XO’JALIK MABLAG’LARI VA ULARNING KELIB CHIQISH




Download 476.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.11.2023
Hajmi476.29 Kb.
#98270
1   2   3   4
Bog'liq
4-MAVZU пул маблаглари (1)
1. Bir bitli xotira elementi deganda nima tushuniladi , 1MnWh6imzeA6xOxrwMVsfILg0ahG5Voj0bQEUpK3, 2 5204164640807847008, Homo cultures и современное общество, vektorlarning-skalyar-ko-paytmasi, 309, Мои планы на будуще, TARMOQ TEXNOLOGIYALARI. INTERNET BAYONNOMALARI, YUSUF JALG`ASHEV, БМИ Низоми - для слияния, 5 1.7 Способы кодирования информации1, Gomotetiya va o’xshashlik, Йул варакаси боллар, adabiyot
4.3. XO’JALIK MABLAG’LARI VA ULARNING KELIB CHIQISH  
MANBAALARINI TASNIFI  
Xo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zahirasini talab etadi. Shuning uchun
ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul 
mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. 
Korxona mablag’larining manbaalari - davlat fondidan, aktsiyalarini chiqarish va 
sotish, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan, boshqa 
korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan 
tashkil etiladi. Xo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday 
mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbaalari, 
maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi:
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga qarab, ikkinchidan, tashkil topish 
manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxona xo’jalik 
faoliyatining xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi nabatda 
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. Undan 
tashqari u muomala jarayonining ikki - ta’minot va realizatsiya bosqichida 
ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z xodimlarining 
ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga ham ega 
bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi 
bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalari; muomala soha 
(sfera)sidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o’z ta’sirini 
o’tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibda ishlab chiqarish 
qurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) etakchi rolni o’ynaydi. Ishlab 
chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarini tashqi ko’rinishini 
o’zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. 
Mehnat vositalariga shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va 
xo’jalik inventarlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga 
oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to’g’ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni 
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko’plab ishlab chiqarish 
jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o’z tashqi ko’rinishlari va 
xususiyatlarini o’zgartirmasdan saqlab qoladilar. Shu bilan bir vaqtda mehnat 


vositalari o’z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va 
xizmatlar tannarxiga va davr harajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida) 
o’tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatini kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo’lib, kapital qo’yilmalar 
hamda uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Nomoddiy aktivlar o’z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar 
beradi. Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo 
markalari, alohida imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nouxau, 
kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar 
singari foydalanish muddatlarida o’zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish 
tannarxi va davr harajatlariga asta-sekin o’tkazib boradi.
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo’lgan boshqa aktivlarga ham 
kapital qo’yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, 
yangi ob’ektlarni ko’rish va hokazolarni kiritish mumkin.
Uzoq muddati moliyaviy qo’yilmalar pay va aktsiyalarga, obligatsiyalarga 
hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo’sh qolgan pul mablag’larini 
qo’yishdan ham iborat. Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlang’ich 
materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va 
tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va 
yoqilg’ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, 
ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o’zlarining qiymatini 
tayyorlanayotgan mahsulot tanarxiga butunlay o’tkazadi.
Xom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik 
zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan 
metalning har xil turlari(po’lat, cho’yan va boshqalar) xizmat qiladi. Xom ashyo 
deganda hisob amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, qand lavlagisi va 
boshqalar) tushuniladi.
Yordamchi materiallar, asosiylardan farqli o’laroq, tayyorlanayotgan 
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda 
ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun (surtish va artish materiallari) 
asosiy materiallarga qo’shish (biriktirish) yo’li bilan ularga sifat o’zgarishlarini 
kiritish uchun (bo’yoqlar, laklar, elimlar), yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish 
uchun - binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini 
ta’minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun, qipiq va shu kabilar) 
ishlatiladi.
Yoqilg’i, o’z moxiyatiga ko’ra yordamchi materiallarning bir turidir, 
yordamchi materiallar singari, ular yoki mehnat vositalari tamonidan iste’mol 
qilinadi (energetik yoqilg’i) yoki asosiy materiallarga qo’shiladi (texnologik 
yoqilg’i), mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi (isitish uchun 
ishlatiladigan yoqilg’i). Hisobda yoqilgi yordamchi materiallar tarkibidan alohida 
guruhlarga ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko’pchilik qismi singari, 
yoqilg’ining xususiyati shundan iboratki, u o’zining natura shaklida yangi 
mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg’ining qiymati, yordamchi 


