• 1.4.1. Asosiy xotira qurilmasi va uning fizik strukturasi
  • Основы пакета




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/354
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,65 Mb.
    #119800
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   354
    Bog'liq
    Основы пакета (1)

     
    114
    parametri hajmidan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi hisoblanadi. 
    Ma'lumotlarni yozish va o'qishda hech qanday dasturlarning keragi yo'q va 
    ishlatish juda soddadir. Flesh xotiralarni sotib olishda pulingizni ayamasdan o'sha 
    paytdagi eng katta hajmliligini sotib olavering, sababi bu xotira qurilmasi juda 
    katta tezlikda o'z hajmini kattalashtirib yubormoqda. 
    1.4.1. Asosiy xotira qurilmasi va uning fizik strukturasi 
    Zamonaviy kompyuterlarda 3 turdagi xotira qurilmalari ishlatiladi: 
    1. ROM (Read Only Memory )-doimiy saqlash qurilmasi. Bu qurilmaga 
    ma`lumotlar yozib bo`lmaydi.
    2. DRAM (Dynamic Random Access Memory)- ixtiyoriy murojaat qilish mumkin 
    bo`lgan dinamik xotira qurilmasi.
    3. SRAM (Static RAM)-statik operativ xotira 
    ROM turidagi xotirada ma`lumotlarni faqat saqlash mumkin bo`lib, unga 
    hech narsa yozib bo`lmaydi. Bu xotirada kompyuter elektr to`ki manbaiga 
    ulanganda uni ishga tushirish buyruqlari yozilgan bo`ladi. Bu buyruqlardan 
    foydalanib, kompyuter operatsion sistemani topadi va uni ishga tushiradi. Bundan 
    tashqari ushbu buyruqlar yordamida kompyuter qurilmalari tekshiriladi. Sistemali 
    platadagi ROM xotirasida asosan 4 ta dastur bo`ladi:

    POST (Power-OnSelf Test)-kompyuter manbaga ulanganda tekshirish 
    sistemasi.

    CMOS Setup-foydalanuvchiga sistema ko`rsatkichlarini o`zgartirish 
    imkonini beruvchi dastur.

    Boshlang`ich yuklash dasturi-bu dastur diskda operatsion sistemani 
    qidiradi. 

    Bazaviy kiritish-chiqarish sistemasi-kompyuter apparat qismi, ayniqsa, 
    kompyuter ishhga tushganda aktivlashtirish kerak bo`lgan qurilmalar 
    drayverlari. 
     


     
    115
    1.4.2. Statik va dinamik xotira qurilmalari 
    Dinamik operativ xotira (DRAM) hozirda ko`p sistremalar tomonidan 
    ishlatiladi. Uning asosiy ustunligi shundan iboratki, ushbu turdagi xotiralarda 
    xotira kataklari ancha zich joylashgandir. Bu narsa katta hajmdagi xotirani kichik 
    mikrosxemaga o`rnatishga imkon beradi.
    DRAM xotira kataklari kondensatorlardan iborat bo`lib, zaryadlangan 
    kondensatorlar 1 ga, zaryadlanmaganlari 0 ga mos keladi. Biroq bu turda ma`lumot 
    saqlashning bir kamchiligi bor. Gap shunadaki, kondensatorlar tez o`z zaryadini 
    yo`qotadi va shu tufayli ulardagi ma`lumot yo`qolmasligi uchun ularni tez-tez 
    qayta zaryadlab turish lozim. Bu holat regeneratsiya deyiladi. Aynan DRAM 
    xotiralarida regeneratsiya zarurligi tufayli ularda doimiy ma`lumot saqlash 
    mumkin emas va kompyuter o`chirilganda u yerdagi bacha ma`lumot o`chib 
    ketadi. 
    1995-yildan 
    boshlab 
    Pentium 
    asosidagi 
    kompyuterlarda 
    operativ 
    xotiralarning yangi-EDO (Extended Data Out) deb ataluvchi turi ishlatilmoqda. Bu 
    FPM xotiralarning mukammalashgan turi bo`lib, uni ba`zida Hyper Page Mode 
    deb ham atashadi. EDO turidagi xotiralar Micron Technology firmasi tomonidan 
    ishlab chiqilgan va patentlashtirilgandir. FPM turidagi xotiralardan farqli ravishda, 
    EDO turidagi xotiralarda xotira kontrolleri adres ustunini o`chirayotganida 
    mikrosxemadagi ma`lumotlarni chiqarish drayverlari o`chmaydi. Bu esa oldingi va 
    keyingi sikllarni ulashni ta`minlaydi va har bir siklda taxminan 10 ns vaqtni 
    tejashga yordam beradi. Shunday qilib EDO turidagi xotiralarda kontroller adres 
    ustunini topgunicha ma`lumotlar joriy adresdan o`qilaveradi. Bu xuddi 
    navbatlashni qo`llash uchun bankdan foydalangandek gapdir, biroq bunda ikkita 
    bank talab qilinmaydi. 
    Yuqorida tushuntirilgan x-y-y-y sxema bo`yicha tushuntiradigan bo`lsak, 
    EDO xotiralari 5-2-2-2 sxema bo`yicha, FPM xotiralar esa 5-3-3-3 sxema bo`yicha 
    ishlaydi, ya`ni EDO xotiralarida sikllar soni 11 ta FPM da 14 tadir. Maxsus testlar 



    Download 5,65 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   354




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish