Oʻzbekicton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yangi O’zbekiston strategiyasi. T.: "O‘zbekiston",2021. 29-bet




Download 19.43 Kb.
Sana24.03.2024
Hajmi19.43 Kb.
#175901
Bog'liq
adabiyot
1. Bir bitli xotira elementi deganda nima tushuniladi , 1MnWh6imzeA6xOxrwMVsfILg0ahG5Voj0bQEUpK3, 2 5204164640807847008, Homo cultures и современное общество, vektorlarning-skalyar-ko-paytmasi, 309, Мои планы на будуще, TARMOQ TEXNOLOGIYALARI. INTERNET BAYONNOMALARI, YUSUF JALG`ASHEV, БМИ Низоми - для слияния, 5 1.7 Способы кодирования информации1, 4-MAVZU пул маблаглари (1), Gomotetiya va o’xshashlik, Йул варакаси боллар

  1. Oʻzbekicton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yangi O’zbekiston strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”,2021. 29-bet.

  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

  3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
    6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori.

  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-dekabrdagi «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi 997-son qarorlari

  5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni

  6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ”Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida” gi PF-6108-son farmon.

  7. 2-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” (oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma)

  8. Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun Milliy oʻquv dasturi 1-4-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi”

  9. Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dulla Quronov, Shokir Tursun. 2-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi”.: Toshkent-2021

  10. Abduquddusov O. Integrativ oʻquv predmetlari mazmuni va tuzilmasi -T.: J Xalq taʼlimi.1999.№ 1B.175-80bet.

  11. Abduquddusov O. Integrativ yondashuv – chuqur bilim, yaxshi fazilatlarni shaklantirish omili/–T.: Xalq taʼlimi № 2000 y

  12. Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlik turlari haqida/ Uzluksiz taʼlim. – Toshkent: 2005. № 1. – B. 12-16 b.

  13. Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi akademik litseylarda matematika oʻqitish misolida)/Ped.fan.dok... Diss. – Toshkent: TDPU, 2006. – 264 b.

  14. Alekseev N. G., Leontovich A.V., Obuxov A.S., Fomina L.F.Konsepsiya razvitiyaissledovatelskoydeyatelnosti uchaщixsya/Issledovatelskaya rabota shkolnikov. 2002. - №1. - S. 24-33.

  15. Asadov Yu.M. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan darsliklarga qoʻyiladigan talablar/“Boshlangʻich taʼlimni modernizatsiyalash orqali oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari Forumi. Toshkent – 2016-y. B. 18-19b.

  16. Asadov Yu.M. va boshqalar.Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kompetensiyalarning shakllanganligini tashxislash va korreksiyalash metodikalari/2016. -4-5b.

  17. Atakulova N.A. Taʼlim jarayonida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Monografiya. Toshkent. 2016y. 11-b.

  18. Axunova G.N., Golish L.V., FayzullayevaD.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. T.: – “Iqtisodiyot” – 2009.-6b.

  19. Ahmedov A.A. Ilmiy tadqiqot asoslari.-Qarshi, 2002. -110 b.

  20. Babadjanov S.S. Oʻrta maxsus va oliy taʼlim tizimi taʼlim oluvchilarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish / “Uzluksiz taʼlim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi. Toshkent – 2016-y. B. 38-39.

  21. Abdullayeva B. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisining axborot kompetentligini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tayyorgarligining mazmuni / Boshlangʻich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Jizzax, 2019 yil 6-bet.

  22. Djumayev M. va boshqalar. Boshlangʻich sinf matematika mazmunida kompetensiyaviy yondashuvning dolzarb muammolari xususida /

  23. Boshlangʻich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Jizzax, 2019 yil 226-bet.

  24. Usmonov N., Xolboyeva G. va boshqalar. Boshlangʻich ta’limda kompetentlikni rivojlantirish omillari. Toshkent. “Fan va texnologiya”, 2016. 152 bet.

  25. Temurov J. Boshlang’ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish. Bitiruv malakaviy ishi. - Jizzax: 2020.