materiallarning qiymatiga o’xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu 
mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tgan, lekin hali 
tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati 
shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi (ma’lum tsex yoki ma’lum 
uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalanini o’tgan bo’lsalar ham, lekin ishlov yoki 
yig’ish uchun navbatdagi bosqich (navbatdagti tsexga, uchastkaga) yo’naltirishishi 
kerak bo’ladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik zavodining 
tayyorlovchi tsexi tomonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash 
tsexida ishlanishi davom etadigan detallar kiradi. Bir tsexda ishlovdan o’tgandan 
keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga topshiriladi, keyinchalik 
omborlardan, ularga bo’lgan ehtiyojga qarab, navbatdagi tsexga ishlov yoki yig’ish 
uchun kelib tushadi.
Buxgalteriya hisobida arzon va tez eskiruvchan buyumlar alohida guruhga 
ajratilgan xolda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar 
qiymati 50 ta minimal ish haqi miqdorigacha bo’lgan, va qiymatidan qat’iy nazar, 
bir yildan kam xizmat qiladigan buyumlar kiradi. Masalan, uskunalar, maxsus kiyim 
va maxsus poyabzal, ko’rpa - yostiqlar, xo’jalik inventarlari idora tovarlari va 
hokazo.
Pul mablag’lari har xil to’lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul 
mablag’lar yordamida korxona mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, o’z 
xodimlariga ish haqi to’laydi, davlat doromadlariga har xil to’lovlar va ajratmalar 
qiladi va hokazo. Pul mablag’lari korxonaga haridorlardan - ularga sotilgan 
buyumlar uchun, banklardan - kreditlar ko’rinishida, yuqori tashkilotlardan, yuqori 
kompaniyalardan - vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi va hozako.
Korxonaning kechiktirib bo’lmaydigan, masalan mehnat haqi, nafaqa 
to’lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan naqd pul zahiralari uning kassasida 
joylashgan bo’ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. 
Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob- kitob schyotiga belgilangan muddatlarida 
qaytarib topshiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag’lar boshqa xo’jalik 
yuritish sub’ektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo’ladi. Bunday 
mablag’larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan haridor (buyurtmachi) 
tomonidan sotib olingan mahsulot (ular uchun ishlar yoki xizmatlar)lar uchun 
qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil harajatlarini qoplash maqsadida 
hisobdorlik sharti bilan berilgan pul summalari bo’yicha hisob- kitoblar kiradi. 
Topshiriqni bajarib bo’lgandan keyin, xodim (hisobdor shaxs) tomonidan olingan 
summalarning sarflanganligi to’g’risida hisobot topshiriladi va ishlatilmay qolgan 
pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan 
hisob-kitoblar deb ataladi.
Korxonaga qarzlar boshqa muomalalar (boshqa hisob-kitoblar) bo’yicha ham 
bo’lishi mumkin. Ularga, mol etkazib beruvchilarga taqdim etilgan da’volar 
bo’yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning o’z ehtiyojlari uchun olingan bank 
ssudalari bo’yicha qarzlari kiradi. Bunday qarzdorlar boshqa debitorlar deb 
nomlanadi.


Noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga mazkur korxana ixtiyoridagi uyjoy 
xo’jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo’ljallangan va sog’liqni saqlash 
vositalari kiradi. Bular turar- joy binolari, kino-teatrlar, bolalar bog’chalari va 
yaslisi, bolalar oromgohi, bolalar dam olish joylar, hammomlar, kir yuvish va 
sartaroshxonalar, ambulatoriylari, tibbiyot punktlari, binolari, shu binolarda 
(korxonaga qarashli) joylashgan asbob-uskunalari va inventar hamda ulardan 
foydalaniladigan 
(korxonaning 
mulkini 
hosil 
qiladigan) 
materiallar, 
doridarmonlardan iborat. Bu mablag’larining barchasi korxona xodimlariga xizmat 
qilish hamda ularga zarur bo’lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo’ljallangan.
Buxgalteriya hisobida kapital ikkiga bo’lib hisobga olinadi: aktiv (harakatdagi) 
kapital va harakatdagi aktiv kapitalning manbaini ko’rsatuvchi passiv kapital. 
Harakatdagi kapital quyidagilardan iborat:

Download 476.29 Kb.
1   2   3   4




Download 476.29 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XO’JALIK MABLAG’LARI VA ULARNING KELIB CHIQISH

Download 476.29 Kb.
Pdf ko'rish