• Kalit so‘zlar
  • O'zbek tilining milliy korpusi yaratish muammolari annotatsiya




    Download 175 Kb.
    bet1/7
    Sana29.03.2024
    Hajmi175 Kb.
    #180579
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O\'ZBEK TILINING MILLIY KORPUSI YARATISH MUAMMOLARI
    Qizlarjonlar-klubi-ish-rejasi-1


    O'ZBEK TILINING MILLIY KORPUSI YARATISH MUAMMOLARI


    Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilining milliy korpusini yaratsak, turli soha vakillari uchun til korpusidan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Korpusning lug‘atshunos, adabiyotshunos, o‘qituvchi, dasturchi, jurnalist, pragmalingvist, sud-huquq lingvistlari uchun nechog‘li ahamiyatli ekanligi dalillangan.
    Kalit so‘zlar: Raqamlashtirish jarayoni, til korpusi, elektron kutubxona, talimiy korpus, milliy korpus, korpusdan foydalanish, korpusning ahamiyati. , educational corpus, national corpus, corpus use, corpus importance.
    Mamlakatimizda tilga e’tibor ma’naviyatga e’tiborning ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Shu bois ona tilimizni avaylab-asrash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimida keng qo‘llanishiga erishish kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifaga aylandi. Chunki ona tilimizning jahonga chiqishiga erishish milliy ma’naviyatni takomillashtirish va yuksaltirishning asosiy yo‘llaridandir. Raqamli texnologiyalar rivojlangani sari ulardan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Yangi O‘zbekistonda bugun har bir soha, raqamlashtirilish jarayonida. Raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, elektron murojaat kabi tushunchalar hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Til ma’naviy merosimizni asrash va boyitishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tillarni saqlab qolish milliy ma’naviyatni saqlab qolish demakdir. Zero, asl ma’naviyat faqat milliy shakldagina mavjud bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya keng qulayliklar eshigini ochdi. Kompyuter tarjimasi, tahriri, tahlili, elektron lug‘atlar va tezaurus(til xazinasi)lar fikrimiz tasdig‘idir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va ulardan foydalanish madaniyatini shakllantirish til imkoniyatini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda har bir sohada axborot-texnologiyalaridan unumli foydalanishga, dasturiy ta‘minot asosida tuziladigan loyihalarga katta e‘tibor qaratilmoqda. Yangi O‘zbekistonimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar tilshunoslarimiz oldiga o‘zbek tilining lug‘at tizimini, so‘zlardagi ma’no torayishi, kengayishi, ko‘pma’nolilik, yangi paydo bo‘lgan tushuncha va terminlarni chuqurroq tadqiq etishni kun tartibiga qo‘ymoqda. XX asr texnika taraqqiyoti asri kirib kelishi bilan qator davlatlarning o‘z milliy korpuslari yaratib bo‘lindi. Albatta, XXI asrda internet, axborot texnologiyalarining keng quloch yoyishi tilning jahon miqyosida e’tirof etilishi, keng miqyosda targ‘ib qilinishi zamonaviy kommunikatsiyalar bilan bog‘liqligi bilan belgilanishi shubhasiz. Tilning, xususan, o‘zbek tilining jahon hamjamiyati tomonidan o‘rganilishi, e’tirof etilishi uchun , avvalo, uning asosiy leksik- grammatik bazalari shakllantirtilishi va dasturiy ta’minoti yaratilishi lozim. Xo‘sh, o‘zbek tilini raqamlashtirsak, o‘zbek tilining milliy korpusini yaratsak, qanday afzalliklarga ega bo‘lamiz. Milliy korpus milliy til xazinasi demakdir. Undan lingvist, leksikograf, kompyuter lingvistlari, dasturchi, muharrir, tarjimon, jurnalist, noshirlar, olim, o‘qituvchi, ta’lim oluvchilar va boshqa har qanday soha mutaxassisi keng foydalanadi. Til korpuslari — til bo‘yicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor etib bo‘lmas ish quroli. U oddiy elektron kutubxonadan farqlanadi. Elektron kutubxonaning maqsadi — xalqning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy hayotini aks ettiruvchi badiiy va publitsistik asarlarni nisbatan to‘liq qamrab olish. Elektron kutubxona matnlari til nuqtayi nazaridan ishlov berilmaganligi sababli tadqiqotlar uchun noqulaylik tug‘diradi. Chunki elektron kutubxona ilmiy tadqiqot materiali bazasini tayyorlash maqsadida tuzilmaydi, balki milliy ma‘naviy merosni jamlashni maqsad qilgan bo‘ladi. Til korpusi esa elektron kutubxonadan farqli o‘laroq, tilni o‘rganish va tadqiq qilish uchun zarur, foydali va qiziqarli matnlarni to‘plashni nazarda tutadi. Korpus turli ilmiy adabiyotlarda turlicha ta`riflangan. “Korpus – ma`lum maqsadda yig‘ilgan matnlar majmuini tashkil etuvchi til birliklarining yig‘indisi”, “korpus – alohida tilning yozib olingan og‘zaki hamda yozma matnlari asosidagi lingvistik ma`lumotlar majmui”, “korpus
