|
O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi bu yerda Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan
|
bet | 1/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #248618 |
Bog'liq F1
KIRISH
O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi bu yerda Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi… Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar qazib olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda”.
Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis zahiralari bo‘yicha 10-11 o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 7-8-o‘rinda turadi.
Yer osti kon korxonasining ichki elektr ta’minoti BPP ga tashqi ETP dan 35–110 kV li ikkita havo liniyasi uzatilishi orqali amalga oshiriladi. BPP ning YuKTQ da yuqori kuchlanishli elektr uskunalar qo‘llaniladi. Kuch transformatorlaridan kelayotgan kuchlanishni 6 kV ga pasaytirilib, PKTQ ning ikkita seksiyasiga uzatiladi. PKTQ komplekt taqsimlovchi qurilmalardan yig‘iladi. BPP ning PKTQ dan yer ustidagi iste’molchilar va yer ostidagi iste’molchilar elektr energiya bilan ta’minlanadi.
SUTP ga markaziy yer osti podstansiyasidan zirhli kabel orqali 6 kV kuchlanishli elektr energiya keltiriladi. SUTP da 6 kV kuchlanish 0,4 yoki 0,69 kV ga pasaytiriladi va zirhli magistral kabel (MK) orqali TP ga uzatiladi. TP avtomat o‘chirgich va magnit puskatellardan tuzilgan. Har bir iste’molchiga elektr energiya alohida puskatellardan egiluvchan kabel (EK) orqali olib boriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi bu yerda Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan
|