• Kalit so‘zlar
  • Mumtoz asarlarni sharhlab o‘qitish usullari to‘raqulova Mahliyo G‘ayrat qizi Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi




    Download 250,07 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana11.01.2024
    Hajmi250,07 Kb.
    #134490
      1   2
    Bog'liq
    To‘raqulova Mahliyo G‘ayrat qizi



    MUMTOZ ASARLARNI SHARHLAB O‘QITISH USULLARI 
     
    To‘raqulova Mahliyo G‘ayrat qizi 
    Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi 
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o
    ‘qituvchilari 
     
    Annotatsiya: 
    Sharhlab o‘qitish uzoq asrlar davomida ilm o‘rganishda keng 
    qo‘llanib kelingan. Mumtoz asarlarni sharhlab o‘qitish bugungi kunda dolzarb 
    masala 
    sanaladi. Mumtoz matn ustida ishlash, notanish so‘zlar lug‘atini tuzish, 
    o‘quvchilarga mumtoz asarlardagi mazmun-mohiyatni yetkazish sharhlab o‘qitish 
    asosida amalga oshiriladi. Ushbu maqolada sharhlab o‘qitishning ahamiyati, o‘ziga 
    xos xususiyatlari va amaliy jihatlari haqida mulohazalar bildirilgan. 
    Kalit so‘zlar: Sharh, mumtoz adabiyot, matn, lug‘at, she’riyat, nasr, manba. 
    Aslida sharh 
    tom ma’nodagi adabiy tanqid yoki tadqiqot bo‘lmay, balki matnni 
    o‘rganish usulidir. Shu bois, sharhlovchi darslikdagi asarning boshidan oxirigacha 
    tushuntirish matnini yozgan, kerakli o‘rinlarda asar muallifining ilmiy fikrlarini ilmiy 
    tahlil qilgan. Ayri
    m o‘rinlarda shu mavzudagi boshqa ilmiy asarlarga qiyoslab, 
    sharhlanayotgan asarning ustun yoki kamchiliklarini aniqlashga intilgan. 
    [
    Турсунова, 2017, 
    31
    ]. 
    Taniqli metodist olim Ulug‘bek Dolimov sharh usuli haqida ma’lumot berar 
    ekan, sharh beruvchilarni shorihlar deb ataganlar. Shorihlar mudarris-pedagog 
    bo‘lish bilan birga o‘z davrining bilim doirasi ancha keng olimlar ham bo‘lganlar. 
    Ko‘p hollarda shorihlar sharhlarni kitobning har bir beti hoshiyasiga yozganlar. 
    Bunday sharhni “sharhi muhashsho” yoki hoshiyali sharh” deb ataganlar”– deya 
    sharh usuliga yanada keng ma’lumot beradi. [
    Долимов , 2012, 52]. 
    Shuning uchun 
    ham sharhlovchining ilmiy dunyoqarashi, so‘z boyligi muhim ahamiyatga ega 
    bo‘lgan. Malumki, qadimdan har qanday ilm sohibi dunyoviy bilimlardan oldin diniy 
    ilmlarni kengroq o‘rgangan. Shu bois, qadimgi sharhlarda ko‘proq istilohlar, 
    tasavvufiy-irfoniy qarashlar yetakchilik qilgan. Murakkab matndagi asarlarni 
    sharhlashning o‘z talablari bor. Avvalo, aytish kerakki, sharh bu hamma vaqt 
    asarning o‘zini anglash uchun vosita, u hech qachon asarning o‘rnini bosa olmaydi. 
    Adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov Alisher Navoiyning 50 ta g‘azalini 
    sharhlashda quyidagi usulardan unumli foydalangan: birinchi, asar tilidagi hozirgi 
    kitobxonga tushun
    ilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar lug‘atini berish; ikkinchi, baytlarning 
    nasriy bayonini berish; uchinchi, g‘azalning umumiy ma’nosi, badiiy xususiyatlari 
    ustida mulohaza yuritish. Mumtoz asarlar sharhida olimning ushbu sharh usullarini 
    qo‘llash anchayin samaralidir. [Комилов , 2012, 4] 
    O‘qitish usullarining tarixiy ildiziga qaytadigan bo‘lsak, madrasalarda 
    murakkab matnlarni o‘rganish uchun quyidagi usullardan foydalanilgan. 
    1. Usuli hijoiya (savtiya) 
    – bo‘g‘inga bo‘lib o‘qish.
    2. Ilmi sharh 
    – tafsir.