    – istalgan tabiiy (real) tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga joylashtirilgan matnlar yig‘indisi”[Nurillayeva, 2018]. Korpus - ma’lum maqsadda yig‘ilgan matnlar majmuini tashkil etuvchi til birliklari yig‘indisi, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy taminot asosida joylashtirilgan on-line yoki off-line tizimda ishlaydigan matnlar jamlanmasi[Xamroyeva, 2018] kabi. O‘TILda esa korpus so‘zi quyidagicha izohlangan: Korpus [lot.corpus – tana, jism, modda; bir butun narsa] 1. Mexanizm, apparat va sh.k.ning tayanchini yoki qobig‘ini tashkil etuvchi qism. Soat korpusi. 2. Bir umumiy uchastkadagi, bir majmuaga kiruvchi binolardan biri, alohida bino. 3. bir necha diviziya yoki brigadadan iborat yirik harbiy qo‘shilma. 4. Biror davlatdagi barcha diplomatlar, konsullar. Qonun chiqaruvchi korpus qonun chiqaruvchi ayrim muassasalarning yoki qonun chiqaruvchi organga tegishli palatalarning barcha deputatlari[O‘TIL]. Ko‘rinib turibdiki, O‘TILda bizning tatqiq obyektimiz bo‘lgan til korpusi haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan. O‘TILning 2006-yilda nashr etilganligini hisobga olsak, korpus tilshunosligi o‘zbek tilining endigina tetepoya bo‘layotgan yangi yo‘nalishi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Vaholanki, jahon tilshunosligi bu borada ancha-muncha yutuqlarga erishgan. Dunyo tilshunosligida korpus lingvistikasi yo‘nalishi va til korpuslarini yaratish ishlari bo‘yicha talay ishlar qilingan. Ko‘pgina mamlakatlarda XX asrning 80-yillaridan boshlab bunday korpuslar tuzila boshlandi. Ular turli maqsad va vazifalarga xizmat qiladi. Buyuk Britaniyada Ingliz tili Banki (Bank of English) hamda Britaniya milliy korpusi (British National Corpus, BNC), Rossiyada Rus tilining milliy korpusi loyihalari ishlab chiqildi. Masalan, Rus tilining Milliy Korpusi hajmi hozirgi kunda 149 mln so‘zdan iborat. Keyingi yillarda Internet tizimining rivojlanishi virtual matnlar korpusi yuzaga kelishiga olib keldi. Ya’ni Internetdagi qidiriv saytlari, elektron kutubxonalar, virtual ensiklopediyalar korpus vazifasini bajarmoqda. Korpusning janri va tematik rang-barangligi internetdan foydalanuvchining qiziqishlariga bog‘liq. Korpus foydalanuvchilari turli soha, kasb vakillari bo‘lishi mumkin. Korpus foydalanuvchilari doirasi biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha keng bo‘lib, quyida shularni sanab o‘tamiz. Lug‘at va grammatikadan faqat tilshunos foydalanmaganidek, korpus gumanitar fanlar tadqiqotchisi, adabiyotshunos hamda tarixchi uchun ham birdek zaruriy baza, deyish mumkin. O‘qituvchi uchun korpus
    — tengsiz xazina. Masalan, u topshiriqni tayyorlash uchun faqat badiiy adabiyotdan (yoki badiiy bo‘lmagan matndan: sport, avtobiografiya yoki shunchaki ma‘lum ijodkor asari bilan cheklanmoqchi) foydalanmoqchi. Shu o‘rinda ta’limiy va milliy korpusni farqlab olish zarurati paydo bo‘ladi. Ta’limiy korpusning milliy korpusdan eng asosiy farqi shundaki, ta’limiy korpus birlik (matn)lari didaktik xarakterga ega bo‘ladi. Milliy korpusda bosh maqsad jonli tilni ko‘rsatish bo‘lgani sababli unda turli uslub va janrdagi matnlar korpus birligi sifatida ishlatiladi, milliy korpusda reprezentativlik (matnning janriy xilma-xilligi) ustunlik qiladi. Ta’limiy korpusdagi matnlar til ta’limi, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan matnlardan iborat bo‘ladi. Ta’limiy korpusga ko‘proq maqol, matal, naql, ertak, rivoyat janrlari kiritiladi. Asl maqsad – ona (o‘zbek) tilini o‘rgatish bilan birga, tarbiyaviy maqsad ham asosiy planda bo‘ladi. Milliy til korpusi - o‘zbek tilidagi ilmiy, badiiy, publitsistik, so‘zlashuv va rasmiy uslubga doir shuningdek, zamonaviy, tarixiy , she’riy, nasriy, dramatik va shevaga doir matnlardan iborat milliy kontentdir. milliy til korpusi yaratilsa, ta’limiy korpus yanada takomillashadi. Milliy til korpusi tadqiqiy, tahliliy xarakterdadir. Ta’limiy korpus esa tadbiqiy, amaliy maqsadga yo‘nalgan elektron resursdir[Raupova, Zaripboyeva, 2021]. Korpus turli janr va uslubdagi matnlarni qamrab olgani sababli har qanday talabni qondirish imkoniga ega. Misol uchun, jurnalistika fakulteti talabalari uchun yozilgan darslikda publitsistik matnlar ancha eskirgan.



    Download 175 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 175 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbek tilining milliy korpusi yaratish muammolari annotatsiya

    Download 175 Kb.