MAVZU: “
PUL MABLAG’LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI
”
Maqsad: Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari, xo’jalik
jarayonlari, mablag’lari va ularning kelib chiqish manbaalarini tasnifi, korxona
harakatdagi valyuta va kapital manbalarini talabalarga o’rgatish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002
y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y. 30
avgust.
3. Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g.
Ishning
mazmuni:
1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari 2. Xo’jalik
jarayonlari 3. Xo’jalik mablag’lari va ularning kelib chiqish manbaalarini
tasnifi 4. Korxona harakatdagi valyuta va kapital manbalari
4.1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari
Kompaniya buxgalteriyasida barcha to‘lov va hisob-kitob operatsiyalari amalga
oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq
tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda,
barcha
to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni
qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga
oshiradi.
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablagMari, xoh u o‘z mablag‘i
boisin, oh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va aylanmada
foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari,
uning bankdagi hisob-kitob
schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni o‘tkazish va
berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona o‘rtasidagi
shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi
farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari belgilagan
ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari
limitlariga rioya
qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar,
yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol yetkazib beruvchilarning
hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni kuzatib borish,
korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va
mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar
imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, hisob- kitoblar va kreditlarni
hisobga olish borasida
quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
-
korxonaning pul mablagMarini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur
axborot bilan ta’minlash;
-mazkur sharoitlami tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan
holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur toMovlar va
hisobkitoblami o‘z
vaqtida amalga oshirish;
-
hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablagMarining
mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish,
zero korxona pul
mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri
hisoblanadi;
-
pul mablagMaridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga
muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
-pul mablagMari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini tashkil etish
hamda belgilangan muddatlarda oMkazish;
-
kassada,
banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar
mavjudligi va butligini nazorat qilish;
-
qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobga
olish.
Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda quyidagilarni
ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul
mablagMarining toMiq hisobi,
shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini
undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, toMov
intizomiga rioya etish, pul mablagMari, toMovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va
majburiyatlar
holatini
belgilangan
muddatlarda
inventarlash,
amaldagi
qonunchilikka muvofiq undirish mumkin bo‘lmagan, da’vo qo‘zg‘ash muddati o‘tib
ketgan qarzlarni buxgalteriya balanslaridan o‘chirish.
Kompaniyalaming naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larini samarali
boshqarish uchun zarur axborotlar bilan to‘plash va o‘rganish.