulashga imkoniyat beradi hamda simsiz
aloqa kanalini ishlatadi.
Mikroprotsessorning interfeys qismi shaxsiy kompyuterning tizimli shinasi
bilan mikroprotsessorni moslash va aloqasi uchun, shuningdek qabul qilishga,
bajarilayotgan dasturning buyruqlarini dastlabki tahlillash va buyruq hamda
operandalarning to‗liq manzilini hosil qilishga mo‗lajallangan. Interfeys qismi o‗z
tarkibiga quyidagilarni oladi:
MPX manzil registrlarini;
manzil hosil qiluvchi sxemani;
MP ning buyruqlar buferi bo‗lgan buyruqlar registr blokini;
MP ning ichki interfeysli shinasini;
shinani va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish sxemasini.
Sanab o‗tilgan qurilmalardan ba‘zisi, bevosita MP bajaradigan manzil hosil
qilish sxemasi va buyruqlar registri bajaradigan vazifasi bo‗yicha boshqarish
qurilma tarkibiga kiradi.
|
| |