|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 118/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
152
natija bo‗lib xizmat qiladi. Etalon sifatida VAX 11/780 hisoblash tizimi tanlab
olingan. Alohida testlash natijalaridan ikkita birlashgan (integral) baholash hosil
bo‗ladi: SPECint92, CINT92 guruh bo‗yicha alohida testlarda olingan o‗rtacha
geometrik baholashlarga teng va SPECfp92, CFP92 guruh bo‗yicha alohida
testlarda olingan o‗rtacha geometrik baholashlarga teng. Shunday qilib, SPEC
testlarida baholash MIPS va Flops birliklarida o‗lchanmaydi, ularda o‗lchamsiz
nisbiy kattalik bo‗lib, u etalon kompyuterga nisbatan sinalayotgan kompyuter
necha marta tez ishlashini ko‗rsatadi.
Ushbu testlarning ancha keyingi variantlari va integrallashgan baholashlar
ham SPECint95 va SPECfp95, SPECint2000 va SPECfp2000 va boshqalar shu
kabi qurilgan hamda boshqa maxsuslashtirilgan SPEC testlar ham mavjud. Shuni
qayd qilib o‗tish mumkinki, masalan, SPEChpc96 testi bir necha o‗nlab protsessori
bo‗lgan hisoblash tizimining quvvatini baholashni taʻminlaydi, SPEC OMPL2001
testi esa 512 tagacha protsessori bo‗lgan tizimlarni testlash uchun tadbiq etilishi
mumkin. SPEC tizimiga SPECjbb va SPECweb testlari kirib, ular serverlarning
turli xillarini testlashga xizmat qiladilar. SPEC korporatsiyasi doimiy yangi test
tizimlarini yaratish va oldin yaratilganlarini esa yangilash hamda yaxshilash ustida
ish olib boradi. Bu quyidagi taniqli, keng tarqalgan va ishlatiladigan testlardir:
SPEC for Maya 6, SPEC for 3ds max 6, SPEC for SolidWorks 2003, SPEC
viewperf va boshqalar.
SPEC testlaridan tashqari oxirgi yillarda notijorat kompaniyalar tomonidan
yaratilgan yana bir qancha test tizimlari paydo bo‗lgan. Asosan bu tizimlar
axborotsiz ilovalarga va boshqa hisoblash bo‗lmagan toifadagi ilovalar uchun
mo‗ljallangan. Quyidagi testlash tizimlarini eslatib o‗tish mumkin TRS-A, TRS-V,
TRS-S, tranzaksiyalarga ishlov berish unumdorligini baholash bo‗yicha birlashma
TRS (Transaction Processing Performance Council dan) va SAP testlarning katta
to‗plami (Standard Application dan) Benchmark.
|
| |