|
Keywords: phosphat, Paleogene, tract, Guliob, deposit, rock, section, mineral, facies, field.
UO‘K:551.781:631.85(575.1)Bog'liq 3-9 compressedKeywords: phosphat, Paleogene, tract, Guliob, deposit, rock, section, mineral, facies, field.
UO‘K:551.781:631.85(575.1)
JANUBIY HISOR PALEOGEN YOTQIZIQLARINING GEOLOGIK TUZILISHINI
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FOSFORITLIYLIGI
(
TO‘PALANG MAYDONI MISOLIDA)
Axmedov Shovdullo Shuxratovich
1
– doktorant (PhD)
Usmonov Kuvonchbek Mannonovich
2
– katta o‘qituvchi
1
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi,
Navoiy sh., О‘zbekiston
2
Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., О‘zbekiston
Annotatsiya. Fosforitlar fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun xomashyolardan biridir.
So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy xomashyo
bazasini yaratishga qaratilgan ishlar keskin faollashdi. Respublikada olib borilgan ishlarning
natijasi Markaziy Qizilqumdagi yirik konlarni, yangi, donador turdagi fosforitlarni aniqlash edi.
Biroq mavjud xomashyo bazasi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishni rivojlantirishni yetarli darajada
ta’minlamayapti, shu sababli fosfat xomashyosi zahiralarini kengaytirish maqsadida geologiya-
qidiruv ishlarini yanada kuchaytirish talab etiladi.
Maqolada Janubiy Hisor mintaqasidagi paleogen yotqiziqlarining o‘ziga xos xususiyatlari
keltirilgan va ularda fosforit ma’danlarining tarqanganligini To‘palang maydoni misolida ko‘rib
chiqilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida To‘palang hududidagi fosforitli qumtoshlar
unumdorlikni saqlash, paxta, g‘alla va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish, mineral o‘g‘itlarni
yaxshi rentabellik bilan qisman almashtirishga yordam beradigan arzon mahalliy xomashyo sifatida
qishloq xo‘jaligiga yaroqli ekanligi va o‘rganilayotgan hududning kon-texnik sharoitlari fosforit
saqlovchi jinslarni ochiq usulda o‘zlashtirish uchun qulay shart-sharoitlarga egaligi aniqlangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Keywords: phosphat, Paleogene, tract, Guliob, deposit, rock, section, mineral, facies, field.
UO‘K:551.781:631.85(575.1)
|