146
operatsii s plavayushey tochkoy v sekundu, sekundiga
suriluvchi nuqtali
operatsiyalar). Bu holda tizimning unumdorligi haqiyqiy sonli (suriluvchi nuqtali
o‗lchamda) axborotlar ustida bajariladigan operatsiyalar sonini,
ularni bajarilish
vaqtiga bo‗lgan nisbatiga teng. Hozirgi zamon sharoitida ko‗pincha quyidagi
birliklar ishlatiladi: megafloplar (1Mflops = 10
6
Flops), gigafloplar (1Gflops = 10
9
Flops), terafloplar (1Tflops = 10
12
Flops).
Bu o‗lchov birligi oldingisidan ikki xususiyat bilan farqlanadi. Birinchidan,
Flops birligida o‗lchanganda faqat haqiqiy sonli axborotlar ustidagi amallar
hisoblanadi,
ikkinchidan, baholashda protsessorning mashina buyruqlari emas
haqiyqiy sonlar ustida bajarilgan operatsiyalar qatnashadi. Farqi shundaki, haqiqiy
sonlar ustida bajariladigan bitta operatsiya (masalan, ko‗paytirish yoki kvadrat
ildiz ostidan chiqarish) turli ketma-ketlikdagi mashina
buyruqlari tomonidan
berilishi mumkin. Haqiqiy sonlar ustidagi operatsiyalarning soni faqat
yechiladigan masalaga bog‗liq va u joriy etiladigan hisoblashlarning mashina
dasturiga bog‗liq emas. Shuning uchun Flops birligida o‗lchash
kompyuter
unumdorligini ancha haqiqiy aks ettiradi.
Afsuski haqiqiy sonlar ustida amlga oshirilmaydigan operatsiyalarda bu
unumdorlikni baholash tizimini qo‗llab bo‗lmaydi, chunki haqiqiy sonli
axborotlarni ustida hisoblashlari kam bo‗lgan yoki umuman bo‗lmagan
dasturlar
(masalan, kompelyatorlar dasturi) uchun Flops birligida unumdorlik ko‗rsatkichi
juda ham kam ekan.
Bu usulning ham oldingi usul kabi kamchiligi mavjud, bu kamchilik
unumdorlikni bajariladigan dasturdan jiddiy bog‗liqligida namoyon bo‗ladi. Xuddi
oldingi holdagi kabi, bu ―tez‖ va ―sekin‖ operatsiyalar o‗rtasidagi turli nisbat bilan
tushuntiriladi,
lekin endi dasturdagi emas, yechiladigan masaladagi. Undan
tashqari, qisqa siklli dasturlar uchun, qachonki siklning
barcha buyruqlari bir
vaqtda keshda joylasha olgan bo‗lsa, u holda mashinaning unumdorligi operativ
xotiraga murojaat etilishi kerak bo‗lgan siklli dasturlarga nisbatan yuqori bo‗lar