  26. Afonina M.S.“Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn tahlili va interpretatsiya” 121-124 b, 2008 y.

  27. Aliboyev T. Ijodkorlik ishlarini takomillashtirishning manozarali usul va tashkiliy bosqichlari . “Uzluksiz ta’lim” jurnali. № 1, 2009 yil, 19 –bet.

  28. Beznosova E.S “Adabiyot darslarida badiiy asarni tahlil qilishga zamonaviy yondashuvlar” Fan texnologiya va ta’lim 2015y.

Ona tili o’qitish metodikasida o’quvchilarga nazariy bilimlarni amalda qollashni o’rgatish zaruriyat ekanligi, mazkur ish turi bilan bog’liq ayrim muammolar xususida K. Qosimova, R.Mavlyanova, R. Ibragimov, M.Maxmudov, T.Ashrapova, T.G’afforova, Sh.Yo’ldosheva, N. Bekniyazova, A. Xamroyev va boshqa didaktika va metodika sohasiga oid mutaxasisslarning tadqiqot ishlari, metodik qo’llanma hamda monografiyalarida fikr yuritilgan, muayyan tavsiyalar berilgan. Uymumiy jihtdan olganda o ‘quvchilarni o’rganilayotgan nazariy bilimlarni amalda qo’llashga o’rgatish zarurligi va ahamiyati, bunda ularning mustaqilligini oshira borish haqida gapirmagan olimlarni topish qiyin.