    3. Ilmi tahlil 
    – munozara, bahs, munosabat ifodasi.
    4. Ilmi munozara 
    – munozara, bahs, munosabat ifodasi.
    5. Ilmi qiroat 
    – (ohang va so‘z talaffuzi orqali qiroat).
    6. Ilmi 
    fasohat (ilmi balog‘at) – chiroyli, o‘rinli so‘zlarni qo‘llash.
    7. Ilmi bayon 
    – nozik ma’nolarni bayon qilish (ritorika).
    8. Ilmi g‘ariba (g‘arib) – kam so‘z keng ma’noni ifodalash, aks ettirish.
    Izoh: al-ibora, shoreh, zurafo, urafo, dabir kabi atamala
    r ham ilmi g‘ariba bilan 
    bog‘liqdir. 
    9. Ilmi maoniy 
    – bayon etish bo‘lib, biror narsa yoki hodisaning mohiyatini, 
    mazmunini yechib beruvchi ilm.
    10. Ilmi nasr va insho 
    – yozma ish turi, uslubi, maktub, yozuv savodxonligi.
    11. Ilmi muhozirot 
    – latifago‘ylik, hozirjavoblik, zukkolik.
    12. Ilmi muammo 
    – badiiy san’at turi bo‘lib, she’riyatdagi masala va ramzlarni 
    yechish usuli.
    13. Ilmi mantiq 
    – so‘z ma’nosidagi mazmun.
    14. Ilmi kalom 
    – naqliy masalani aqliy dalillash, isbot qilish. 
    15. Ilmi imlo 
    – matnni yozdirish usuli. 
    16. Ilmi samo 
    – eshitish, tinglash madaniyati. [Турсунова , 2017, 
    31

    M.Tursunovaning fikricha, Ilmi sharh usulini amalda qo‘llash ancha murakkab 
    jarayon bo‘lib, bu ishni lug‘atlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, mumtoz 
    adabiyot namunalari, xususan, iste’moldan chiqqan yoki nihoyatda kam iste’mol 
    qilinadigan, umumturkiy, arab va fors-
    tojik so‘zlarini o‘z so‘z qatlamiga qamrab 
    olgan. Ularning ma’nosini bilmay turib matnni tushunib bo‘lmaydi. Matn ma’nosini 
    tush
    unishga bo‘lgan qiziqish qadimdan davom etib kelayotgan ehtiyojdir. Bu 
    ehtiyoj turli davrlarda turli ko‘rinishdagi lug‘atlarning yaratilishiga sabab bo‘lgan. 
    Lug‘at, xususan, ma’lum ma’noda ochqich-kalit vazifasini ham o‘tagan. Chunki 
    lug‘at har qanday murakkab matnni sodda, eski matnni yangilaydigan sehrli 
    qudratga egadir. Navoiyshunos olim Vohid Abdullayevning yozishicha, jamiyat 
    tarixi 
    – so‘z tarixi, so‘z tarixi esa jamiyat tarixidir. [Абдуллаев, 2003, 165]. Shu bois 
    muayyan davr so‘zlarining surati, siyrati va sinoatini o‘zida mujassamlashtiruvchi 
    kalit albatta lug‘atlardir. Mashhur fransuz adibi Anatol Fransning “Lug‘at alifbo 
    tarkibidagi 
    butun 
    olamdir” 
    degan 
    gapi 
    bejiz 
    aytilmagan. 
    O‘zbek 
    lug‘atshunosligining tarixi Xl – asrda yaratilgan. Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni 
    lug‘ot-ut turk” nomli asariga borib taqaladi. Keyinchalik esa, turli davrlarda, turli 
    masalalarni yorituvchi lug‘atlar birin-ketin yaratila boshlagan. Ayrim lug‘atlar 
    hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida, sharqshunoslik 
    instituti fondida, Samarqand davlat universiteti kutubxonasi fondida saqlanmoqda. 
    Jumladan, Mahmud Zamaxshariyning “Asos ul – balog‘a” asari va to‘rt tilli 
    “Muqaddimat ul – adab” lug‘ati (XII asr), muallifi noma’lum “Attu’tuz-zakiyati fil” 
    lug‘ati (XIII asr), Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma”si (XVII asr), 
    Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaqab ul-lug‘ot”i (XVIII asr), Mirzo 
    Mahdiyxonning “Sanglo’”i (XVIII asr), Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va 


