|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
119
elementlari ma‘lum uzunlikdagi mashina so‗zini saqlovchi xotira katagiga
birlashtiriladi. Xotira katagiga joylashtirish mumkin bo‗lgan ikkili xonalar (bitlar)
soni xotira xonaliligini belgilaydi. Xotira kataklari xotira blokiga birlashtiriladi.
Har bir paytda xotira blokining faqat bir katagiga murojaat amalga oshiriladi.
Murojaat berilgan adres bo‗yicha xotira blokidagi kerakli katakni qidirib topib,
unga axborotni yozishni yoki undan axborotni o‗qishni bajara oladigan sxemalar
yordamida amalga oshiriladi. Bu sxemalar xotira qurilmasining boshqaruvchi
sxemalari deb yuritiladi. Bitta yoki bir nechta bir xil xotira blogi hamda adresni
qabul qiluvchi bitta umumiy kanaldan hamda mashina so‗zlarini qabul qiluvchi va
uzatuvchi bir xil kanallardan iborat boshqaruvchi sxemalar xotira qurilmasini
tashkil etadi. Xotira qurilmasi quyidagi uchta rejimda ishlashi mumkin. 1. Katakka
axborotni yozish. 2. Katakdan axborotni o‗qish. 3. Axborotni saqlash.
Ba‘zi bir fizik muhitlarda qurilgan xotira qurilmalarida o‗qish katakda
saqlanayotgan axborotni buzilishiga olib keladi. Bu holda har bir o‗qishdan so‗ng
o‗qilgan axborotni o‗zining katagiga qayta yozish lozim. Bu jarayon tiklash yoki
regeneratsiya deb yuritiladi. Xotira qurilmasining sifati va uning biror hisoblash
mashinasida yoki sxemasida ishlatilishining maqsadga muvofiqligi qator
parametrlar bilan belgilanadi. Bu parametrlarning ichida eng muhimlari hajm,
tezkorlik, ishonchlilik va qiymatidir. Xotira qurilmalari hajmi unda bir vaqtda
saqlanishi mumkin bo‗lgan axborot birliklarining eng katta soni bilan aniqlanadi
hamda bitlarda, Kbitlarda va Mbitlarda ifodalanadi. Ba‘zida xotira qurilmasi hajmi
baytlarda, Kbaytlarda va Mbaytlarda ifodalanadi. Xotira qurilmasi hajmining har
biri n xonali so‗zni saqlay oluvchi xotira kataklari soni N orqali baholash keng
qo‗llaniladi. (M=n*N). N kattaligi so‗z, Kiloso‗z va megaso‗zlar soni orqali
ifodalanadi. Xotira qurilmasi tezkorligini uning vaqt xarakteristikalari yordamida
ifodalash mumkin. Xotira qurilmasi vaqt xarakteristikalariga kerakli katakni
qidirib topishga ketgan vaqt–qidiruv vaqti tq, yozish vaqti tyoz, o‗tish vaqti to‗q,
o‗qish katagida saqlanayotgan axborotning buzilishiga olib keladigan xotira
|
| |