|
Vegetativ nerv tizimi
|
bet | 1/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,55 Mb. | | #132941 |
Bog'liq Vegetativ nerv tizimi
Vegetativ nerv sistemasi (lotincha: vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V.n.s.ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo V.n.s. animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat koʻrsatadi. Bu terminni fanga birinchi marta fransuz vrachi M. Bisha kiritgan (1801) va uning somatik nerv sistemasi faoliyatidan farqini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ingliz fiziologi J. Lengli (1903) V.n.s.ni "avtonom nerv sistemasi" deb atadi, chunki V.n.s.ning faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham yuritiladi.
V.n.s. moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha aʼzolarning (yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, koʻpayish) toʻqima va muskullar trofikasini (trophe — ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yoʻl bilan idora etadi. V.n.s. joylanishi va faoliyatiga koʻra animal nerv sistemasidan birmuncha farq qiladi. Animal nerv sistemasi faqat koʻndalang-targʻil (skelet) muskullarni idora qilsa, V.n.s. hujayralar, toʻqimalar va silliq muskullarni nerv bilan taʼminlaydi. Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa markaziy nerv sistemasining maʼlum qismlaridan (oʻrta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha koʻkrak va uchta bel segmentlarida oʻziga tegishli umurtqalar oraligʻidan, shuningdek dumgʻaza sohasidan V.n.s. moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha aʼzolarning (yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, koʻpayish) toʻqima va muskullar trofikasini (trophe — ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yoʻl bilan idora etadi. V.n.s. joylanishi va faoliyatiga koʻra animal nerv sistemasidan birmuncha farq qiladi. Animal nerv sistemasi faqat koʻndalang-targʻil (skelet) muskullarni idora qilsa, V.n.s. hujayralar, toʻqimalar va silliq muskullarni nerv bilan taʼminlaydi. Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa markaziy nerv sistemasining maʼlum qismlaridan (oʻrta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha koʻkrak va uchta bel segmentlarida oʻziga tegishli umurtqalar oraligʻidan, shuningdek dumgʻaza sohasidan
|
| |