145
1.6.3.MIPS va Flops birliklari
MIPS birligi. Hisoblash tizimlarining quvvatini ancha aniq baholash uchun
vaqt birligi ichida tizim tomonidan bajariladigan mashina buyruqlar sonini
ko‗rsatishga asoslangan yo‗nalish ishlatiladi. Qayd qilishimiz kerakki, agarda
barcha tizim tomonidan bajariladigan buyruqlar soni hisobga olinsa, bu
ko‗rsatkichni ko‗p protsessorli mashinalar unumdorligini baholash uchun ham
ishlatish mumkin.
Hisoblash tizimlarining unumdorligini hisoblashdagi bu yondashishda
baholash MIPS (Million Instructions Per Second–million mashinnix komand v
sekundu, sekundiga million mashina buyrug‗i) birligida amalga oshiriladi, unda
kompyuterning quvvati mashina buyruqlarining (ko‗rsatmalar) bajarilish sonini
bajarilish vaqtining nisbatiga teng. Unumdorlikni baholash usulining farqi
quyidagicha, markaziy protsessor bajarayotgan hisoblashlarning amallarida
axborotlar o‗lchami inobatga olinmasligida, yaʻni dastur buyruqlarining butun
sonli va haqiqiy sonlar ustida bajariladigan amallardan tashkil topgan real
aralashmasi ishlatiladi. Bu usulni ko‗rinib turgan qulayligi–uning oddiyligi va
tushunarligidadir.
MIPS birligining ishlatilishdagi kamchiligi bu natija protsessorning
buyruqlar tizimiga bog‗liqligi. Shuning uchun turli buyruq tizimiga ega bo‗lgan
protsessorlarni baholash uchun taqqoslash murakkab. Undan tashqari, ma‘lumki,
turli buyruqlar protsessor tomonidan turli vaqt davomida bajariladi, turli dasturlar
o‗z tarkibida ―tezroq‖ va ―sekinroq‖ buyruqlar nisbati turlichadir. Shuning uchun
bitta kompyuterda turli dasturlar bajarilganda kompyuterning unumdorligi
haqidagi baholash turlicha bo‗ladi, bu esa ko‗rsatkichni keng miqyosda
ishlatilishiga to‗sqinlik qiladi.