• 1.3.4. Boshqa turdagi hisoblash sistemalari bilan bog‗lanish imkoniyatlari Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik
  • Ko‗p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati
  • Ishonchlilik
  • Основы пакета




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/354
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,65 Mb.
    #119800
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   354
    Bog'liq
    Основы пакета (1)

     
    111
    platasida (L2-ikkinchi bosqich kesh-xotirasi), tizimli platada (L3-uchinchi bosqich 
    kesh-xotirasi); diskli xotira bilan bo‗ladigan operatsiyalarni tezlatish uchun 
    operativ xotira yacheykasida kesh-xotira yoki disk jamlovchi ichida flesh-xotira 
    tashkillashtiriladi (L4-to‗rtinchi bosqich kesh-xotirasi). 
    E‘tiborga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotiraning majudligi ShK 
    unumdorligini taxminan 20% oshiradi. 
    1.3.4. Boshqa turdagi hisoblash sistemalari bilan bog‗lanish imkoniyatlari 
    Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik. Boshqa 
    kompyuterlar turi bilan apparat va dasturiy moslik-bu kompyuterda boshqa 
    kompyuterning texnik elementlarini va dasturiy ta‘minotini ishlash imkoniyatini 
    berishi tushuniladi. 
    Ko‗p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati. Ko‗p masalali ish tartibi 
    bir vaqtning o‗zida bir necha dasturlar ustida hisoblashlarni bajarish imkonini 
    beradi (ko‗p dasturli ish tartibi) yoki bir necha foydalanuvchi uchun (ko‗p 
    foydalanuvchili ish tartibi). Mashinaning bir necha qurilmalarini vaqt bo‗yicha 
    ustma-ust ishlatish (bir vaqtda bir necha qurilmani), bunday ish tartibida 
    kompyuterning samarali unumdorligini jiddiy oshirishga imkon yaratiladi. 
    Ishonchlilik. Ishonchlilik–bu tizimning unga qo‗yilgan vazifani to‗liq va 
    to‗g‗ri uzoq vaqt davomida bajarish xususiyatidir. 


     
    112
     
    1.4§ Xotira qurilmalari 
    Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so‘ng, tezkor xotira (OZU)dagi 
    barcha ma‘lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda o‗chgan 
    ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni saqlashda, 
    elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan 
    foydalaniladi. 
    Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani 
    saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga 
    bo'linadi: 
    - Magnitli saqlash qurilmasi. 
    - Optik saqlash qurilmasi. 
    - Elektr saqlash qurilmasi. 
    Endi har bir turiga qisqacha to'xtab o'tamiz. 
    Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash 
    vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha 
    ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi 
    xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar (ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ 
    kompyuterlar) foydalanishadi. 
    Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi: 
    -Qattiq disklar (HDD). 
    -Egiluvchan disklar (floppi disk). 
    -Magnit lentalar. 
    Qattiq diskni (vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish 
    mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. 
    Hajmi ham har xil bo'ladi (250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb). Hajmi qanchalik katta 
    bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni 
    o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga tashqi qattiq 



    Download 5,65 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   354




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish