|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
120
qurilmalarida o‗chirish to‗ch va tiklash (regeneratsiya) vaqti treg kiradi. Tajribada
xotira qurilmalari tezkorligini yaxlitlashtirilgan vaqt xarakteristikalari–murojaat
vaqti (tanlash vaqti) va to‗la sikl vaqti orqali ifodalash qulaydir. Murojaat vaqti
tm–xotira qurilmalariga kerakli katak adresini yuborish vaqtidan xotira qurilmalari
chiqish yo‗liga bu katakda saqlangan sonni olish paytigacha (o‗qishda) bo‗lgan
vaqt oralig‗idan iborat: tm=tq+to‗q Xotira qurilmalari tezkorligi sikl vaqti ts
oralig‗i orqali yanada to‗laroq xarakterlanadi. ts=tq+to‗q+(tregyoki tyoz) va bu
vaqt murojaat vaqti tm dan doimo katta bo‗ladi. Tezkorlikni xotira qurilmalariga
murojaat chastotalari bo‗yicha ham xarakterlash mumkin. Xotira qurilmalari
ishonchliligi konstruktiv va axborot ishonchliliklari bilan belgilanadi. Xotira
qurilmalarining konstruktiv ishonchliligi tushunchasi radioelekron qurilmalarining
ishonchliligi ta‘rifiga mos bo‗lib, ma‘lum ishlatish shart-sharoitlarida berilgan vaqt
oralig‗ida xotira qurilmalarining hamma elementlari va komponentlarining
buzilmasdan ishlashining ehtimolligini anglatadi. Xotira qurilmalarining axborot
ishonchliligi ishlatish shart-sharoitlarini o‗zgarishini keltirib chiqaradigan holatlar
ta‘sirida qurilmaning axborotni buzmasdan qabul qilish, saqlash va uzatish
qobilyatini belgilaydi. Masalan, axborot ishonchliligi uni yozish va o‗qishda
axborot signallarining nisbatlari orqali baholanishi mumkin. Signal va xalaqit
amplitudalarini katta nisbati qurilmaning axborot ishonchliligi yuqori ekanligini
bildiradi. Xotira qurilmalarining narxi butun qurilma narxi yoki axborot birligini
saqlashning keltirilgan narxi (so‗m/bit) orqali aniqlanadi. Ba‘zan asosiy
parametrlar qatori xotira qurilmalarining boshqa ko‗rsatkichlari ahamiyatga molik
bo‗ladi. Bunday ko‗rsatkichlar umumlashtirilgan parametrlar deb yuritiladi va ular
xotira qurilmalarini bir–biriga taqqoslashda qulaylik tug‗diradi. Umumlashtirilgan
parametrlardan axborot quvvatini hamda sifatlilikni ko‗rsaish mumkin. Axborot
quvvati W=M*F ifoda orqali aniqlansa, sifatlilik fizik hajm V, og‗irlik G va
iste‘mol qilinuvchi quvvat P kabi muhim ko‗rsatkichlarni hisobga olgan holda
Q=W / VGP =MF/VGP ifoda yordamida aniqlanadi.
|
| |