132
ko‗rsatkichlar bo‗yicha axborot oqimlarini optimallashtirish, qidirish, baholash va
yaxshi boshqaruv yechimini
tanlash maqsadida BIBT va bilimlar omborini
ishlatiladi.
AXTni shuningdek boshqa ko‗rsatkichlari bo‗yicha
ham turlarga ajratish
mumkin:
bajaradigan vazifasi bo‗yicha:
ishlab chiqarishdagi AXT;
savdo AXT;
moliya AXT;
marketing AXT va hokazo.
boshqarish obyektlari bo‗yicha:
loyihalashtirishni avtomatizatsiyalashtirish AXT;
texnologik jarayonlarni boshqarish AXT;
korxonalarni boshqarish (ofis, firma, korporatsiya va hokazo) AXT.
natijaviy axborotni ishlatilish maqsadi bo‗yicha:
axborot – qidiruv, foydalanuvchining so‗rovi bo‗yicha axborotlarni yig‗ish,
saqlash va berish;
axborot – maslahatlashuv, foydalanuvchiga
yechim qabul qilish uchun
ma‘lum tavsiyalar havola qiluvchi (yechim qabul qilishni quvvatlash tizimlari);
axborot – boshqaruv, uning natijaviy axboroti bevosita boshqarish ta‘sirini
hosil qilishda qatnashadi.
133
1.5.2. Axborot-hisoblash tizimlarining tarkibiy tashkillanishi
Axborot bevosita va uzluksiz boshqarish jaroyoni bilan bog‗liq.
Kibernetikaning boshqarish haqidagi juda umumiy talqin qilishi quyidagicha:
axborotga maqsadga yo„naltirilgan ravishda ishlov berish jarayoni-boshqarishdir.
Boshqarish tizimining vazifasi sifatida belgilanadi: uning yoki asosiy
xususiyatlarini birligini saqlanishini, yoki berilgan yo‗nalishda uning rivojlanishini
taʻminlanishi. U holda
ham va bu holda ham boshqarish ma‟lum maqsadga
erishish uchun amalga oshiriladi. Qo‗yilgan maqsadga erishilganligini ko‗rsatuvchi
boshqarishni optimallik ko‗rsatkichi bu boshqarishni maqsadli funksiyasidir.
Boshqarishni maqsadli funksiyasi–bu qandaydir o‗lchanadigan
miqdoriy
kattalik bo‗lib, u kirish va chiqish o‗zgaruvchilarning, boshqarish obyekt
ko‗rsatkichlarining va vaqtning funksiyasidir (vaqtga bogliqligi).
Axborot tizimini boshqarish jarayonidagi o‗rnini 3.1-rasmda
keltirilgan
tarkibiy sxema orqali tushuntirish mumkin.