O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fani Baxshillayev Ozodbek




Download 9,83 Mb.
Sana07.01.2024
Hajmi9,83 Mb.
#131622
Bog'liq
Baxshillayev Ozodbek O\'zbek tili

O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fani

Baxshillayev Ozodbek

13-3 Bio 20

Araxnologiya (yunoncha arachne – “oʻrgimchak”, logos – “ta’limot”) – biologiyaning oʻrgimchaksimonlar sinfini oʻrganuvchi sohasi.

Entomologiya (yunoncha entomon – “hasharot”, logos – “taʼlimot”) – hasharotlarni o‘rganuvchi fan.

Zoologiya (yunoncha zoon – “hayvon”, logos – “ta’limot”) – hayvonlar morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi va sistematikasi haqidagi fan.

Produtsent – anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlovchi organizmlar.

Konsumentlar (lotincha consumo – “iste’mol qilaman”) – produsentlar hosil qilgan organik moddalarni iste’mol qiluvchi organizmlar.

Redutsentlar – hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga parchalaydigan organizmlar (masalan, chirituvchi bakteriyalar, zamburug‘lar).

Kollenxima tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi.

Kollenxima tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi.

Sklerenxima – o‘lik, qalin qobiqli hujayralardan iborat mexanik to‘qima, ikki turga bo‘linadi: uzun va ingichka tolalar – lub va yog‘ochlik tolalari; yumaloq sklereid hujayralar.

Transpiratsiya – o‘simliklarning suv bug‘latish jarayoni.

Saprofit – geterotrof oziqlanishning bir tipi. Bir necha bosqichdan iborat: hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning ferment ta’sirida parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining organizm tomonidan qabul qilinishi. Bu oziqlanish ayrim bakteriyalar va zamburug‘lar uchun xos.

Avtotrof organizmlar (yunoncha autos – “oʻzi”, trophe – “oziq”, “oziqlanish”) – fotosintez, fotoreduksiya va xemosintez jarayonlari tufayli anorganik moddalardan oʻz hayoti uchun zarur organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir.

Geterotroflar – tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar.

Neyrogliya – nerv to‘qimasi tarkibiga kiruvchi, neyronlar atrofida joylashgan, neyronlarni oziqlantirish, tayanch vazifasini bajaruvchi nerv hujayralari.

Neyrogliya – nerv to‘qimasi tarkibiga kiruvchi, neyronlar atrofida joylashgan, neyronlarni oziqlantirish, tayanch vazifasini bajaruvchi nerv hujayralari.

Neyron – nerv sistemasining tuzilishi va funksional birligi, nerv hujayrasi turi.

Dendrit (yunoncha dendron – “daraxt”) – nerv hujayralari (neyron)ning tarmoqlangan sezuvchi oʻsimtalari; boshqa neyronlar, retseptor hujayralar yoki bevosita tashqi qo‘zg‘atuvchilardan signallar qabul qiladi. Nerv impulslarini hujayra tanasiga oʻtkazadi.

Pinositoz (yunoncha pino – “ichaman”, sitoz – “hujayra”) – moddalarning eritma holida membranadan hujayra ichiga o‘tishi.

Fagotsitoz (yunoncha fageo – “yemoq”, “hazm qilmoq”) – oqsillar, polisaxaridlar, asosan qattiq zarrachalarning hujayraga kirish jarayoni.

Fototaksis – yashil evglena, xlamidomonada kabi organizmlarning xivchinlari yordamida yorug‘lik tomon harakat qilishi.

Protonefridiy – yassi chuvalchanglarning ayirish sistemasi, parenximada joylashgan, uchi berk bir qavatli epiteliy to‘qimalardan iborat tarmoqlangan naychalar.

Reproduksiya (lotincha re – “qayta”, “takror”, produksiya – “yarataman”) – organizmlarning o‘ziga o‘xshaganlarni yaratishi, ya’ni ko‘payishi.

Guttatsiya – tunda barg og‘izchalari berk bo‘lganligi tufayli o‘simlik ichidagi ortiqcha suv barglarning chetidan bug‘lanmasdan, tomchi ko‘rinishida ajralib chiqishi.

Auksinlar (lotincha aixo – “oʻstiraman”) – o‘simlikning hosil qiluvchi to‘qimalarida ishlab chiqaradigan, uning oʻsishi uchun zarur fiziologik faol moddalar.

Blastula (yunoncha blastos – “murtak”, “maysa”) – koʻp hujayrali hayvonlar embrional rivojlanishi ontogenezi davrida hosil boʻladigan murtagi.

Embriogenez (yunoncha embryon – “embrion”) – tuxum hujayraning urug‘lanishidan boshlanib, yosh organizmning tug‘ilishi yoki tuxum qobig‘ini yorib chiqishi bilan yakunlanadigan jarayon.

Nefron – buyrakning murakkab mikroskopik tuzilish va funksional birligi.

Nefron – buyrakning murakkab mikroskopik tuzilish va funksional birligi.

Parapodiy – ko‘p tukli halqali chuvalchangda tananing har bir segmentida maxsus harakat organlari – muskulli o‘simtalar.

Postembriogenez – organizmlar ontogenezida embrional rivojlanishdan keyin, ya’ni tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishdan boshlanadigan va organizm nobud bo‘lguncha davom etadi- gan davr.

Xromosoma – (yunoncha xroma – “bo‘yoq”, soma – “tana”) yadro bo‘linishidan oldin xromatinning kuchli spirallashuvi, kaltalashuvi, yog‘onlashuvidan hosil bo‘ladigan struktura.

Vibrissa sutemizuvchilar og‘zi va ko‘zlari atrofida joylashgan uzun qillar bo‘lib, tuyg‘u sezish vazifasini bajaradi.

Germafrodit – bitta organizmning o‘zida ham erkaklik, ham urg‘ochilik reproduktiv organlarining rivojlanishi.


Download 9,83 Mb.




Download 9,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fani Baxshillayev Ozodbek

Download 9,83 Mb.