• Neyron Neyronlarning strukturaviy klassifikatsiyasi
  • Anakson neyronlar – ko’pgina dendritlar tutsa-da, aksoni bo’lmaydi. Ular neyronlardagi ion muvozanatini boshqarishda ishtirok etadi.
  • Nerv hujayrasi neyronning tuzilishi
  • Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.
  • Markaziy nerv sistemasi
  • 1.Bosh miya 2.Markaziy nerv sistemasi 3.Orqa miya
  • Vegetativ nerv sistemasining faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham yuritiladi.
  • Birinchi bosqich sirtqi psixologiya yo`nalishi talabasi Askarova Feruzaning “Markaziy asab tizimi fiziologiyasi’’ fani bo‘yicha taqdimot ishi




    Download 431.25 Kb.
    Sana18.04.2023
    Hajmi431.25 Kb.
    #52312
    Bog'liq
    Markaziy asab tizimi fiziologiyasi Askarova Feruza
    psixologiya tarixa

    Birinchi bosqich sirtqi psixologiya yo`nalishi talabasi Askarova Feruzaning “Markaziy asab tizimi fiziologiyasi’’ fani bo‘yicha taqdimot ishi

    Mavzu: Neyronlarning klassifikatsiyasi

    • Reja:
    • 1. Nerv hujayralari - Neyronlar
    • 2. Neyronlarning strukturaviy va funksional klassifikatsiyasi
    • 3. Nerv sistemasi

    NERV HUJAYRALARI

    Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi)

    Neyron

    Neyronlarning strukturaviy klassifikatsiyasi:

    Multipolyar neyronlar – bu neyronlar bitta akson hamda 2 va undan ortiq dendritdan tashkil topgan.

    Bipolyar neyronlar – bitta akson va bitta dendrit tutgan neyronlar.

    Unipolyar yoki pseudounipolyar neyronlar – ularning neyronidan 1 ta o’simta chiqib darhol ikkiga ajraladi. Ularning bittasi uzunroq bo’lib, tananing periferik qismlarida retseptor nerv oxiri hosil qilsa, ikkinchisi markaziy neyrv sistemasidagi (MNS) neyronlarga impulsni yetkazadi.

    Anakson neyronlar – ko’pgina dendritlar tutsa-da, aksoni bo’lmaydi. Ular neyronlardagi ion muvozanatini boshqarishda ishtirok etadi.

    Nerv sistemasidagi neyronlarning asosiy qismini multipolyar neyronlar tashkil etadi. Bipolyar neyronlar ko’zning to’r pardasida, hid bilish a’zosida, hamda ichki quloqning chig’anoq va vestibulyar tugunlarda uchrab, mos ravishda ko’rish, hid bilish, eshitish va muvozanat saqlash kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Pseudounipolyar neyronlar umurtqalararo nerv tugunlarida (spinal nervlarning sezuvchi tugunlarida) hamda ko’pgina kalla nerv tugunlarida joylashgan.

    Nerv hujayrasi neyronning tuzilishi

    Neyronlarning funksional klassifikatsiyasi


    Sezuvchi neyronlar afferent nerv deyilib, nerv impulslarni retseptordan qabul qiladi, ya’ni ulardagi nerv impulslari organdan miyaga qarab harakatlanadi. Motoneyronlar (harakatlantiruvchi neyronlar) efferent nerv deyilib, impulsni ichki a’zolarga yetkazib beradi, ya’ni nerv impulslarini miyadan organlarga tomon yetkazadi. Somatik motoneyronlar odam ixtiyoriga bo’ysunadigan neyronlar bo’lib, skelet muskullarini innervatsiya qiladi. Avtonom motoneyronlar esa odam ixtiyoriga bo’ysunmaydi. Ular bezlar, yurak mushaklari va silliq tolali mushaklarni innervatsiya qiladi. Oraliq neyronlar sezuvchi va motoneyronlarni o’zaro bog’laydi va refleks yoyi hosil bo’lishida ishtirok etadi. O’simtalari soniga ko’ra oraliq neyronlar multipolyar va anaksonal bo’lishi mumkin. Oraliq neyronlar barcha MNS neyronlarining 99% ini tashkil etadi. Periferik nerv sistemasida (PNS) neyronlar nerv tugunlarida, ba’zi sezgi a’zolarida uchraydi.

    Nerv sistemasi

    Odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga bogʻlagan holda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

    Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.

    1.hid bilish 2.yozuv o’ng qo’l 3.siypalash 4.eshitish 5.gapirish 6.hisoblash 7.o’qish 8.ko’rish 9.siypalash 10.ohang intonatsiyasi


    Nerv sistemasi

    Markaziy nerv sistemasi

    Markaziy nerv sistemasi - odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv sistemasis. umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. Markazii nerv sistemasis. va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) nerv tolalari orqali barcha aʼzolar va toʻqimalar bilan bogʻlangan. Markazii nerv sistemasis.ning eng murakkab va maxsus qismi bosh miya katta yarimsharlaridir. 

    1.Bosh miya 2.Markaziy nerv sistemasi 3.Orqa miya

    Vegetativ nerv sistemasi

    Vegetativ nerv sistemasi (lotincha: vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; Vegetativ nerv sistemasining tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo V.n.s. animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat koʻrsatadi.

    Vegetativ nerv sistemasining faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham yuritiladi.

    THANK YOU FOR YOUR ATTENTION


    Download 431.25 Kb.




    Download 431.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchi bosqich sirtqi psixologiya yo`nalishi talabasi Askarova Feruzaning “Markaziy asab tizimi fiziologiyasi’’ fani bo‘yicha taqdimot ishi

    Download 431.25 Kb.