Operatib yoki tezkor xotira qurilmasi slotlari




Download 2,91 Mb.
bet2/3
Sana27.05.2024
Hajmi2,91 Mb.
#254592
1   2   3
Bog'liq
4-Amaliy topshiriq

Operatib yoki tezkor xotira qurilmasi slotlari
Bu elementlarni, o‘zbek tilida mos holda VA, HAM va EMAS deb atash mumkin. Biz ularni va boshqa shu kabi elementlarni rus va ingliz tillaridagi nomlaridan foydalanamiz. 3.7-rasmning yuqori qismida elementlarning Amerika standartidagi, pastki qismida esa Rossiya standartidagi ko‘rinishlari keltirilgan [2]. Ushbu sxemalarning kirishiga 0 yoki 1 ga teng bo‘lgan mantiqiy o‘zgaruvchilar beriladi, ularning chiqishida esa, yana o‘sha mantiqiy qiymatlarni qabul qila olishi mumkin bo‘lgan funksiyalarning, ya’ni Bul funksiyalarining qiymatlari olinadi. Sxemalarda mantiqiy qiymatlar ma’lum bir kattalikdagi kuchlanishlar bilan ifodalanadi. Odatda mantiqiy 0-ga, 0 dan 1V-gacha bo‘lgan kuchlanish, mantiqiy 1- ga esa 2 dan 5V- gacha bo‘lgan kuchlanishlar mos keladi. TTL va ESL texnologiyalarida mantiqiy 1-ga to‘g‘ri keladigan kuchlanishning maksimal qiymati 5V, MOP texnologiyasida esa +3,3V bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi va keyingi rasmlarda keltirilgan oddiy mantiqiy funksiyalarni amalga oshiruvchi juda kichik elektron qurilmalar - ventillar deb ataladi. Ventillar - tranzistorlar asosida quriladi (3.8-rasm). Barcha zamonaviy mantiq, ya’ni mantiqiy sxemalarni qurish binar uzgich-ulagich sifatida ishlay oladigan tranzistorlarga asoslanadi. Tranzistor yordamida, ikkita qiymatga ega signallardan turli xil Bul funksiyalarini amalga oshir- uvchi raqamli sxemalarni hosil qilish mumkin. Kompyuterlarni qurishda ishlatilgan kichik mikrosxemalardan tortib, to katta va o‘ta katta inte- gratsiyadagi mikrosxemalar hisoblangan turli xildagi protsessorlar ham - raqamli sxemalardan tashkil topgandir. Shuning uchun kompyuterlar protsessorlarining ko‘rsatgichlaridan biri sifatida, ularning tarkibida ishlatilgan tranzistorlar sonidan ham foydalaniladi. Masalan: biz ushbu qo‘llanmada ko‘rib chiqadigan 8-razryadli protsessor Intel 8080 protsesso- ri tarkibida 6 mingta, 16- razryadli protsessor Intel 8088 tarkibida 29 ming- ta va 32-razryadli protsessor Pentium 4 protsessori tarkibida esa 42 millionta tranzistor ishlatilgan. 3.8-rasmda keltirilgan NE (NOT) - inkorlash amalini bajaruvchi ele- mentning sxemasi tarkibida, bipolyar tranzistor qo‘llanilgan. Tranzistor tashqi muhit bilan bog‘lana oldigan uchta ulanish nuqtalariga ega, ular - kollektor, baza va emitter deb nomlanadi. Agar Vin kirish kuchlanishi, ya’ni tranzistorning bazasidagi kuchlanish ma’lum bir kritik qiymatdan kichik bo‘lsa, tranzistorda uzilish sodir bo‘ladi va u juda katta qiymatga ega qarshilik sifatida ishlaydi. Kritik qiymat deganda - mantiqiy 1-ga to‘g‘ri keladigan kuchlanishdan kichikroq bo‘lgan kuchlanishning qiymati tushuniladi. Bunda tranzistorning kollektoriga berilayotgan +Vcc kuchlanishi natijasida hosil bo‘lgan tok, tranzistor orqali uning emitteriga o‘ta olmaydi. Natijada sxema uchun chi- qish signali hisoblangan Vout kuchlanishining qiymati, +Vcc kuchlanishin- ing qiymatiga yaqin qiymatga teng bo‘ladi. Ushbu xildagi tranzistorlar uchun odatda +Vcc = 5 V.

Operativ xotira qurilmasi slotlari qanday xotira va qancha o’lchamdagi xotira o'rnatilishi mumkinligi uchun javobgardir.


Bunday xotira slotlari soni har xil bo'lishi mumkin. Oddiy ona platada odatda 2 ta, o'rtacha 4 ta, kuchli ona platalarda esa 6 yoki undan ko'p uyalar mavjud.




Download 2,91 Mb.
1   2   3




Download 2,91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatib yoki tezkor xotira qurilmasi slotlari

Download 2,91 Mb.