    turki usmoniy” asari (XIX asr) va boshqalar shular jumlasidandir. [Qodirov
    ,2019, 
    128
    ]. 
    Bu qo‘lyozma lug‘atlar tasnifi xususida so‘z borar ekan, olimlar ularning 
    mualliflari, tuzilishi, hajmi, lug‘at tuzilishiga sabab bo‘lgan omillar, homiylar haqida 
    ma’lumotlar ilmiy tadqiqot to‘plamlarida ma’lumot berilganini aytadi. Ayniqsa, Xlll–
    XlV asrlar mobaynida turkcha-arabcha, turkcha-
    forscha tarjima lug‘atlari ko‘plab 
    tuzilgan. “Tarjimoni turki va arabi” (1245-yil), “Kitobul idrak melisanul atrak” (Abu 
    Hayyan), Alisher Navoiydan so‘ng uning asarlarini izohlashga bag‘ishlangan turli 
    lug‘atlar yoziladi. Tali Xeraviyning “Badoi ul-lug‘ati” (XV asr oxiri), “Abushqa” shartli 
    nomi bilan tanilgan (XVI asr) lug‘ati shular jumlasidandir.
    Mavlono shayx Ilohdod Fayziy ibn Asad al-ulamo Alisher Sirihindiyning 
    “Mador al-afozil” (1593 yil) lug‘ati esa, arabcha, forscha va turkcha so‘zlar izohini 
    o‘z ichiga olgan. Eng muhimi, muallif forsiy so‘zlarning ma’nolari tasdig‘i sifatida 
    Salmon, Sa’diy, Xo‘ja Hofiz, Kamol Isfahoniy, Nosir Sheroziy, Mansur Sheroziy
    Ustod kabi yuzlab shoirlardan yoki muallifi ko‘rsatilmagan asarlardan misollar 
    keltiradi. Shu bois olim, bu lug‘atni eng yaxshi qo‘llanma deb ham ataydi. Tilga 
    olingan lug‘atlar, ularning yaratilishi tarixiga nazar solar ekanmiz, arab, fors-tojik 
    tilini chuqur o‘rganishga bo‘lgan e’tibor ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunki, VIII-
    asrdan boshlab arab tilining nufuzi oshganligi, diniy-tasavvufiy asarlarning shu tilda 
    yaratilishi, yoki fors-tojik tili rasmiy til tarzida k
    eng qo‘llanilganligi bois, boshqa 
    tillarda so‘zlashuvchi, ilm oluvchi millatlar uchun lug‘atlar zarur ekanligi tabiiy hol 
    edi. Tuzilgan lug‘atlar, xususan, ilmli, savodli kishilar uchun, madrasa mudarrislari 
    va talabalari uchun eng zaruriy qo‘llanma vazifasini ham bajargan. Chunki, 
    lug‘atlarsiz, ularda keltirilgan izohlarsiz matn sir-asrorini bilib bo‘lmagan. 
    XVII asrda yashab ijod etgan olim Muhammad Husayniy Burhon “Burhoni 
    qote’” lug‘atini yaratgan. Bu lug‘atda 20 mingdan ortiq so‘zlarga sharh berilgan 
    b
    o‘lib, asosan vazndosh, ohangdosh so‘zlarni yonma-yon qo‘yib to‘g‘ri o‘qish va 
    talaffuz qilish qoidalari inobatga olingan bo‘lib, qat’iy isbot lug‘ati deb ham 
    nomlanadi. [
    Комилов, 1988, 114]. Lug‘atlar orasida badiiy adabiyot sohasida 
    muhim manba va namuna 
    sifatida e’tirof etiladigan Muhammad Xoksorning 
    “Muntaxab ul-lug‘at” asarini olishimiz mumkin. Muallif bu asarda boshqa 
    lug‘atlardan farqli o‘laroq, o‘zidan oldin yaratilgan lug‘atlardan keng foydalangan. 
    Shuningdek, Taftazoniy, Husayn Voiz asarlaridan, Sharqda mashhur shoirlarning 
    she’rlaridan namunalar keltirgan. 
    Sharq mutafakkirlari insonni ilohiy va dunyoviy ilmlardan xabardor etishda, 
    uning aqlu zehnini oshirishda tinimsiz izlanganlar va samarali ijod qilganlar. Ular 
    yaratgan bebaho asarlar insoniyatni olam va odam, borliq tushunchasi, hayotning 
    mazmun-mohiyati singari falsafiy, tasavvufiy mavzular yuzasidan bilim berish 
    uchun asosiy o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Shu bois yuksak salohiyat 
    sohiblari asrlar osha avlodlar ardog‘ida yashab kelgan, insoniyatni lol qoldirgan 
    muammolarning nazariy va amaliy jihatlarini hal etishga yordam bergan.
    Bu muammolarning jamini esa, turli ilmlar tashkil etgan bo‘lib, bular bir necha 
    turlarga bo‘linadi. Professor Najmiddin Komilov asosiy ilm turlarini quyidagicha 


