|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 111/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
140
Hisoblash tizimlari kompyuterlar asosida tuzilishi mumkin–ko‗p mashinali
XT yoki alohida protsessorlar asosida–ko‗p protsessorli XT.
Hisoblash tizimlari yana bo‗linishi mumkin:
bir turdagi;
bir turda bo‗lmagan.
Bir turdagi XT bir turdagi kompyuterlar asosida yoki protsessorlarda tashkil
etiladi, unda dasturiy vositalarni standart to‗plamlarini, qurilmalarni ulash uchun
an‘anaviy protokollarni ishlatish mumkin bo‗ladi. Ularni tashkillashtirish ancha
oson, tizimga xizmat ko‗rsatish va ularni rivojlantirish yengillashadi.
Bir turda bo„lmagan XT o‗z tarkibiga turli xildagi kompyuterlarni yoki
protsessorlarni oladi. Tizimni qurishda ularning turli texnik va funksional
ko‗rsatkichlarini hisobga olishga to‗g‗ri keladi, bu esa bunday tizimlarni yaratishni
va ularga xizmat ko‗rsatishni jiddiy qiyinlashtiradi.
Hisoblash tizimlari quyidagi tartibda ishlaydi:
operativ ish tartibida (online);
operativ bo‗lmagan ish tartibida (offline).
Operativ tizimlar real vaqt o‗lchamida ishlaydilar, ularda axborotlar
almashuvini operativ ish tartibi joriy etiladi–so‗rovlarga javoblarni juda tez olinadi.
Operativ bo„lmagan XT ―javobni keyinga qoldirish‖ ish taribiga yo‗l qo‗yiladi,
so‗rovlarga javoblarni bajarilishi ba‘zi ushlanish bilan amalga oshirilishi mumkin
(ba‘zida tizim ishlashining keyingi seansida).
Hisoblash tizimlarini yana markazlashtirilgan va tarqatilgan boshqarishli
guruhga ajratiladi. Birinchi holda boshqarishni ajratilgan kompyuter yoki
protsessor bajaradi, ikkinchi holda esa kopmyuterlar teng huquqli va ularning har
biri boshqarishni o‗zi olishi mumkin.
Undan tashqari XT bo‗lishi mumkin:
iudud bo„yicha jamlangan (barcha kompyuterlar bevosita bir-biriga yaqin
joylashtirilgan);
|
| |