V.A.Bolotov va V.V.Serikovlarning fikriga ko‘ra, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv talabaning bilimdonligini emas, balki muammolarni hal qila olish qobiliyatini ko‘rsatadi va eng birinchi darajadagi zarur qobiliyat deb baholaydi. 4 Ye.V.Bondorevskaya va S.V.Kulnevichning ilmiy ishlarida talabalar yig‘adigan kompetensiya unsurlari faqat asosiy maqsadga, pedagogik faoliyat olib borish uchun yo‘naltirilishi yoki zarur bo‘lishi lozim deb hisoblaydi. 5 V.S.Yelegina va S.M.Poxlebaev tomonidan Rossiyaning “Fundamentalnoe issledovanie” jurnalining 2012 yil 3 sonida e’lon qilingan “Kompetentnostnыy podxod k organizatsii obuchenie studentov v pedagogicheskom vuze» ilmiy maqolasida kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida talaba o‘z faoliyatidan ijodiy natija oladi va shu bilan birgalikda, muvaffaqiyat qozonishning usullari, yo‘llari, metodlari, yondoshuvlari va uslublarini o‘zlashtirib oladi. Aynan talaba tomonidan Сластенин В., Исаев И. Болотов В.А., Сериков В.В. Бондоревская Е.В., Кулневич С.В. yaratilgan ijodiy natija talaba bilan o‘qituvchining hamkorlikdagi ijodiy natijasi hisoblanadi. Talabaning o‘zlashtirishiga baho berishdan maqsad, berilgan ta’limning qanchalar samarador bo‘lganligi darajasini aniqlash, bu birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari darajasini bilish, ikkinchidan undagi kompetensiya shakllanishi, amaliyot paytidagi muvaffaqiyatli faoliyati yanada tezlashadi.
Chuqur islohotlarni, modernizatsiyalashni talab qiladigan zamonaviy ta’lim o‘z-o‘zidan kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu albatta, kasb jihatdan kompetentligi bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashni talab qiladi. Ta’limning asosiy maqsadi talabada ijtimoiy zarur sifatlarni va kompetensiyani, shaxs sifatida o‘z-o‘zini anglash, o‘z bilimlarini doimiy oshirib borish, o‘z-o‘zini boshqarib borish va faollashib borishni shakllantiradi. Albatta, bu mavzuning o‘rganilganligi darajasini ko‘plab xorijiy va mamlakatimizdagi oliy va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda ko‘rishimiz mumkin.
Agar biz AQSh oliy pedagogik ta’limi tizimi faoliyatiga nazar tashlamoqchi bo‘lsak, B.D.Vulfson, T.N.Kurilova, Z.A.Malkova va boshqalarning ilmiy ishlarini, agar AQSh pedagogik ta’limining maqsadlari haqida bilmoqchi bo‘lsak, N.D.Nikandorova, V.Ya.Pilipovskiy, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik ta’limi bo‘yicha G.G.Agapova, O.O.Borovikova, V.S.Budenko va boshqalarning ishlarini, AQSh o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi haqida esa V.B.Gargay, N.I.Kustinova va boshqalarning ishlariga nazar tashlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning ilmiy ishlaridan Rossiya va AQSh ta’lim tizimi bir-birini to‘ldirib boyitganligini tasavvur qilishimiz mumkin. AQSh, Kanada, Avstraliya va bir qator Yevropa mamlakatlarida pedagogik kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yaratilganligi ko‘zga tashlanadi va ular bu muammoni ma’lum bir tizimga solib keng o‘rganmoqdalar.
AQShda Kompetensiyaviy yondoshuvning falsafiy asoslari masalasida, ularning global maqsad va vazifalari, tashkiliy tizimi, mohiyati, ta’lim standartlari, sifati, ta’limning sifatini nazorat qilish, pedagogik maktablarning faoliyatini aks ettirgan mualliflar M.Apple, D.Armstrong, D.L.Ball, D.Barnes, F.Baumgartner, M.Cochran-Smith, D.K.Cochan, L.Darling-Hammond, S.Feiman-Nemser, A.D.Glenn va boshqalar.
Insonparvarlik prinsipiga asoslangan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi o‘quvchilarga muayyan sohada bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini taqdim etishdangina iborat emas, balki ularning dunyoqarashi, layoqati, kreativ faoliyati, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda ular ongiga insoniy qadriyatlarni singdirishga xizmat qiladi. Bularning barchasi kompetentli yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Kompetentli yondashuvning tayanch darajalari ta’limning bevosita maqsadga yo‘naltirilganligida namoyon bo‘ladi. Kompetensiyada o‘quvchilarning yuqori darajada umumlashgan ko‘nikma va malakalari mujassamlashadi. Ta’lim mazmuni esa to‘rt komponentli model orqali oydinlashadi. Ular: bilimlar, ko‘nikmalar, ijodiy faoliyat tajribasi va qadriyatli munosabat tajribasidan iborat. Mutaxassislar kompetentli yondashuv doirasida ikkita tayanch tushunchani alohida ajratib ko‘rsatganlar. Ular: kompetensiya va kompetentlilik tushunchalari. Pedagogik nazariyada ularning mavjud jihatlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kompetensiyalarning shakllanishi va ular orasidagi o‘zaro munosabatlar bunga misol bo‘la oladi. Olimlar orasida kompetensiyalarning tavsifiga doir yagona yondashuv mavjud emas. Bir qator mutaxassislar “kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalari orasida o‘zaro chegara mavjud emas, deb hisoblaydilar. Shunday olimlar sirasiga В.С.Леднев, Н.Д.Никандров, М.В.Рыжаковlarni kiritish mumkin. Aksariyat mutaxassislar esa ular orasidagi farqli jihatlarni ko‘rsatib o‘tganlar.