    tasnif etadi: “Shariat ahli nazarida ilm faqat islomiy bilimlar, chunonchi Qur’on 
    tafsiri, kalom, hadisshunoslik, fiqhdan iborat. Faylasuflar (hakimlar) nazarida ilm 
    borliq, inson va jamiyat haqidagi bilimlar majmuasi bo‘lsa, so‘fiylar nazarida ilm 
    vajdiy (intuitiv) yo‘l bilan qabul qilingan kashfiyot, karomat, tavhid sari eltuvchi 
    riyoziyot qoidalaridir. Bundan tashqari, riyoziyot (hisob, aljabr, handasa kabi), 
    tabobat ilmlari ham tasnifga kiritilgan”. [Комилов, 2005, 6]. 
    O‘quvchilarning, ayniqsa, mumtoz adabiyot namunalari ma’no-mazmunini 
    o‘zlashtirishlarini sharhli o‘qishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘tmishda yaratilgan 
    asarlarni bugungi kun o‘quvchisi uchun qadrli, qiziqarli qilish, ularni mutolaa qilishni 
    hayotiy ehtiyojga aylantirishda tarixiyli
    k tamoyiliga amal qilinadi. Bu esa o‘sha 
    asarni haqqoniy baholashga, o‘z davri doirasida o‘rganish va bugungi kunimizga 
    bog‘lab tushunishga imkon beradi. O‘tmish shu tariqa zamonamizga bog‘lanadi. 
    Bunda o‘quvchilarga tarixiy asarda aks etgan voqealarning vaqti, makonini ham 
    tushuntirish muhimdir. 

    Download 250,07 Kb.
      1   2




    Download 250,07 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mumtoz asarlarni sharhlab o‘qitish usullari to‘raqulova Mahliyo G‘ayrat qizi Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi

    Download 250,07 Kb.
    Pdf ko'rish