|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
113
disklar ham kiradi. Ular USB port orqali ulanadi va kompyuterdan elektr manbai
oladi. Bu turi katta hajmdagi ma'lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi.
Egiluvchan disklar hozirgi kunda kamayib ketgan. 1.44 Mb hajmga ega
bo'lib, ma'lumotlarni bir necha marta o'qib, yozish uchun ishlatiladi. Unchalik
ishonchli bo‗lmagan magnit plyonkalar ham yupqa bo'lib, juda tez ishdan chiqish
ehtimoli katta. Tashqi ta'sirlarga umuman bardoshli emas.
Keyingi magniitli saqlash qurilmasi bu–magnit lentalardir. Bular asosan
server kompyuterlar bilan ishlaganda kerak bo'ladi. Katta hajmdagi ma'lumotlarni
arxivlash yoki nusxasini olish jarayonida ishlatiladi. O'qish va yozish tezligi
unchalik katta emas, lekin uzoq vaqt davomida saqlash uchun mo'ljallangan.
Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu
disklarga ma'lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o'qiladi.
Optik disklarning quyidagi turlari mavjud:
-Faqat o'qish uchun mo'ljallangan disklar: CD, DVD.
-Faqat bir marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.
-Bir necha marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-RW, DVD-
RW.
CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb atrofidagi
ma'lumotlarni o'zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o'qish uchun
kompyuterga CD-ROM, DVD-ROM qirilmalari ulanadi. Hozirgi kunda yangi
DVD disklari paydo bo'lgan, bular Blu-ray deb nomlanadi va ular ko'k rangdagi
lazer orqali ma'lumotlarni yozadi (oddiy optik disklarga qizil rangdagi lazer
ishlatiladi). Blu-ray disklarning hajmi 25 Gb dan boshlanadi.
Keyingi tashqi xotira qurilmasi bu–elektr saqlash qurilmasidir. Bu xotira
qirilmasida
ma'lumotlar,
mikrosxemalar
orqali
yaratilgan
va
programmalashtirilgan xotirada saqlanadi. Bunga misol flesh-xotiralardir (fleshka).
Bu qurilmalar kompyuterga USBport orqali ulanadi. Qurilmaning o'lchamlari
kichik va hajmi hozirgi kunda 64 Gb dan ham oshdi. Bu qurilmaning asosiy
|
| |