|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 113/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
143
ishlatiladigan operatsion tizim imkoniyatlariga, uning qurilmalar
imkoniyatlarini ―boshqara olish mahorati‖ va ayniqsa, markaziy protsessorlarni
parallel ishlashini tashkillashtira olishiga;
translyatorlarni dasturning mashina kodini parallel muhitda ishlashiga
tayyorlay olishiga–bir necha bloklarda, konveyerlarda, protsessorlarda va
boshqalarda;
ishlatiladigan
dasturlash
tillaridagi
dasturlarni
parallel
bajarilish
imkoniyatlarini tashkillashtirilish imkoniyati;
tatbiq etilayotgan matematik usul va algoritmlarni quvvati, yani masalani
hal qilish uchun tanlangan parallellashtirish usuli qanchalik muvaffaqiyatli
tanlangaligi;
mavjud apparat vositalarini tanlangan parallellashtirish usuliga moslik
darajasi;
nazorat qilish qiyin bo‗lgan omil–hal qilinadigan masalaning ―tabiatiga‖
joylashgan parallellashtirish imkoniyatiga.
Hisoblash tizimining unumdorligiga ta‘sir etuvchi shuncha ko‗p omillarning
mavjudligi tufayli va unumdorlikni baholash zarur bo‗lganligi uchun hozirgi
vaqtda kompyuterning quvvatini ko‗rsatuvchi bir necha usullar ishlatiladi. Agarda
asosiylarini qoldirsak ular quyidagilardan iborat:
takt chastota bo‗yicha baholash;
vaqt birligi ichida bajarilgan operatsiyalar sonini ko‗rsatish orqali;
maxsus tanlangan dasturlarda testlash.
Quvvatni faqat taxminiy baholash kerak bo‗lgan hollarda takt chastotasi
protsessorning ko‗rsatkichi sifatida ishlatiladi, masalan, ofis va boshqa
masalalarini hal qilish uchun shaxsiy kompyuterni bayon qilishda. Takt chastotasi
qancha yuqori bo‗lsa, buyruqlar shuncha tez bajariladi, protsessor vaqt birligi
ichida shuncha ko‗p buyruq bajaradi, uning unumdorligi shuncha yuqori bo‗ladi.
Takt chastotasining quvvatni baholash uchun ishlatilishi uni o‗lchash va qabul
|
| |