Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
121
1.4.4. Fayl menedjerlari 
 
Fayllar bilan ishlash. Fayl-bu tizimda o‗z nomi va bayoniga ega bo‗lgan 
mantiqiy bog‗liq yozuvlar majmuidir. Fayl nomidan foydalanib, unga 
birlashtirilgan ma‘lumotlarga murojaat qilish mumkin. Fayllarda ixtiyoriy 
axborotni saqlash mumkin. Axborotlarni kompyuter orqali qayta ishlash mumkin. 
Foydalanuvchilar fayllarga jamlangan ma‘lumotlarni ochishi, o‗zgartirishi, 
saqlashi, o‗chirishi yoki chop etish qurilmalariga yuborishi mumkin.
Fayl nomi va uning tavsiflari maxsus yozuv boshqaruvchisi–fayl belgisida 
bo‗ladi. Tizimdagi mavjud barcha fayllar, ularni saqlash manzillari bilan birgalikda 
maxsus katalogga yoziladi, uning yordamida fayllarni nomi bo‗yicha avtomatik 
tarzda izlash ta‘minlanadi. Faylning to‗liq nomi ikki qismdan iborat bo‗ladi:
a) Fayl nomi.
b) Nuqta bilan ajratib yozilgan fayl kengaytmasi.
Odatda, fayl nomida fayl kengaytmasi bo‗lishi shart emas. Agar u mavjud 
bo‗lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlash mumkin bo‗ladi va foydalanuvchi 
uchun qulaylik yaratiladi. Masalan, Informatika.txt deb nomlangan faylning fayl 
kengaytmasi-.txt. Bu kengaytma orqali biz faylning matn muharririga tegishli 
ekanligini bilishimiz mumkin. Fayl atributlari esa, katalogda berib borilayotgan 
fayl nomi, turi, sanasi va vaqtini aniqlaydi.
Papka bu-foydalanuvchilar yaratgan dastur va fayllar saqlanuvchi grafik 
interfeysga ega bo‗lgan konteyner. Ekranda ushbu 
ko‗rinishga ega bo‗ladi. 
Diskdagi dastur va hujjatlarni saralash uchun papka ishlatiladi. Shu bilan bir 
qatorda papkada dastur va hujjatlardan tashqari fayllar jamlangan boshqa papkalar 
ham bo‗lishi mumkin. Fayl va papkalarni nomlashda quyidagi belgilar 
ishlatilmaydi: /, /, *, ?, :, !, ―, <, >.



Download 5,65 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish