O’zbekiston-2030




Download 23,12 Kb.
Sana07.01.2024
Hajmi23,12 Kb.
#131798
Bog'liq
tezis toliq


“O’ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASI TARAQQIYOT KAFOLATI SIFATIDA
Egamberganov Mirkamol Narimon o’g’li
Toshkent Moliya instituti Birja ishi
+998908230230

O’zbekistonning barqaror iqtisodiy o’sishi orqali daromadini o’rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar qatoriga olib chiqash.Shuningdek, aholi talablariga va xalqaro standartlarga javob beradigan ta’lim tizimi, tibbiyot va ijtimoiy tizimini tashkil etishga qaratilgan.



  1. 2024-yil 1 yanvardan boshlab :

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug’urtalashda sug’urta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish joriy etiladi;
“Izlanish va rivojlanish” markazlari uchun tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatga mol-mulk solig’I va yer solig’i bo’yicha hisoblangan summa miqdorining 1 foizini to’lash,ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida hisoblash tartibi joriy etiladi;
Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo’lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish tartibi joriy etiladi;
2024 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga qo’shilgan qiymat solig’Ini to’liq qaytarib berish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi;
Xorijiy turistlarga-O’zbekiston xalqaro aeroportida O’zbekiston hududida sotib olingan va “Tax free” tizimi bo’yicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
Tur-operatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida ko’rsatilgan eksport xizmatlari uchun;

  1. 2023/2024 o’quv yilidan boshlab Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi;

Bunda, umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o’tishning ilgo’or metodikalari va o’quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o’rgatiladi.


Shuningdek, 2023/2024 o’quv yildan boshlab umuiy o’rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo’lish istagidagi 10-sinf o’quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo’lgan kasb-hunarlarga o’rgatish kurslari joriy etiladi;
Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo’lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o’rta ta’lim muassasalira joriy etiladi;
3.Yana bir ustuvor yo’nalishlarda biri bu, suv resurslarii tejash va atrof muhitni muhitni muhodaza qilishdagi vazifalardir. Strategiya loyihasida ushbu yo’nalishda eng dolzarb maqsadlardan suvdan foydalanish madaniyatini oshirish hisoblanadi, shuningdek, tizimda “Yashil energiya“ texnologiyalari keng joriy qilish, atrof muhitni muhofaza qilish tizimidagi islohotlar ham mamlakatdagi iqlim o’zgarishi bilan bog’liq global muammolarning salbiy ta’sirini oldini olishi kabi 12 ta muhim maqsadlar o’rin olgan. Shu bilan birga “O’zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko’rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normative-huquqiy hujjatlar ro’yxati ham tasdiqlanmoqda.
4.Tibbiy xizmat ko’rsatish chora-tadbirlari. Strategiya loyihasida aholi salomatligini mustahkamlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish masalasi ham davlatning eng ustuvor vazifalari sifatida ko’rilmoqda. Bunda, aholining o’rtacha umr ko’rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, onalar va bolalar o’limini qisqartirish, onkologik kasalliklar ko’rsatkichini kamaytirish, har yili ikki marotaba 55 va undan kata yoshdagi aholini 100 foiz profilatik ko’rikdan o’tkazish va sog’lomlashtirish va aholi orasida to’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi muhim maqsadli ko’rsatkichlar kiritilmoqda.
5. “O’zbekiston-2030” strategiyasi-xalq strategiyasi” shiori ostida belgilangan islohotlarning izchil’ sifatli va o’z vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini o’rnatish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi: Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatida “O’zbekiston-2030” strategiyasi ijrosining ta’minlaash darajasi, unda belgilangan islohotlarning sifatli amalga oshirilishini aholi tomonidan har bir maqsad va undagi ko’rsatkichlar kesimida baholash, ular yuzasidan o’z fikrlarini qoldirish va tashabbuslar bildirish imkoniyatini yaratuvchi onlayn partalni ishga tushurish, har oyda baholash natijalari va aholidan kelib tushgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, Respublika komissiyasiga taqdim etib boorish. 2030-yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan birgalikda har yili “O’zbekiston-2030” strategiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga muvofiq amalga oshirilishi bo’yicha tahlilni jamiyatchilik bilan birgalikda o’tkazish va natijalarni e’lon qilib boorish tizimini yo’lga qo’yishdan iborat. “O’zbekiston-2030” strategiyasi va uni tegishli yillarda amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar bajarilishi yakunlariga bag’ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilib boorish bo’yicha tizimlarni ko’rib chiqishdan iborat hisoblanadi.
“O’zbekiston-2030” strategiyasi loyihasining har bir bandi mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Demakki, bu har birimizning hayotimiz uchun juda muhim dastur hisoblanadi. Shunday ekan bu jarayonlarda har bir yurtdoshimizning faol ishtirok etishi muhim hisoblanadi. Barchamiz bu strategiyani qo’llab-quvvatlab, o’z hissamizni qo’shishga harakat qilamiz


kenzotenmasolo@gmail.com 05.11.2023-yil
Download 23,12 Kb.




Download 23,12 Kb.