O‘zbekiston fakt va raqamlarda
(statistik to‘plam)
O‘zbekiston Respublikasini mustaqillik yillarida iqtisodiy – ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi statistik to‘plam chop etildi.
Eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi arafasida Davlat statistika qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi «O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010) asosiy tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari» statistik to‘plamini nashrdan chiqardi.Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Mazkur to‘plamda mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish natijalari atroflicha tahlil qilinib, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish borasidagi eng muhim yutuqlar o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kitobxonlarga murojaatida, shu yillar davomida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, O‘zbekistonni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha erishilgan marralar va natijalarni xolisona baholash, mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki kunlarida qanday ahvolda bo‘lgani, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimizning turmush darajasi qanday sur’atlar bilan oshib borganiga tanqidiy nazar tashlash zarurligini ta’kidlaydi.
| Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). |
Istiqlol yillarida O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish sur’atlari – iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi va siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchi vazifasini o‘z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirishdan iborat besh mashhur tamoyilga asoslangan markazlashtirilgan-rejali bozor iqtisodiyotidan ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha «o‘zbek modeli»ning nechog‘lik samaradorligi, to‘g‘riligi va hayotiyligini yaqqol namoyon etdi.Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
To‘plamda aniq ko‘rsatkich va faktlar vositasida yigirma yillik mustaqil rivojlanish davrida qancha qiyinchiliklar, muammolar, tahdid va sinovlarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelganiga qaramay, O‘zbekistonda iqtisodiyotda izchil o‘sish sur’atlari va tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash, mamlakatning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi hayot sifati va darajasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli va bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq tub o‘zgarishlar hayotga izchil tatbiq etilgani aniq misollar asosida ko‘rsatib berilgan.
| Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. |
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Bu o‘rinda yigirma yil mobaynida respublika yalpi ichki mahsuloti xarid qilish qobiliyati bo‘yicha 3,4 barobar, ya’ni 27,1 milliard dollardan 92,3 milliard dollarga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa 3 barobar oshganini aytib o‘tish kifoya.
To‘plamda respublikamizning yetakchi tarmoqlari va umuman iqtisodiyotini rivojlantirish tendensiyalari, uning tarkibi va boshqaruv tizimidagi sifat o‘zgarishlari tahliliga alohida e’tibor qaratilgan. Mustaqillik yillarida tizimli tarkibiy tub o‘zgarishlarning izchil amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti bir yoqlama, asosan xomashyo yetkazib berish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yo‘naltirilgan mamlakatdan iqtisodiyotning zamonaviy industrial sektori, yuqori texnologiyali tarmoqlar va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish alohida o‘rin tutadigan, diversifikatsiyalashgan ishlab chiqarish tuzilmasiga ega davlatga aylandi.
Shu davr mobaynida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 17 foizdan 24 foizga, xizmatlar ulushi 34 foizdan 49 foizga oshdi.Yalpi ichki mahsulot - umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YaIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YaIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YaIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YaIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YaIM darajasi yordamida aniqlanadi. YaIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YaIM imkoniyati - bu YaIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YaIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi. Avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi yangi iqtisodiyot tarmoqlari tashkil qilindi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi tarkibida chuqur islohotlarning amalga oshirilishi, yerdan foydalanishning ijara shakliga asoslangan bozor munosabatlariga o‘tish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining zamonaviy infratuzilmasini tashkil etish g‘alla mustaqilligiga erishish hamda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmini 1,8 barobar oshirish imkonini berdi. Natijada istiqlol yillarida barqaror
|