А.В.Хуторской o‘z tadqiqotlarida bunday farqlarni alohida ajratib ko‘rsatgan. Uning ta’biricha, kompetensiya ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yilgan ijtimoiy talab sifatida baholanadi. Kompetentlilik esa, muayyan kompetensiyani o‘zlashtirish, egallashdan iborat faoliyat bo‘lib, faoliyat predmetiga nisbatan shaxsiy munosabatni mujassamlashtiradi. А.В.Хуторскойning fikriga ko‘ra, kompetentlilik shaxsning sifati hisoblanadi. U insonning muayyan kompetensiyani egallashini taqozo etadi. Shu tariqa, kompetensiya bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, faoliyat usullari majmui bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismini tashkil etadi. Kompetensiya muayyan narsalar, jarayonlarga nisbatan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Kompetensiya - insonning muayyan sohada sifatli faoliyat ko‘rsatishi uchun nihoyatda zarur [7]. И.А.Зимняя kompetensiyani muayyan ichki potensial, yangidan shakllangan yashirin ruhiy holat sifatida talqin etadi. U insonning kompetentliligi doirasiga bilimlar, tasavvurlar, algoritmlarni kiritib, faoliyat ifodasi sifatida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi [5]. “Kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalarini o‘zaro qiyoslab, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga xos bo‘lgan “ta’lim jarayoniga qo‘yilgan talablar”, “ta’lim natijalarini baholash mezonlari va ta’lim darajalari” tushunchalari bilan tenglashtirish mumkinligini izohlashga harakat qilamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablarni mujassamlashtirgan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari kompetensiyalarni ifodalaydi.
O‘quvchilarning o‘zlari shaxsan erishgan aniq ko‘rsatkichlari esa ularning kompetentlilik darajasini aks ettiradi.[8] Kompetentli yondashuvning insonparvarlikka xos jihatlarini tasdiqlagan holda shuni aytish mumkinki, zamonaviy pedagogik paradigma doirasida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishni tadqiq etishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar pedagogika fani va ta’lim amaliyoti uchun alohida ahamiyatga ega.
Ushbu muammoning dolzarbligini ta’kidlagan holda Е.В.Бондаревская kompetensiyani shaxsiy anglangan, insonning tajribasiga singan hodisa sifatida baholab, shaxsning bilimlari, ko‘nikmalari, malakalari tizimida o‘ziga xos o‘rin egallashini ko‘rsatib o‘tadi [4]. Kompetentlilik ta’limning asosiy maqsadi sifatida namoyon bo‘ladi. U faoliyatning turli turlarini amalga oshirishga tayyorlikni ifodalaydi. Kompetensiya bilim, ko‘nikma, malakalardan tubdan farq qilsada, ularni inkor etmaydi. Kompetensiya bilimlardan ular faoliyat turi haqida axborot berish bilan emas, balki faoliyat turida mavjudligi bilan farqlanadi. Kompetensiya ko‘nikmalardan turli vaziyatlarda turli-tuman topshiriqlarni yechish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Malakalardan esa kompetensiya anglanganligi, avtomatlashmaganligi bilan farqlanib, u o‘quvchilarga nafaqat odatiy, balki nostandart vaziyatlarda ham aniq harakatlanish imkonini beradi. Bu shundan dalolat beradiki, bilim, ko‘nikma, malakalarning mavqei ta’limning asosiy va oraliq maqsadlariga ko‘chib, ko‘zlangan natijaga erishish uchun sharoit yaratadi. Kompetentli yondashuv doirasida bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq darajasi bilan ta’lim natijalari hamda uning ahamiyatli jihatlari uyg‘unlashib, kompetensiyalar – layoqatlar majmui hosil bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarga jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli moslashish imkonini beradi. Kompetensiyaviy yondashuvda jarayon markaziga o‘quvchi shaxsining o‘zi qo‘yiladi, rivojlanish vaziyatlarida uning o‘rni aniq namoyon bo‘ladi. So‘nggi yillarda chop etilayotgan ilmiy manbalarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni bir yo‘la loyihalashtirish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Shu asosdan kelib chiqqan holda bir qator yondashuvlarni ilgari surish mumkin.[2]
Manbalarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunga qadar “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchasini tavsiflovchi yagona yondashuv mavjud emas. Kompetensiyalarni tushunish va tavsiflashda kompetensiyaning ta’lim oluvchi shaxsiga taalluqliligi, bilim, ko‘nikma, malakalarning mahsuli bo‘lsa-da, uning tarkibiga kirmasligi haqidagi qarash ilgari surilmoqda. Shu nuqtai nazardan yondashganda kompetensiya ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular: davlat ta’lim standartlari; bitiruvchi sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar; bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini ifodalovchi shaxsning tayyorgarligini ta’minlovchi, ularning shaxsiy tajribasiga kiruvchi, ular uchun ahamiyatli bo‘lgan me’yorlardan iborat. Kompetentlilik esa kompetensiyalarni egallashni anglatib, o‘quvchining bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan shaxsiy munosabati, ta’limning real darajasini o‘z ichiga oladi.
Download 19.43 Kb.




Download 19.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekicton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yangi O’zbekiston strategiyasi. T.: "O‘zbekiston",2021. 29-bet

Download 19.43 Kb.