|
Vegetativ nerv tizimi
|
bet | 2/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,55 Mb. | | #132941 |
Bog'liq Vegetativ nerv tizimiV.n.s. moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha aʼzolarning (yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, koʻpayish) toʻqima va muskullar trofikasini (trophe — ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yoʻl bilan idora etadi. V.n.s. joylanishi va faoliyatiga koʻra animal nerv sistemasidan birmuncha farq qiladi. Animal nerv sistemasi faqat koʻndalang-targʻil (skelet) muskullarni idora qilsa, V.n.s. hujayralar, toʻqimalar va silliq muskullarni nerv bilan taʼminlaydi. Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa markaziy nerv sistemasining maʼlum qismlaridan (oʻrta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha koʻkrak va uchta bel segmentlarida oʻziga tegishli umurtqalar oraligʻidan, shuningdek dumgʻaza sohasidan ikkinchi — toʻrtinchi dumgʻaza umurtqalari oraligʻidan) tarqaladi. Animal nervlar orqa miyadan chiqib uzilmasdan ishchi aʼzolarga boradi. Vegetativ nervlar miya sohasidan chiqqandan soʻng yoʻl-yoʻlakay vegetativ tugunlarda toʻxtab, keyin ishchi aʼzolarga tarqaladi. Bundan tashqari, tugundan oldingi tolalarning har biri tugundan keyingi bir qancha tolalarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Animal nervlar miyelin (yogʻ) pardaga oʻralgan va yoʻgʻonroq, vegetativ nervlar esa miyelinsiz va ingichka boʻladi. Vegetativ nervlar asosan animal nervlar tarkibida, qon tomirlar devorida chigallar hosil qilib tarqaladi. Vegetativ nervlarning har biri ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi tolalar vazifasini bajaradi. Ularda impuls (taʼsir)lar sekundiga 10 m tezlikka yetadi. Somatik nervlar tarkibidagi tolalar (sezuvchi va harakatlanuvchi) esa alohida, miyelin pardali boʻlgani uchun ularda impuls sekundiga 100 m tezlikka yetadi. ikkinchi — toʻrtinchi dumgʻaza umurtqalari oraligʻidan) tarqaladi. Animal nervlar orqa miyadan chiqib uzilmasdan ishchi aʼzolarga boradi. Vegetativ nervlar miya sohasidan chiqqandan soʻng yoʻl-yoʻlakay vegetativ tugunlarda toʻxtab, keyin ishchi aʼzolarga tarqaladi. Bundan tashqari, tugundan oldingi tolalarning har biri tugundan keyingi bir qancha tolalarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Animal nervlar miyelin (yogʻ) pardaga oʻralgan va yoʻgʻonroq, vegetativ nervlar esa miyelinsiz va ingichka boʻladi. Vegetativ nervlar asosan animal nervlar tarkibida, qon tomirlar devorida chigallar hosil qilib tarqaladi. Vegetativ nervlarning har biri ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi tolalar vazifasini bajaradi. Ularda impuls (taʼsir)lar sekundiga 10 m tezlikka yetadi. Somatik nervlar tarkibidagi tolalar (sezuvchi va harakatlanuvchi) esa alohida, miyelin pardali boʻlgani uchun ularda impuls sekundiga 100 m tezlikka yetadi.
|
| |