|
4-amaliy topshiriq mavzu: Xotira turlari va xususiyatlari Ishdan maqsad
|
bet | 1/3 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #254592 |
Bog'liq 4-Amaliy topshiriq
4-AMALIY TOPSHIRIQ
Mavzu: Xotira turlari va xususiyatlari
Ishdan maqsad: Xotira turlari va xususiyatlarini o’rganish
Kompyuter qurilmasida mavjud xotira qurilmalari ikki guruhga ajraladi:
Ichki yoki birlamchi xotira qurilmalari;
Tashqi yoki ikkilamchi xotira qurilmalari
Ichki xotira qurilmalari
Ichki xotira qurilmalari nisbatan kichik ma’lumot sig’imiga ega bo’ladi va kompyuter ishlash jarayonida ona platadagi markaziy CPU bunday xotira qurilmalariga tezkor murojaat qilish imkoniga ega bo’ladi. Chunki bunday ichki xotira qurilmalariga CPU tomonidan ma’lumotlarni yozish va o’qish katta tezlikda amalga oshiriladi.
Ishki xotira qurilmalari
Operativ xotiraning qo’llanishi
ROM xotira qurilmasi
ROM (faqat o'qiladigan xotira) - bu foydalanuvchi aralashuvini talab qilmaydigan va shaxsiy kompyuterning to'g'ri ishlashi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni saqlaydigan doimiy xotira.
U quyidagi dasturlarni o'z ichiga oladi:
kompyuterni ishga tushirish va to'xtatish,
kompyuterni har yoqqaningizda to'g'ri ishlashini tekshiradigan qurilmalarni tekshirish,
protsessor, displey, klaviatura, printer, tashqi xotira ishlashini nazorat qilish.
Operatsion tizim diskidagi joylashuv haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Doimiy xotira qurilmalari
Aynan BIOS dasturi DXQ ga yoziladi va yuqoridagi vazifalarni bajaradi
Tashqi xotira qurilmalari
Tashqi xotira qurilmalari ichki xotira qurilmalariga nisbatan katta ma’lumotlarni saqlash sig’imiga ega bo’lib ular ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun qo’llaniladi.
Bunday tashqi xotira qurilmalaridan ma’lumotlarni o’qish va ularga ma’lumotlarni yozish tezlgi nisbatan kichik bo’ladi.
Kompyuter qurilmasi ishlash jarayonida ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun tashqi xotira qurilmalaridan foydalansa aynan ma’lum bir operatsiyani bajarish jarayoni kerak bo’ladigan ma’lumotlarni saqlash uchun ichki xotira qurilmalaridan foydalanadi.
|
| |