|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
116
ishlatilganda ushbu texnologiya tufayli tezkorlik 22% ga ortdi, biroq real sharoitda
EDO xotiralari tezkorlikni taxminan 5% ga orttiradi. Bu ko`rsatkich ancha kam
bo`lib ko`rinsa ham ularning afzalligi EDO xotiralarida FPM turidagi xotiralar
bilan bir xil mikrosxemalar ishlatiladi. Ularning narxi ham bir xil.
SDRAM (Synchronous DRAM)-bu DRAM xotiralarining turi bo`lib, uning
ishi shina bilan moslashtiriladi (sinxronlashtiriladi). SDRAM yuqori tezlikli
sinxronizatsiya interfeysini ishlatuvchi ma`lumotlarni yuqori tezlikli paketlarda
uzatadi. SDRAM asinxron DRAM uchun shart bo`lgan ko`pgina kutislarni chetlab
o`tishga imkon beradi, chunki unda ishlatiladigan signallar sistemali platalarning
takt generatori bilan moslashtiriladi.
SDRAM xotiralarining samaradorligi FPM yoki EDO xotiralarining
tezligidan ancha katta. SDRAM-dinamik xotiraning turi bo`lgani uchun uning
boshlang`ich sikli FPM va EDO larniki bilan bir xil, lekin umumiy sikllar vaqti.
ancha qisqa. x-y-y-y sxema bo`yicha SDRAM 5-1-1-1 sxemada ishlaydi, yani
to`rtta o`qish amali sistemali shinaning 8 siklida tugaydi.
Bundan tashqari SDRAM 100 MGts va undan yuqori chastotalarda ishlaydi.
SDRAM xotiralari DIMM modullari sifatida yetkaziladi va uning tezkorligi
nanosekundlarda emas, balki megagertslarda o`lchanadi.
RDRAM yoki Rambus DRAM qolgan xotira turlaridan tubdan farq qiluvchi
xotira turi bo`lib, u 1999-yildan boshlab yuqori tezlikli kompyuterlada ishlatiladi.
Oddiy turdagi xotiralar (FPM/EDO va SDRAM) odatda keng kanalli sistema deb
ataladi. Xotira kanali kengligi protsessorning ma`lumotlar shinasi kengligiga teng.
SDRAM xotiralarining DIMM ko`rinishidagi maksimal samaradorligi 800 Mbayt/s
dir. RDRAM mikrosxemalari o`tkazish qobiliyatini oshiradi, ularda ikkilangan
ma`lumotlar shinasi ishlatilgan, chastota 800 MGts gacha oshirilgan, o`tkazish
qobiliyati esa 1,6 Gbayt/s ni tashkil etadi. Samaradorlikni oshirish uchun ikki va
to`rt kanalli RDRAM lardan foydalanish mumkin, bunda ma`lumotlarni uzatish
tezligi mos ravishda 3,2 yoki 6,4 Gbayt/s ni tashkil etadi.
|
| |